Jins bilan birikan holda belgilarning irsiylanishi


Download 1.26 Mb.
Sana22.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1380015
Bog'liq
Jins bilan birikan holda belgilarning irsiylanishi


Jins bilan birikan holda belgilarning irsiylanishi.

Odamlarda, biologik jins jinsiy xromosomalar orqali ifodalanadi. XX ayollarda va XY erkaklarda uchraydi. Qolgan 44 ta xromosoma autosoma xromosomalari deyiladi.X yoki Y xromosomada joylashgan genlar jinsga birikkan genlar deyiladi. X xromosomada joylashgan genlar erkak hamda ayolda birdek uchrasa, Y xromosomada joylashgan gen faqat erkaklarda uchraydi.


X xromosomaga birikkan holda irsiylanish.
X xromosomaga Y xromosomaga nisbatan koʻproq belgilar boʻgʻlangan. Chunki Y xromosoma birmuncha kaltaroq va undagi genlar soni ham kamroqdir.

Odam X va Y xromosomalarini tasvirlovchi diagramma. X xromosoma Y ga qaraganda birmuncha kattaroq. X va Y xromosomalar oʻzaro kichik qismlarda oʻxshashlikka ega boʻlib, bu ularga meyoz davomida juftlashishga imkon beradi. SRY geni Y xromosomada uchraydi va bu joylashgan qism X bilan oʻxshash qismning ayni quyisidadir.
X xromosomaga birikkan genlar oʻziga xos irsiylanish xususiyatiga ega, chunki ularning soni erkak (XY) hamda ayollar (XX)da turlichadir.
Urgʻochi organizmlarda ikkita X xromosoma borligi sababli ushbu xromosomada joylashgan genlar ikkita nusxaga ega boʻladi. Bu esa ularning gomozigota yoki geterozigota boʻlishini taʼminlaydi.

Meva pashshalarida jinsga birikkan holatda irsiylanuvchi koʻz rangi tahlili tasvirlangan Pennet katakchasi. Qizil koʻzli, X^{w}Y genotipli erkak pashsha oq koʻzli, X^{w}X^{w} genotipli urgʻochi pashsha bilan chatishtirildi. Hamma urgʻochi nasllar dominant W allelini erkak (ota) pashshadan, retsessiv w allelini esa urgʻochi (ona) pashshadan olgan holda qizil koʻzli dominant genotipga ega boʻlishdi. Erkak nasllar esa w allelni urgʻochi (ona) pashshadan va Y xromosomani erkak (ota) pashshadan olgan holda oq koʻzli retsessiv gemizigota genotipga ega boʻldi.
X xromosomaga bogʻliq irsiy kasalliklar.
X xromosomaga bogʻliq kasalliklar ayollardan koʻra erkaklarda koʻproq uchraydi. Erkaklar faqatgina bitta X xromosomaga va X- xromosomaga birikkan genlarning yagona nusxasiga ega boʻlganligi bois qanday gen alleli qabul qilinishidan qatʼi nazar, oʻsha gen fenotipda namoyon boʻladi.
Bunga misol qilib qon ivishi bilan bogʻliq gemofiliya kasalligini olishimiz mumkin. Gemofiliya geni boʻyicha geterozigota ayollar tashuvchi hisoblanib, ushbu kasallik belgilarini oʻzlarida namoyon etmaydi.
Ushbu ayoldan tugʻilgan oʻgʻil farzandlar 50% gemofiliya bilan tugʻilish ehtimoliga ega. Agar otada ushbu kasallik boʻlmasa, oiladagi qizlarning 50%i tashuvchi va qolgani sogʻlom boʻladi.

Sogʻlom dominant allelga ega ota va sogʻlom, lekin tashuvchi ona nikohi tasvirlangan diagramma. Toʻrt xil farzand har xil genetik kombinatsiyalarni namoyon qiladi: sogʻlom oʻgʻil, sogʻlom qiz, kasal oʻgʻil va sogʻlom, lekin tashuvchi qiz.
X inaktivatsiya.
Agar erkaklar faqatgina bitta X xromosoma bilan yashay olsa, nima uchun bu holat ikkita X xromosomaga ega ayollarda muammo keltirib chiqarmaydi?
Yuqorida aytilganidek, ayollarning bitta X xromosomasidagi aksariyat genlar inaktivatsiya qilinadi va bu Barr tanachasi deb ataladi. Bu inaktivatsiyalash embrional rivojlanish paytida tasodifan roʻy beradi.
Misol:
X-inaktivatsiyaga misol qilib mushuklarni koʻrsatish mumkin. Agar urgʻochi mushuk qora hamda jigarrang teri rangi boʻyicha geterozigota boʻlsa, bu ikkita X xromosomalar turli xil hujayralarning embrional rivojlanish davrida tasodifan inaktivatsiya qilinadi.

Toshbaqasimon jun koʻrinishiga ega boʻlgan mushukda X inaktivatsiya jarayoni tufayli yuzaga kelgan har xil teri dogʻlari. Mushuk qora hamda qoʻngʻir rangli katta va kichik dogʻlarga ega
Qoʻngʻir dogʻlar X xromosomada qoʻngʻir rang alleli faol (aktiv) hamda qora rang alleli nofaol (inaktiv) hujayralardan tashkil topgan.
Buning natijasida toshbaqasimon koʻrinishdagi aralash qora va jigarrang teri hosil boʻladi.
Jinsiy xromosomalar aneuploidiyasi.
Aneuploidiya yoki xromosoma soni bilan bogʻliq kasalliklar odatda xromosomalarning notoʻgʻri ajralishi tufayli yuzaga keladi. Bu holat hujayra boʻlinishi davomida gomologik xromosomalar yoki qiz xromatidalarning ajray olmasligi natijasida roʻy beradi.

Meyoz I davomida roʻy bergan xromosomalarning notoʻgʻri ajralishini ifodalovchi diagramma. Bitta gomologik xromosomalar juftligi bir-biridan ajralmasligi natijasida ikkita normal boʻlmagan hujayra hosil boʻladi: biri bitta ortiqcha xromosomali, biri esa bitta kam xromosomali. Meyoz II davomida esa xromatidalar bir-biridan normal holatda ajraladi. Bu esa hosil boʻlgan toʻrt gametadan ikkitasi ortiqcha bitta xromosomaga ( n+1) va qolgan ikkitasi bitta kam xromosomaga ( n-1) ega boʻlishiga olib keladi.

Meyoz II davomida roʻy bergan xromatidalarning notoʻgʻri ajralishini tasvirlovchi diagramma. Meyoz I davomida gomologik xromosomalar bir-biridan normal ajralgan. Lekin meyoz II davomida qiz xromatida juftliklaridan biri notoʻgʻri ajralishi natijasida ikkala xromatida bitta qutbga oʻtgan va bir xil gametaga taqsimlangan. Bu holatda toʻrtta gametaning ikkitasi euploid, yaʼni normal (n) va qolgan ikkitasidan biri ortiqcha bitta xromosomaga ega (n + 1) hamda ikkinchisi bitta kam xromosomaga ega (n-1) boʻladi.
Autosomal aneuploidiyaga ega individlar koʻp hollarda yashab qololmaydi. Lekin X xromosomaning oʻlchami hamda X-inaktivatsiya holati tufayli X xromosoma aneuploidiyasi kamroq zararlidir.

Har xil jinsiy xromosomali genotipga ega individlarda jinsiy xromosomalar hamda Barr tanachasining hosil qilinishini koʻrsatuvchi diagramma.
XX ayol: bitta aktiv X xromosoma, bitta Barr tanachasi. XY erkak: bitta aktiv X xromosoma, bitta Y xromosoma, Barr tanacha yoʻq. XXY erkak (Klaynfelter sindromi): bitta aktiv X xromosoma, bitta Y xromosoma, bitta Barr tanachasi. XXX ayol (X trisomiya sindromi): bitta aktiv X xromosoma, ikkita Barr tanachasi.
Klaynfelter sindromida erkak bitta yoki bir nechta ortiq X xromosomali XXY genotipga ega boʻladi. (Yoki juda kam hollarda XXXY yoki XXXXY kuzatilishi mumkin!). Kasal erkak bepusht yoki ikkilamchi jinsiy belgilari kamroq rivojlanishi (tana va yuzdagi tuklar kamligi) mumkin.
X-trisomiya sindromiga chalingan ayol XXX genotipga ega boʻladi. Ushbu sindromi mavjud ayollar ayollik jinsiy belgilariga ega va ular koʻpayishi mumkin.
Terner sindromli ayollarda esa bir X xromosomasining bir qismi yoki umuman yoʻq boʻlishi mumkin. Bunday odamlar ayol jinsli boʻladi, lekin boʻyi kichik, bepusht hamda oʻzlashtirish qobiliyati past boʻladi.
Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
Baʼzi odamlar X xromosomaga bogʻliq retsessiv belgilar koʻproq ayollarda yuzaga chiqadi deb oʻylashadi. Ammo ayollarda ikkita X xromosoma boʻlgani uchun bitta “yaxshi” gen ikkinchi “yomon” genni yashirishi mumkin. Aksincha, agar erkak onasidan “yomon” gen allelini qabul qilsa, otasidan shu “yomon” allelni berkituvchi “yaxshi” gen allelini oʻzlashtirish imkoniga ega boʻlmaydi.
Kodominantlik va X-inaktivatsiya bir xil tushuncha emas. Garchi ushbu ikkita holatning organizmga taʼsiri oʻxshash boʻlsa-da, kodominant belgi boʻyicha geterozigota individlarda ikkala allel ham toʻliq hamda alohida holatda namoyon boʻladi.
X-inaktivatsiyada ayolning har bir hujayrasida faqatgina bitta X xromosoma genlari, yaʼni X xromosomadagi genlar juft holatda emas, balki ulardan bittasi namoyon boʻladi. Hamma hujayralarda inaktivatsiya qilingan X xromosoma bir xil boʻlmagani uchun qoʻshni hujayralar turli xil oqsillarga ega boʻlishi mumkin.
Jins irsiy axborotning avlodlarga berilishi va nasl qoldirishni ta’minlaydigan hamda erkak va urg’ochi organizmlarni farqlash imkonini beradigan belgi va tuzilmalar majmuyidir.
Tirik organizmlarda ikki xil jins:urg’ochi va erkak jins farq qilinadi. Organik olam evolyutsiyasining ma’lum bosqichida yer yuzida ayrim jinsli organizmlar paydo bo’lgan. Hayvonlarda jinsning belgilari morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xatti-harakatlari orqali namoyon bo’ladi.
Jinsiy belgilar birlamchi va ikkilamchi bo’ladi. Birlamchi jinsiy belgilarni jinsiy organlar sistemasi ifoda etadi, ular gametalar hosil bo’lishi va urug’lanishini ta’minlaydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar gormonlar ta’sirida voyaga yetgan davrda rivojlanadi va hayot davomida saqlanadi.
Erkak va urg’ochi organizmlarning tasgqi ko’rinishidagi farq jinsiy dimorfizm deyiladi. Jinsiy dimorfizm ko’pgina hayvonlarda, odamda yaqqol ko’zga tashlanadi. Odam, hayvon va o’simliklarda jinslarning nisbati bir xil 1:1 bo’ladi. Jinsni aniqlashda kariotip asosiy rol o’ynaydi.
Masalan, qushlar va sutemizuchi hayvonlarning erkagi gavdasining yirikligi, chiroyli bo’lishi, odamlarda esa soqol-mo’ylovining bo’lishi, ovozning yo’g’on bo’lishibilan ajralib turadi.
Har bir organizmning kariotipi har ikkala jinsda bir xil bo’lgan xromosomalar- autsomalar, erkak va urg’ochi jinslarni bir-biridan farq qilishini ta’minlaydigan xromosomalar- jinsiy xromosomalardan iborat. Masalan, drozofila pashshasining kariotipi 6ta autosoma va ikkita jinsiy xromosomadan iborat.
Kariotipi bir xil jinsiy xromosomalarga ega, bir xil gametalar hosil qiladigan jins gomogametali jins deyiladi. Kariotipi har xil jinsiy xromoromalarga ega, har xil gametalar hosil qiladigan jins deyiladi.
Odam, sutemizuvchilar, ayrim hasharotlarning urg’ochilari gomogametali, erkaklari geterogometalari bo’ladi. Qushlar, sudralib yuruvchilar va ayrim hasharotlarda esa aksincha, erkaklari gomogametali, urg’ochisi geterogometali bo’ladi.
Meyoz jarayonida geterogometali individlar bir xil miqdorda X va Y xromosomali gametalar hosil qiladi. Shu sababli, jinsiy ko’payishdan so’ng hosil bo’lgan erkak va urg’ochi individlar soni teng bo’ladi.
Ba’zi organizmlarda geterogametalilik bir jinsiy xromosomani yo’qolishi bilan aloqador . Shunga ko’ra gomogametali organizm XX, geterogametali organizm XO bo’ladi. Qandalalar va ninachilarning urg’ochi organizmda XX, erkagida XO, kuyakapalagida esa aksincha urg’ochilarida XO, erkaklarida XX jinsiy xromosomalar mavjud. Shunga ko’ra qandala erkagida 13ta xromosoma, urg’ochisida 14ta xromosoma bo’ladi. Undan 12tasi autosoma xromosomalari hisoblanadi.
Jinsni aniqlashni progam, epigam, singam tiplari mavjud. Jinsni aniqlashning progam tipida jins urug’languncha ma’lum bo’ladi. Masalan, kolovratkalarda sitoplazmaga boy tuxum hujayradan urg’ochi, sitoplazmasi kam tuxum hujayradan erkak organism rivojlanadi.
Jinsni aniqlashning epigam tipida jins tipida jins tashqi muhitga bog’liq bo’ladi. Masalan, ayrim halqali chuvalchanglarning otalangan tuxum hujayrasi mustaqil hayot kechirsa urg’ochi, parazitlik qilib hayot kechirsa erkak organizm rivojlanadi. Jinsni aniqlashning singam tipi keng tarqalgan bo’lib, jins urug’lanish vaqtida ma’lum bo’ladi.
Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling