10-sonli imining 9-sinf o’quvchisi Quronboyeva Muxlisaning


Download 18.95 Kb.
Sana04.05.2020
Hajmi18.95 Kb.
#103194
Bog'liq
insho.9.muxlisa


10-sonli IMIning 9-sinf

o’quvchisi Quronboyeva Muxlisaning

‘’Ona tilim – millat ruhi’’ mavzusida

yozgan inshosi

Ona tilim – millat ruhi

Reja:

1.Ona tili – ko’hna tariximiz , hayot-baxsh qadriyatlarimiz, xalqlarga xos dunyoqarash va



Ajdodlarimiz merosi.

2.Dunyo tillari orasida o’zbek tili.

3.Xalqning , millatning o’zligini namoyon etishda tilning o’rni .

Ona tili – xalqning ezgu fazilatlari va tuyg’ulari manbai.U insonning kamolotida o’ziga xos o’rin tutadi. Chunki onalarimiz bizga aynan o’sha tilda alla aytadi , biz uchun bo’lgan

insoniy bilim va tushunchalarni ong-u shurimiz-

ga singdiradi , odob-u axloqimiz , fe’l –atvorimiz

til orqali berilgan o’git va nasihatlar asosida shakllanadi. Ayniqsa , inson tafakkurining shakl-

lanishi til bilan uzviy bog’liq. So’zni,ya’ni tilni bil-

ganimiz sari biz dunyoni ham yaxshiroq bilib boramiz va ongimiz yuksaladi. Ona tili –ajdodlar

merosini avlodlarga yetkazadigan ko’zgu. Shu-

ning uchun o’z tilini yo’qotdan inson millat o’zligidan ham mahrum bo’ladi, ma’naviy zavolga yuz tutadi.

Bugungi kunda davlatimizning eng muhim hujjatlari , shuningdek, maktablar, ish qog’ozlari davlat tili- o’zbek tilida yuritiladi. Bularning barchasi mustaqilligimiz sharofati bilan amalga oshirildi. Aynan Konstitutsiyamiz-

ning 24 ta moddasida o’zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va uning huquqiy asoslari belgilab qo’yildi. O’zbek tili nafaqat yurtimizda , balki, butun dunyo bo’yicha davlat tili sifatida tan olindi.O’zbek tili boshqa tillardan uning so’zga boyligi bilan boshqa tillardan farq qiladi.

Hattoki biz buni tarixda so’z mulkining sultoni –Alisher Navoiyning o’z asarlarida jami 26000 dan ortiq so’zdan foydalanganidan ham bilishimiz mumkin. O’zbek xalqi asrlar davomida umumbashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qo’shib kelmoqda . Bunda o’zbek tilining xizmati beqiyosdir. Sababi o’zbek tili bo’lmaga-

nida Alisher Navoiyning ‘’Xamsa’’si , Mahmud Koshg’ariyning ‘’Devoni lug’atit-turk’’ kitobi, Abdulla Qodiriyning romanlari, Cho’lpon va Abdulla Oripovning o’tli she’riyati yaratilmagan bo’lar edi.Shuning uchun ona tili millatimiz ruhi-

ning timsoliga aylanib ketgan . Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shunday deydi:‘’Kimda- kim o’zbek tilining bor latofatini,jozibasi va ta’sir kuchini , cheksiz imkoniyatklarini his qilmoqchi bo’lsa, munis onalarimizning allalarini eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo’shiqlariga quloq tutsin’’.

Dunyoda xalqlar ko’p . Har bir xalq,avva-

lo , o’z tili, milliy urf-odat va an’analari, o’ziga xost turmush tarzi bilan ajralib turadi. Xalqning,

millatning o’zligini namoyon qilishda tilning o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning ‘’ Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch’’ kitobida fikrlarni qoldirgan:

‘’O’zlikni anglash , milliy ong va tafakkurning ifodasi , avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy

bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi .Jamili ezgu fazilatlar inson qalbiga , avvalo, ona allasi ,ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili –

bu millatning ruhidir’’.

Darhaqiqat , shuni esda tutishimiz kerakki, ona tilimizda xalqimizga xos his-tuyg’u-

lar , tushuncha va tasavvurlar , urf-odat hamda an’analar chuqur aks etgan. Tilimizdagi hayo,

ibo , andisha , oriyat, mehr-oqibat degan so’z-

larni boshqa tillarga aynan tarjima qilib bo’l-



maydi. Ularni faqat o’zbek tili orqali ifoda etish mumkin. Chunki, bu tushunchalar ko’proq biz-

ning xalqimizga xos va ularni bayon etishga ham faqat shu xalqning tili qodir.
Download 18.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling