10-sinflar uchun


Download 14.61 Kb.
bet2/2
Sana09.01.2022
Hajmi14.61 Kb.
#259633
1   2
Bog'liq
10-sinf

kuldonga tashladi.

Ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan gapni aniqlang.

A) Kulgi − misoli oftob: u inson yuzidan qish qahrini olib tashlaydi.

B) Uning raso bo‘y-basti, quralay ko‘zlari, o‘ng betidagi kulgichi ko‘z o‘ngimdan o‘tdi.

C) Xatni o‘qib, Abdurahmonovning kulcha yuziga qon yugurdi.

D) Qozon osilgan kulsiz o‘choqqa ko‘zi tushdi.

19. Sendek menga bir yori jafokor topilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas. Ushbu bayt haqida berilgan qaysi javobdagi ma’lumot to‘g‘ri emas?

A) Tarse’ she’riy san’ati qo‘llangan.

B) Radifi qisqa radif sanaladi.

C) “s” undoshi raviy bo‘lib kelgan.

D) Tazod she’riy san’ati qo‘llangan.

20. Qaysi gapda kesim vazifasida kelgan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan?

A) Uyiga javob beraylik, o‘n besh-yigirma kunga borib kelsin.

B) So‘zga chiqqan Sodiqjon domla shogirdi haqida faxrlanib gapirardilar.

C) O‘yin-kulgi, askiya yarim kechagacha cho‘zilib ketdi.

D) El suygan xonanda o‘zgacha qiyofada televideniyeda chiqar edi.

21. Qaysi javobda Tog‘ay Murodning romani berilgan?

A) "Ot kishnagan oqshom" B) "Yulduzlar mangu yonadi" C) "Oydinda yurgan odamlar" D) "Otamdan qolgan dalalar"

22. Qaysi gapda orttirma nisbatdagi yasama fe’l qatnashgan?

A) U behuda so‘zlarni haddan ortiq ko‘p gapirdi. B) Maydonda ot o‘ynatayotgan ikki chavandoz ko‘rindi. C) Keyin dasturxonni yig‘ishtirayotgan xotiniga ham o‘shqirdi.

D) Ariqchalarda tip-tiniq suvlar shildirab oqib yotardi

. 23. Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?

1) mukofot; 2) tayziq; 3) taxlit; 4) dafatan; 5) favqulodda; 6) har chog‘

A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 6 C) 1, 4, 5, 6 D) 1, 3, 5, 6

24. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik hosil qila olmaydi?

A) obro‘, nufuz B) belgi, nishon C) ganch, xazina D) beadad, behisob

25. Bu g‘azalda shoir ishqni vodiyga, qalbdagi ohi bilan oshiqlar qalbini yondirishini qamishzorga o‘t qalashga o‘xshatib, tashbeh san’atining ajoyib namunasini yaratgan. Oshiq o‘zini hakka qushiga (hakkasifat), parvonaga (parvonasifat) o‘xshatib betakror badiiy tasvir yaratgan.

Ushbu ma’lumot qaysi g‘azal haqida?

A) “O‘rtar” radifli g‘azal (Mashrab) B) “Bo‘ldum sanga” radifli g‘azal (Navoiy)

C) “O‘ttum” radifli g‘azal (Mashrab) D) “Qilg‘il” radifli g‘azal (Navoiy)

26. Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi.

Ushbu gapdagi nechta so‘z tarkibida jarangsiz til oldi undoshi qatnashgan?

A) 4ta B) 2ta C) 3ta D) 5ta

27. Agar ul qoshi yosiz bog‘ gashtini orzu qilsam, Ko‘zimga o‘qdurur sarv-u ko‘ngulga g‘uncha paykondur. Ushbu baytda shunday oshiqona dil izhorlari ifoda etilgan: agar qoshi yoydek bo‘lgan yorsiz bog‘ni sayr qilishni orzu qilsam, bu sadoqatsizligim uchun u yerda menga jazo tayin: sarv ko‘zimga o‘qdek sanchiladi, ko‘nglimga g‘uncha paykon bo‘lib botadi. Ushbu parchada qaysi shoir bayti va uning mazmuni berilgan?

A) Ogahiy B) Furqat C) Navoiy D) Bobur

28. Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan yasama so‘z berilgan?

A) bo‘g‘ma B) ko‘zlamoq C) otilmoq D) chopiq

29. Qaysi javobda qaratqich kelishigining belgisiz qo‘llanishi kuzatilmaydi?

A) Ming yildirki, bulbul kalomi, O‘zgarmaydi − yaxlit hamisha. B) Qachongacha qorning o‘ylab o‘tadirsan? Qachongacha ko‘kdan chalpak kutadirsan. C) Yoqimli non hidi butun saroyni tutib ketdi. D) Chappar urib gullagan bog‘in, O‘par edim vatan tuprog‘in.

30 Qaysi javobda sabab bog‘lovchisi berilgan qator ?

A) lekin, yoki, goh...goh, hamda B) bilan, yo . . . yo, na.. na, agar C) bir . . bir, va, toki, ya’ni D) chunki, ammo, hamda, na . . . na

31. . "Qisasi Rabg‘uziy"da ifoda etilishicha, "payg‘ambar (a.s.) ning sahobalariga qarata: Ey mo‘minlar, kim ersaning manim uza hech da’vosi va xusumati bormu?" degan savoliga payg‘ambarlik muhrini ko‘rish niyatida da’vo qilgan sahoba nomi keltirilgan javobni aniqlang.

32. Shunchaki sevilmoq − baxtiqarolik. To‘la tole uchun bu kemtik, bu kam. Mening qalbim

shunday sevgiga molik:Bir charsillab yonay, so‘ngra so‘nsam ham. Ushbu she’riy parchada qatnashgan

yasama fe’l qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?

33. Bu asarda buyuk muhabbat rishtasi bilan bir-biriga mangu bog‘langan go‘zal insonlarning butun

hayot yo‘li tarannum etilgan. Qoplonbekka cheksiz kuch-quvvat, mardlik va shijoat, Oymomoga behad

xushro‘ylikni ato etgan ona tabiat, afsuski, ularni farzand ne’matidan bebahra qilganligi aks ettirilgan.

Ushbu parchada Tog‘ay Murodning qaysi asari haqida ma’lumot berilgan?

34. Ushbu she’rdan shoirning O‘zbekiston gerbidagi tasvirni yodga soluvchi “boshlar uzra soyalar solsun, Humo yetkur” kabi shoirona bashorati o‘rin olgan.

35. Hayotjon G‘ulomjonning mardligiga, chidamliligi, qanoatliligi va sadoqatiga qoyil qoldi.

Ushbu gapda gap bo‘laklari nechta so‘z birikmasini hosil qilgan?

36. Xalq dostonlaridan birida: “O‘laman, deb mard qavlidan toyama, Yo‘qchilik jo‘mardning ko‘zin o‘yama, Oqsuvdan yilqingni o‘zim haydadim, Qo‘lingdan kelganin qilgin, ayama” , − deya dorga hukm qilinganda ham mardlikni qo‘ldan

bermagan, yolg‘on gapirishni o‘ziga ep ko‘rmagan qahramon kim?

37. Vazifadosh bog`lovchi bo`lib keluvchi yuklamalar?

38. . . . ni bolalik vaqtida Erondan kishi o‘g‘irlab kelguchi bir turkman qo‘lidan Otabekning bobosi o‘n

besh tillo barobariga sotib olgan edi . . . ning Otabeklar oilasida qulliqda bo‘lg‘aniga ellik yillar chamasi zamon o‘tib, endi Otabeklar oilasining chin bir a’zosi bo‘lib ketkan. Xo‘jasi Yusufbek hojiga, ayniqsa xo‘jazodasi Otabekka itoat va ixlosi tom bo‘lib, buning evaziga ulardan ham ishonch va hurmat ko‘rar edi. . . "O‘tkan kunlar" romanidan olingan ushbu ma’lumot qaysi adabiy qahramon haqida?

39. Tuttim o‘lmakdin tirilmak hajrida, tengdur manga Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo‘l. Ushbu



baytda quyidagi qaysi she’riy san’atlardan foydalanilgan?

40. Quyidagi qaysi she’rlar Ogahiy qalamiga mansub emas? “Surmadin ko‘zlar qaro” g‘azali “Ajab ermas” muxammasi “Manam sho‘rida bulbul” muxammasi
Download 14.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling