10-sinf test i-variant
Download 23.98 Kb.
|
10.docxTEST
10-sinf test II-variant 1.Qo`sh polinukleotid zanjirga ega,komplementarlik asosida reduplikatsiya asosida sintezlanadigan,genetik axborotni saqlash xususiyatiga ega bo`lgan nuklein kislota qaysi? A) DNK B) RNK C) i-RNK D) t-RNK 2. Yakka polinukleotid zanjirga ega,komplementarlik asosida transkripsiya asosida sintezlanadigan,oqsil biosintezida ishtirok etish xususiyatiga ega bo`lgan nuklein kislota qaysi? A) DNK B) RNK C) ATF D) HADF 3.Pirimidin asoslarini belgilang?1) adenin 2) uratsil 3) guanin 4) sitozin 5) timin A) 1,2 B) 1,3 C) 3,4 D) 4,5 4. Purin asoslarini belgilang?1) adenin 2) uratsil 3) guanin 4) sitozin 5) timin A) 1,2 B) 1,3 C) 3,4 D) 4,5 5.Aminokislotalarning o`rtacha molekular massasi …..ga ,oqsil tarkibidagi aminokislota qoldig`ining o`rtacha molekular massasi ….ga teng deb olish mumkin. A) 138,130 B) 138,120 C) 138,150 D) 138, 108 6.Ma’lum birikish guruhga kirgan genlarning joylashish tasviri ………………….. deyiladi. A)genetik xarita B) geografik xarita C) gomologik xarita D) yer xaritasi 7. Jinsni aniqlashning …. tipi keng tarqalgan bo‘lib, jins urug‘lanish vaqtida ma’lum bo‘ladi. A) progam B) epigam C) singam D) to`g`ri javob berilmagan 8. Jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar jins bilan bog‘liq holda nasldan naslga o‘tadi. Bu hodisa amerikalik ……………va uning shogirdlari tomonidan drozofilada o‘rganilgan. A) G.Mendel B) R.Virxov C) T. Morgan D) E. Gekkel 9. Urug‘ning unib chiqishi, vegetativ organlarning shakllanishi kuzatilib, generativ organ - gul kurtaklarining paydo bo‘lishi bilan tugaydigan ontogenez davrini ko`rsating? A) Embrional davr B) Yoshlik davri C) Ko‘payish davrida D) Qarilik davrida 10. Anabioz noqulay sharoitlarga organizmlarning muhim moslashish mexanizmlaridan biridir.Quyidagi organizmlarni o`zaro juftlab ko`rsating? a-Mikroorganizmlar b-o‘simliklar , c-hayvonlar 1) sporalar 2) urug‘lar 3) sistalar, tuxumlar A)a-3,b-2,c-1 B) a-1,b-2,c-3 C) a-1,b-3,c-2 D) a-2,b-1,c-3 11. Bitta xromosomada joylashgan genlar birikish guruhlarini hosil qiladi va nasldan naslga birikkan holda o‘tadi.Bu qonun qaysi olim tomonidan yaratilgan ? A) G.Mendel B) R.Virxov C) T. Morgan D) E. Gekkel 12. Noallel genlarning biri ikkinchisi ustidan dominantlik qilib, uning fenotipda namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi noallel genlarning……………… irsiylanishi deyiladi A) epistatik B)komplementar C) pleytropiya D) polimer 13. Kumulativ polimeriyada ikki juft noallel gen ishtirokida F2 da fenotip bo‘yicha nisbat ………..bo‘ladi. A) 1:2:6:4:1 B) 1:4:6:4:1 C) 15:1 D) 9:3:3:1 14. Nokumulativ polimeriyada ikki juft noallel gen ishtirokida F2 da fenotip bo‘yicha nisbat ……. bo‘ladi A) 1:2:6:4:1 B) 1:4:6:4:1 C) 15:1 D) 9:3:3:1 15……… o‘zgaruvchanlik esa tashqi muhit omillari ta’sirida fenotipda namoyon bo‘ladigan o‘zgaruvchanlikdir. A) modifikatsion B) ontogenetik C) kombinativ D) mutatsion
Download 23.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling