10-sinflar uchun


Download 14.61 Kb.
bet1/2
Sana09.01.2022
Hajmi14.61 Kb.
#259633
  1   2
Bog'liq
10-sinf


10-sinflar uchun

1. Uyning qiya ochiq eshigi oldida turgan bolakay sekingina ichkariga kirdi.

Ushbu gap haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

A) Gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan qaratqich aniqlovchi vazifasidagi ot qatnashgan.

B) Gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan ega vazifasidagi ot qatnashgan.

C) Gapda asosi o‘z shakldoshi bilan turli turkumga oid bo‘la oladigan kesim vazifasidagi fe’l qatnashgan.

D) Gapda asosi ot bilan shakldosh bo‘la oladigan sifatdosh qatnashgan.

2. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang.

A) esdalik, dekloratsiya, nisholla B) konstututsiya, maqsad, estalik C) qasd, deklaratsiya, nisholda

D) konstitusiya, qast, maqsat

3. Shuni bilginki, uztozingdan eshitmagan o‘gitlarni kitobdan bilib olishing mumkin. Ushbu qo‘shma gapda nechta so‘z birikmasi qatnashgan?

A) 6ta B) 5ta C) 7ta D) 4ta

4. Bilimli kishi zarur gapni so‘zlaydi, keraksizini aslo gapirmaydi. Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

A) Yasama so‘zlar 2 o‘rinda kesim vazifasida kelgan. B) Yasama so‘zning aniqlovchi vazifasida kelishi kuzatiladi.

C) Yasama so‘zlar 2 o‘rinda to‘ldiruvchi vazifasida kelgan. D) Yasama so‘zning yasama so‘zga bog‘lanishi kuzatiladi.

5. 1. U musiqа bilаn shug‘ullаnib, “Chorgoh mаqоmigа “sаvt”lаr bitgan.

2. U аruz vаzni hаqidа “Мezon ul-avzon” nоmli risоlа bitgan. 3. Uning “Hаrb ishi”, “Мusiqа ilmi” nоmli аsаrlаri hоzirgаchа tоpilgаn emаs. 4. U o‘tmish mavzusidagi "Tariхi muluki Ajam" asarini yozgan.

5. U shе’riy yo‘ldа sоliq ishlаrini tаrtibgа sоluvchi “Мubаyyin аl-zаkоt” аsаrini yozgan. Ushbu raqamlarda berilgan ma’lumotlardan qaysilari Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid?

A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 2,

6. Tarkibida ot + ot tipidagi qo‘shma ot qatnashgan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.

A) Shuni yodda saqlangki, qo‘ziqorinlarning ayrim turlari inson salomatligi uchun zararli hisoblanadi.

B) Shundan ehtiyot bo‘lingki, qoraqurt zahri odam uchun juda xavflidir.

C) Shunga ishonch hosil qildimki, toshbag‘ir odamdan hech qachon yaxshilik chiqmas ekan.

D) Bodomnusxa do‘ppi kiygan qizning raqsi barchaga yoqdi, shuning uchun tomoshabinlar uni uzoq olqishladilar.

7. Qaysi gapda // shartli belgisi o‘rnida tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan?

A) Saltanat ham // ikkinchi bosqich talabasi. B) Shuni bilingki // biz sizni aslo unutmaymiz. C) Tilga ixtiyorsiz // elga e’tiborsiz. D) Bugun bu yerda eshitganlarim ham // haqiqat edi.

8. Qaysi javobda faqat teng bog‘lovchilar berilgan?

A) lekin, yoki, goh...goh, hamda B) bilan, yo . . . yo, na.. na, agar

C) bir . . bir, va, toki, ya’ni D) chunki, ammo, hamda, na . . . na

9. Bir kishi "... bitta qo‘ydan garov bog‘lashib yo‘lga tushipti. Jo‘ralari hali kutishar emish − yo‘q, hali kutishar emish − yo‘q; tong otipti, uyida ham yo‘q emish; go‘ristonga borib qarashsa, Asqar ponsotning go‘ri oldida o‘lib yotgan emish! Bechora go‘rga pichoq sanchganida etagini qo‘shib sanchgan ekan, qaytay desa, etagidan birov tortganday

bo‘lgan-da ..." Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

A) "Dahshat" (Abdulla Qahhor) B) "Mehrobdan chayon" (Abdulla Qodiriy)

C) "Shum bola" (G‘afur G‘ulom) D) "Urushning so‘nggi qurboni" (O‘tkirHoshimov)

10. “ . . . shunday niginga (uzukka) qarasa, niginning yuzida xati bor, yer yuzidagi jami parini bandiga olgan duoli yozuvi bor; olam mamlakatiga bermaydigan xosiyati bor; har yerda suluv barno qiz bo‘lsa, oti bor; ba’zi-ba’zi juda nozik, uzik suluvning ham oti bor, ham surati bor . . . ”

Ushbu parcha qaysi dostondan olingan?

A) “Ravshan” B) “Alpomish” C) “Oygul bilan Baxtiyor” D) “Kuntug‘mish”

11. "Bu chol . . . oltmish yoshlar chamasida, cho‘ziq yuzlik, do‘nggiroq peshonalik, sariqqa moyil,

to‘garak qora ko‘zlik, oppoq uzun soqollik edi. Soqolining oqlig‘iga qaramasdan uning qaddida

keksalik alomatlari sezilmas va tusida ham uncha o‘zgarish yo‘q edi". Uning "o‘g‘il-qizlari

bo‘lmag‘an, bo‘lsalar ham yoshliqda o‘lib ketkanlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Otabekka ixlos"

qo‘ygan edi.Ushbu parchada "O‘tkan kunlar" romanidagi qaysi qahramon haqida fikr yuritilgan?

A) Ziyo shohchi B) Mirzakarim qutidor C) Hasanali D) Sodiq

12. Bir chimdim uxlash uchun ko‘zini yumdi, biroq qattiq charchagani uchun allamahalgacha uxlay olmay qiynaldi.

Ushbu gapdagi mustaqil so‘z turkumlari bajargan sintaktik vazifalar to‘g‘ri izohlangan javobni aniqlang.

A) Payt holi vazifasini bajargan olmosh qatnashgan. B) Hollar faqat fe’l bilan ifodalangan.

C) Fe’l bilan ifodalangan sabab holi 3 o‘rinda qatnashgan. D) Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bilan ifodalangan hol qatnashgan.

13. Birpasdan so‘ng yomg‘ir tindi, lekin hasadgo‘y bulutlar hamon quyoshni to‘sib turardi.

Ushbu gapda qatnashgan so‘z birikmalari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas?

A) Tobe qismi hol vazifasida kelgan so‘z birikmalari qatnashgan.

B) Tobe qismi vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida kelgan boshqaruvli birikma qatnashgan.

C) Tobe qismi sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan bitishuvli birikma qatnashgan.

D) Tobe qismi vositali to‘ldiruvchi vazifasida kelgan so‘z birikmasi qatnashgan

14. U uyning qorong‘i bir burchagida uzoq yolg‘iz o‘tiradigan bo‘ldi. Ba’zan o‘z-o‘zi bilan gaplashadi: "Bir zum. . . faqat bir zum. . . O‘sha lahzada bir zumgina o‘zimni boshqacha

tutganimda edi. . . Odam o‘zini o‘zi o‘ldirganda ham unga bir zumlik bardosh yetishmay qoladi, deyishadi. . . " Yana allanimalar deydi. Keyin qo‘rqib o‘rnidan turib ketadi. Ushbu parchada qaysi adabiy qahramonning ruhiy holati ifoda etilgan?

A) Tursunboy ("Ufq") B) Shoikrom ("Urushning so‘nggi qurboni") C) Akbarali ("Chinor") D) O‘rozqul ("Qutlug‘ qon")

15. "Uni ishlashga majbur etish uchun qilingan harakatlari hech qanday natija bermagach, otasi uni qishloqqa keltirib, xo‘jalikka qarashib turishni topshirdi. U qishloq aholisidan . . . ko‘pgina ta’nalar eshitdi. Buning o‘ziga xos sabablari bor edi: . . . osoyishtalik, tinchlikni yaxshi ko‘rardi, shuning uchun uylanishni ham xohlamasdi". Ushbu parchada qaysi asar qahramoni haqida fikr yuritilgan?

A) "Yevgeniy Onegin" B) "Nur va soyalar" C) "Oq kema" D) "Hellados"

16. Fitratning forsiy tilda yozilgan she’riy to‘plami qaysi javobda berilgan?

A) "Rahbari najot" B) "Arslon" C) "Chin sevish" D) "Sayha"

17. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasining qo‘llanishi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?

A) Men o‘tgan yili yozga anhor bo‘yidagi hovlimizda dam oldim.

B) Insofli, diyonatli, boy-badavlat va xalqparvar kishilarni moddiy yordamisiz ma’rifatchilar faoliyat ko‘rsata olmas edilar.

C) Ziyolilar ma’rifat urug‘ini sochishda fidoyilik ko‘rsatdilar.

D) Xalq orasida: “Maqtanganni uyini ko‘r” degan gap bor.

18. General stol yoniga kelib, tamaki qoldig‘ini


Download 14.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling