10-sinf ona tili test topshiriqlari 1-chorak


Download 27.49 Kb.
bet1/2
Sana06.11.2023
Hajmi27.49 Kb.
#1752610
  1   2
Bog'liq
10-sinf ona tili va adabiyot test 1-chorak 291022171025


10-sinf ona tili test topshiriqlari 1-chorak
1.So`zning muayyan uslubga mansubligi va unda so`zlovchi subyektiv munosabatning ifodalanganligi qanday nom bilan umumlashtiriladi?
A) Uslubiy bo`yoq B) Iqtibos C) Emotsional bo`yoq D) Salbiy bo`yoq
2.Og`zaki nutqda, aytaylik, majlisda qo`llanishi g`alizlikni yuzaga keltiradigan so`zlarni aniqlang.
A) kitob, o`qilsin B) yuqorida, quyida C)katta, kichik D) dunyo, baxt
3.Milliy til nimalarni o`z ichiga oladi?
A) adabiy til, sheva B) adabiy til, sheva, jargonlar C) sheva, jargonlar D) adabiy til, o`zlashma so`zlar
4.Tushum kelishigi belgili qo`llanganda qanday ma’noni ifodalaydi?
A)obyektning bir qismiga e’tibor ma’nosi B) obyektni ta’kidlash ma’nosi
C)so`zlashuv uslubiga xos ma’no D)obyektning barchasi nazarda tutilganligi
5.Ko`plik qo`shimchasi qaysi uslubda hurmat,kinoya,umumlashtirish kabi ma’nolarni ifodalamaydi?
A)so`zlashuv uslubi B) rasmiy uslub C) ilmiy uslub D) badiiy uslub
6. O’zbek tilida so’zlashuvchilarning soni yer yuzida qanchani tashkil etadi?
A) 35 mln dan ortiq B) 32 mln dan ortiq C) 33 mln dan ortiq D) 30 mln dan ortiq
7. O’zbek tilida so’zlashuvchilarning qanchasi O’zbekistonda yashaydi?
A) 23 mln dan ortiq B) 24 mln dan ortiq C) 25 mln dan ortiq D) 26 mln dan ortiq
8. Qaysi gapda birinchi shaxsning ko’plik shakli shu shaxsning birligini ifodalash uchun qo’llanilgan hamda kinoya- kesatiq kabi uslubiy ma’nolarni ifodalagan?
A. Mana keldik,- dedi u ichki bir hayajon bilan. B. Jahongir “Hozir ko`ramiz” deb, boshqaruv stoliga qaytdi.
C. Bu maqolni biz ham bilamiz ,- dedi Shoto`ra.D. Sizlar ketaveringlar, orqalaringdan yetib boramiz.
9. Shaxs –son ma`nolarining ko`chishi ko`proq qaysi nutqiy uslublarda kuzatiladi?
A. So`zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda B. So`zlashuv, badiiy va ilmiy uslublarda
C. So`zlashuv, publitsistik va rasmiy uslublarda D. So`zlashuv, ilmiy va rasmiy uslublarda
10. Berilgan qaysi so`z etikdo`zlik kasbiga doir emas? A) qolip B) poshna C) shirach D) mola
11. Rabot so`zi qanday ma’nolarni ifodalaydi?
1) Mustahkamlangan qo‘rg‘onlarda soqchilar turadigan joy yoki bir-biridan ma’lum masofada joylashgan istehkom; qo‘rg‘on.
2) Savdo yo‘llaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy.
3) Shahardan chetroqdagi turar-joy.
A) 1, 2 B) 2, 3 C) 1, 2, 3 D) 1, 3
12.Yamon so‘zkim kelib jong‘a urg‘ay, Ki jondin o‘tib imong‘a urg‘ay.
Ma’dani inson guhari so‘zdurur, Gulshani odam samari so‘zdurur. (Navoiy)
Ushbu she’rda qo`llangan “samar” so`zining ma’nosini qaysi javobda to`g`ri izohlanmagan?
A) meva B) natija C) foyda D) hosila
13.Barglarda raqs etar shabboda, O‘ynar sabo shaklinda kecha. Tun bulutga ko‘tarib boda, Afsonalar aytar tonggacha. (Rauf Parfi) Ushbu she’riy parchada shakl va ma’no munosabatiga ko`ra qanday so`zlar bor?
A) sinonimlar B) antonimlar
C) sinonim va antonimlar D) antonim va omonimlar
14. Qaysi gapda erkalash shakli qatnashmagan?
A) Aylanayin oqchamdan, Lablari qaymoqchamdan, Bay-bay ekan ko‘ylakchasi, Ko‘ylakchasi-mo‘ylakchasi, Chiqa qolsin mo‘ylabchasi.
B) O‘zlari shiringina taom pishirib yeb, kechqurun boyga g‘ozi yo‘q, suyuq osh tayyorlab qo‘yishar ekanlar.
C) Laylak dedim-ku, jinni voy, – deb ohista egilib, o‘g‘lining yuzidan o‘pdi.
D) Chol turib, ko‘ziga yosh oldi: – Afv et, bo‘talog‘im!
15. Qaysi fikr noto`g`ri?
A) Ish qog‘ozlaridagi rasmiy uslub faqat yozma shaklda bo‘ladi.
B) Ilmiy ma’ruzalar og‘zaki shaklda o‘qiladi.
C) Badiiy uslubga mansub sahna asarlari ijrosidagi og‘zakilikni inkor etib bo‘lmaydi.
D) Ilmiy, rasmiy, badiiy, publitsistik, so`zlashuv uslublarida yozma shakl yetakchilik qiladi.
16.Subyektiv baho ifodalovchi qo`shimchalar qaysilar?
A)– xon –toy – lar, - dan B) – mtir, - imtir, - ish –moq C) - yotir, -yop – moqda D)– cha –loq –gina –jon –oy

  1. 17.Qaysi qo`shimcha ilmiy uslublardan boshqa uslublarda kioya-piching, kuchaytirish-ta`kidlash, taxminlash, umumlashtirish kabi turli ma`nolarni ifodalash uchun qo`llaniladi?

  2. A. Tushum kelishigi qo`shimchasi B. Ko`plik qo`shimchasi C. Qaratqich kelishigi qo`shimchasi D. Egalik qo`shimchalari

  3. 18. Odob kishilar tarafi... qilinishi mumkin bo‘lgan hurmatsizlik, ehtiyotsizlik eshigi... berkitadi va odam... hazil-mazax..., kamsitish... saqlaydi. Ushbu gapda qo'llanilishi kerak bo'lgan kelishik qo‘shimchalarining turi va sonini toping.

  4. A.3 ta chiqish, 2 ta tushum B. 2 ta chiqish, 1 ta qaratqich, 2 ta tushum

  5. C. 3 ta chiqish, 1 ta tushum, 1 ta qaratqich D. 2 ta chiqish, 3 ta tushum

  6. 19. Funksional bo’yoqdor so’zlarni toping. A. Inson, bashar B. Jamol, bashara C. Jujuq, bag’rim D. Kun, tun

  7. 20. Qaysi qatordagi gapda ko’plik qo’shimchasi kuchaytirish ma’nosini ifodalagan?

  8. A.Bolalar quvonchlarga to’ldi. B.Dadam keldilar. C.Alpomishlar maydonga tushdi.D.Yigitcha botir” bo’libkeldilar.

  9. 21.Qaysi gapda arxaik so’z qatnashgan?

  10. A. Yasovullar, bakovullar bir tomonda turardilar.

  11. B.Sohibqiron o’z jasur bahodirlarini tarxon unvonlar ibilan rag’batlantirdilar, navkarlarga saxova tbilan ulufa ulashdilar.

  12. C. Qobil bobo tilmochga olib kelganlarini uning qo’liga tutqazdi.

  13. D. Agar siz adolatli xon bo’lsangiz , ayting: kishi gunohiga necha qayta jazolanmog’I mumkin?

  14. 22.Emotsional – ekspressiv bo’yoqqa ega so’zni aniqlang.

  15. A. Azlar degani shopday naynov odam ekan. B. Men buyuk yurt o’g’lidurman, Men bashar farzandiman.

  16. C. O’sha palatkadan Yoshi yigirma beshlardagi suluvgina ayol chiqdi-da, Nu’monjonga qaradi.

  17. D.Kutmay qo’yaqol, bolam. Saydixon boyaqish hali-beri kelmaydi.

  18. 23.Subyektiv ma’no ifodalovchi qo’shimcha qaysi qatordagi gapda ishtirok etgan?

  19. A. Toychoqlar hanuz o’ynoqlashini qo’ymas, goh to’xtab, uzoqlarga qarab qolishardi..

  20. B. Qobil bobo tilmochga olib kelganlarini uning qo’liga tutqazdi.

  21. C. “Alvasti ko’prik“ tepasiga chiqib, shahar tomon shitob bilan ketdi

  22. D.Bolam, Shodmon shahardan kelgan, - deya entikdi.

  23. 24.Qaysi qatordagi gapda subyektiv baho shakli erkalash ma’nosini bildirgan?

  24. A. E ukaginam-ey , - deb kiftimdan quchdi Tavakkal. B.Iya, biz uning bobosi tengi bo’lsak, bu tirrancha qizaloq ermak qilyaptimi?

  25. C. Toychoqlar hanuz o’ynoqlashini qo’ymas, goh to’xtab, uzoqlarga qarab qolishardi. D.Yigitcha, tushmaysizmi?- dedi kimdir orqadan.

  26. 25. Paxta bayrami hech qayerda Mirzacho‘ldagidek qiziq o‘tmasa kerak, chunki bu yerga respublikaning turli oblastlaridan kelgan odamlar o‘z oblastining ashulasini, o‘yinini ham olib kelgan deyishadi. Mazkur gapda ichi bo`sh so`zlar soni nechta? A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta


Download 27.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling