8-sinf ona tili 1-13-betgacha


Download 32.82 Kb.
Sana04.08.2020
Hajmi32.82 Kb.
#125469
Bog'liq
2 5258391497727805297


8-sinf ona tili 1-13-betgacha
KIRISH

1. Boshimizga kulfat va zahmatlarning aksari yomon tili- mizdan, me’yordan ortiq so‘ylaganimizdan kelur. 2. Viqor deb kibr va g‘ururdan, manmanlikdan o‘z fe’lini saqla- moqqa aytilur. 3. Intizom deb ibodatlarimizni, ishlarimizni o‘z vaqtida tartibi ila qilmoqqa aytilur. Agar yer yuzida intizom bo‘lmasa edi, insonlar bir daqiqa ham yasholmas edilar. 4. Iffat deb gunoh va buzuq ishlardan saqlanmoqqa aytilur. Bizni gunohdan saqlaguvchi, harom-xarishdan nafsimizni asrovchi narsa faqat iffatimizdir. 5. Hayo deb ishda, so'zda odobga rioya qilmoqni aytilur. Hayo dilni ravshan qiladurgan bir nurdurki, inson har vaqt shul ma’- naviy nurning ziyosiga muhtojdir. Ushbu hikmatlar muallifi kim?

A) Abdulla Avloniy B) Abdulla Qahhor C) Navoiy D) Zamaxshariy
2. Tilni bilish bu?

A) so‘z boyligiga ega bo’lish B) so‘zning ma’no nozikliklarini anglash

C) til birliklaridan to‘g‘ri, o‘rinli va odob bilan foydalanish D) A,B, C
3. Berilgan so’zlarning izohini muvofiqlashtiring.

viqor; 2) kibr; 3) g‘urur, 4) gunoh;

a) mag‘rurona va ulug‘vor ko‘rinish, salobat; b) o‘zini hammadan yuqori his etish; manmanlik, kekkayish hissi; c) insonning o‘z qadr-qimmatini bilishi, hurmat qilishi; izzat-nafs;

d) odob-axloq doirasiga sig‘maydigan ish, nojo‘ya xatti- harakat; ayb.

A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c
4. Iffat sozining izohini aniqlang.

A) vijdoni poklik, nomus B) insonning o‘z qadr-qimmatini bilishi, hurmat qilishi; izzat-nafs

C) nojo‘ya, noma’qul xatti- harakatdan tiyilish hissi; uyat, sharm; D) bilim, ilm, ma’rifat
5. Harom-harish so’ziga berilgan izohni toping.

A) mag‘rurona va ulug‘vor ko‘rinish, salobat; B) nороk, iste’molga yaramaydigan

C) nojo‘ya, noma’qul xatti- harakatdan tiyilish hissi; uyat, sharm; D) nafs
6. Nojo‘ya, noma’qul xatti- harakatdan tiyilish hissi; uyat, sharm ma’nosini beruvchi so’zni aniqlang.

A) hayo B) iffat C) odob D) ma’naviy
7. Axloqqa, shaxsning ichki dunyosiga oid bo’lgan so’zni aniqlang.

A) kibr B) harom-harish C) ma’naviy D) viqor
8. Odob so’ziga berilgan ta’rifni aniqlang.

A) vijdoni poklik, nomus B) nojo‘ya, noma’qul xatti- harakatdan tiyilish hissi; uyat, sharm C) bilim, ilm, ma’rifat D) ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi yaxshi axloq, tarbiya, xushmuomalalik
9. Berilgan so’zlarning qaysi birida nuqsonli ifodalovchi so’zlar berilgan?

A) savob, gunoh B) savob, kamtar C) manman, gunoh D) manman, kamtar
10. Berilgan so’zlarning qaysi biri yasama?
A) manman B) gunoh C) savob D) kamtar

ADABIY NUTQ ME’YORLARl. NUTQNING KO‘RINISHLARI
11. Til haqida bildirilgan xato fikrni aniqlang.

A) Fikrni bayon etish va o‘zgalar fikrini tushunishning eng asosiy vositasi bu- gap.

B) o‘z vazifasini og‘zaki va yozma shaklda bajaradi.

C) Til ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: adabiy nutq va sheva nutqi.

D) Faqat adabiy nutq yozma shaklga ega.
12. Quyidagi berilganlarning qaysi biri adabiy til me’yorlaridan tashqarida?
A) sheva B) yozma adabiy til C) og’zaki adabiy til D) rasmiy uslub

13. Xalq tilining ishlov berilgan, qat’iy qoidalashtirilgan ko‘rinishi bu?

A) uslub B) adabiy nutq C) sheva D) milliy til
14. Berilganlardan qaysi biri ko‘p shevali millatning yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi.Bunda har bir so‘z va qo‘shimchaning adabiy nutqdagi talaffuzi va imlosi, tinish belgilarining qo‘llanishi, odatda, qoida sifatida qonun bilan aniq belgilab qo‘yiladi?

A) adabiy til B) milliy til C) badiiy til D) umumxalq tili
15. Quyidagilardan qaysi biri adabiy til qoidalariga rioya qilmaydi?

A) barcha rasmiy yozishmalar B) hujjatlar, o‘qitish va nashr ishlari

C) ommaviy axborot vositalarining xabarlari D) barchasi amal qiladi
16. Quyida berilgan fikrlarning qaysi biri xato?

A) Faqat rasmiy holatlarda adabiy nutq me’yorlariga rioya qilish talab etiladi.

B) oila davrasida, o‘zaro suhbatlarda sheva nutqida so‘zlash ayb emas.

C) Madaniyatli kishi adabiy nutqqa ham, sheva nutqiga ham o‘z o‘rnida rioya qiladi.

D) Barchasi to’g’ri
17. Adabiy nutqning turli qo‘llanish sohalarini aniqlang.

1) og‘zaki so‘zlashuv sohasi; 2) badiiy adabiyot sohasi; 3) axborot-targ‘ibot sohasi;

4) ish yuritish sohasi; 5) ilmiy soha.

A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5
18. Adabiy nutqning biror sohaga xoslangan ko‘rinishi nima deb ataladi?

A) adabiy nutq uslubi B) uslubiy xoslangan so’zlar

C) uslubiy betaraf so’zlar D) so’zlashuv uslubi
19. Oilada, ko‘cha-ko‘yda fikr almashish jarayonida qo‘llanadigan nutq uslubi?

A) badiiy uslub B) so’zlashuv uslubi C) rasmiy uslub D) ilmiy uslub
20. So‘zlashuv uslubiga xos noto’g’ri ma’lumotlarni aniqlang.

A) faqat dialog shaklida bo‘ladi

B) adabiy nutqning og‘zaki me’yorlariga qat’iy rioya qilish talab etilmaydi

C) Ammo turli sheva vakillari suhbatida adabiy nutqning og‘zaki me’yorlariga rioya qilish mada- niyatlilik hisoblanadi.

D) erkinligi bilan boshqa uslublardan farqlanadi


20. Badiiy adabiyotga xos nutq turi. Unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchli bo‘ladi. Bu qaysi uslub?

A) badiiy uslub B) so’zlashuv uslubi C) rasmiy uslub D) ilmiy uslub
21. Badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchli bo’lishi qaysi uslubga xos?

A) badiiy uslub B) so’zlashuv uslubi C) rasmiy uslub D) ilmiy uslub
22. Rasmiy axborot berishga, davrning ijtimoiy-siyosiy masalalarini aks ettirishga mo'ljallangan ommaviy axborot vositalari (radio-televideniye, gazeta- jurnallar) uslubi?

A) badiiy uslub B) so’zlashuv uslubi C) rasmiy uslub D) publitsistik uslub
22. Ilmiy asarlar, ilmiy jurnallar, darslik va qo‘llanmalar yoziladigan uslub, unda ilmiy atamalardan keng foydalaniladi, ko‘chma ma’noli til ifodalari nihoyat da kam ishlatiladigan uslub qaysi?

A) badiiy uslub B) so’zlashuv uslubi C) rasmiy uslub D) ilmiy uslub
23. Qaysi uslubda atamalar eng ko’p qo’llanadi?
A) badiiy uslub B) so’zlashuv uslubi C) rasmiy uslub D) ilmiy uslub
24. Darslik va qo’llanmalar qaysi uslubda yaratiladi?

A) badiiy uslub B) so’zlashuv uslubi C) rasmiy uslub D) ilmiy uslub
25. Rasmiy-idoraviy uslubga nimalar kiradi?

A) davlat qonunlari, Prezident farmonlari

B) hukumat qarorlari, turli hujjatlar

C) ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar

D) A, B, C
26. Rasmiy- idoraviy uslubda xos belgi qaysi qatorda noto’g’ri berilgan?

A) gaplar ixcham va aniq, mazmunli quriladi

B) egali va egasiz gaplardan foydalaniladi

D) kesimlari mashul nisbatda boladi.

D) ko’pincha egasiz gaplar qo’llaniladi
27. Rasmiy uslubga mansub bo’lgan ma’lumotni qatorni aniqlang.

A) Ma’lumotnoma Murodjon Yo’ldoshevga uning 0‘z bekiston Milliy teleradiokompaniyasida ishlayotganligi haqida berildi.

B) Kimyoviy suv molekulasi bir atom kislorod va ikki atom vodoroddan tashkil topadi. Bunday suv tabiatda uchramaydi va maxsus usul bilan hosil qilinadi.

C) G‘alaba! Sen uyimizga sovg‘a-salomlarga to‘lib emas, aftoda bir holatda: tovoni teshik askar etigini kiyib, horib- charchab, sillang qurigan holda kirib kelding.

D) Zo’r karvon yo’lida yetim bo’tadek, Intizor ko’zlarda halqa-halqa yosh…
28. Publitsistik uslubga mansub qatorni aniqlang.

A) Ma’lumotnoma Murodjon Yo’ldoshevga uning 0‘z bekiston Milliy teleradiokompaniyasida ishlayotganligi haqida berildi.

B) Kimyoviy suv molekulasi bir atom kislorod va ikki atom vodoroddan tashkil topadi. Bunday suv tabiatda uchramaydi va maxsus usul bilan hosil qilinadi.

C) G‘alaba! Sen uyimizga sovg‘a-salomlarga to‘lib emas, aftoda bir holatda: tovoni teshik askar etigini kiyib, horib- charchab, sillang qurigan holda kirib kelding.

D) Zo’r karvon yo’lida yetim bo’tadek, Intizor ko’zlarda halqa-halqa yosh…
29. Ilmiy uslubga oid nutqni aniqlang.

A) Ma’lumotnoma Murodjon Yo’ldoshevga uning 0‘z bekiston Milliy teleradiokompaniyasida ishlayotganligi haqida berildi.

B) Kimyoviy suv molekulasi bir atom kislorod va ikki atom vodoroddan tashkil topadi. Bunday suv tabiatda uchramaydi va maxsus usul bilan hosil qilinadi.

C) G‘alaba! Sen uyimizga sovg‘a-salomlarga to‘lib emas, aftoda bir holatda: tovoni teshik askar etigini kiyib, horib- charchab, sillang qurigan holda kirib kelding.

D) Zo’r karvon yo’lida yetim bo’tadek, Intizor ko’zlarda halqa-halqa yosh…

30. Quyida berilgan so’zlarning ma’nolari bilan muvofiqlashtiring.

1) uslub; 2) malaka; 3) sheva; 4) targ‘ibot; 5) adabiy

a) biror g’oya, ta’limot va shu kabilarni yoyishga, kishilar ongiga singdirishga qaratilgan ishlar; b) til unsurlarining ma’lum vazifa bajarishiga bog‘liq holda birlashadigan, o‘ziga xos tanlanadigan tizimi;

c) badiiy adabiyotga, badiiy fjod faoliyatiga oid;

d) bilim va kasbni, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasida orttirilgan tajriba; mahorat;

e) umumxalq tilining ma’lum hududga xos tarmog‘i, mahalliy til.

A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e B) 1-b, 2-d, 3-e, 4-a, 5-c

C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-e, 5-d D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a, 5-e
31. Quyida berilgan so’zlarning nechtasi nima qilmoq so’rog’iga javob bo’ladi?

Kuz, biz, ertalab, o‘tirmoq, o‘ntacha, buyuk, bormoq, har kim, chopmoq, chiroy, uchala, foydalanmoq, uyqu, chiroyli, bugun, hamma, mardlarcha, befoyda, so‘zlamoq, shirin, picha, foyda, uzun, mingta, har narsa, ohista, havo, oltov



A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta
32. . Quyida berilgan so’zlarning ichi bo’sh so’zga mansub?

Kuz, biz, ertalab, o‘tirmoq, o‘ntacha, buyuk, bormoq, har kim, chopmoq, chiroy, uchala, foydalanmoq, uyqu, chiroyli, bugun, hamma, mardlarcha, befoyda, so‘zlamoq, shirin, picha, foyda, uzun, mingta, har narsa, ohista, havo, oltov

A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta
33. Kuz, biz, ertalab, o‘tirmoq, o‘ntacha, buyuk, bormoq, har kim, chopmoq, chiroy, uchala, foydalanmoq, uyqu, chiroyli, bugun, hamma, mardlarcha, befoyda, so‘zlamoq, shirin, picha, foyda, uzun, mingta, har narsa, ohista, havo, oltov.

Ushbu berilgan so’zlarning nechtasi yasama?

A) 7 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta
34. Qaysi qatorda ravish turkumiga mansub so’zlar berilgan?
A) kuz, chiroy, uyqu, foyda, havo

B) o’ntacha, uchala, mingta, oltov

C) biz, har kim, hamma, har narsa

D) ertalab, bugun, mardlarcha, picha
35. Son turkumiga mansub bo’lmagan so’zni aniqlang.

A) picha B) oltov C) mingta D) o’ntacha
36. Quyidagi javoblarning qaysi birida “eng yaqin kishi, tug‘ishganday yaqin birodar; farzand” deya izohlanuvchi so’z berilgan?

A) malono B) mulozim C) jigargo’sha D) xok
37. Padari buzrukvor so’zi qaysi qatorda to’g’ri izohlangan?

A) cheksiz hurmatga loyiq ota B) olim va fozil kishi

C) o‘tmishda amaldorlar xizmatida bo’lgan kishi

D) mayda tuproq; tuproqqa aylangan inson jasadi
38. Xok so’zini izohlang.

A) cheksiz hurmatga loyiq ota B) olim va fozil kishi

C) mayda tuproq; tuproqqa aylangan inson jasadi

D) asboblar tig‘i, damini tiklamoq; aql-idrokni o'stirmoq.
39. Berilgan so’zlarning qaysi birining ma’nosi noaniq, ya’ni atash ma’nosi yo’q?
1) bormoq; 2) nima; 3) bu; 4) ortiq; 5) о ‘shanday; 6) kitob; 7) sariq; 8) barcha; 10) ular.

A) 1, 2, 3, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8 C) 2, 3, 5, 8, 10 D) 1, 4, 6, 7
40. Anvar va Jahongiro'rtoqlarim. Ular bilan birga dam oldik. Ular so ‘zining ay nan shu gapdagi та ’nosi aniqmi yoki noaniq?

A) noaniq B) aniq C) A va B D) to’g’ri javob yo’q
41. Yaxshi bola yaxshi о ‘qiydi gapidagi yaxshi so ‘zlari qaysi belgisi asosida farqlanadi?

A) ikkovi ham belgi bildirgani uchun B) har xil turkumga mansubligi uchun

C) Birinchisi otning belgisini, ikkinchisi harakat belgisini bildirgani uchun

D) barchasi to’g’ri
42. Lug‘aviy ma’no anglatadi, so‘roqqa javob bo‘lib, biror gap bo‘lagi vazifasida keladi deya ta’riflanuvchi termini aniqlang.

A) yordamchi so’zlar B) mustaqil so’zlar C) gap bo’laklari D) oraliqdagi so’zlar
43. Nahotki, basharti, qadar, agar, axir, go‘yo, boshqa, hatto, sari, chunki, xuddi, keyin, balki, faqat, orqali.

Yuqorida berilgan yordamchi so’zlardan nechtasi bog’lovchi?

A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta
44. Qaysi qatorda ko’makchilar to’g’ri ko’rsatilgan?

A) nahotki, basharti, qadar, agar, axir

B) go‘yo, boshqa, hatto, sari

C) chunki, xuddi, keyin, balki, faqat, orqali

D) qadar, boshqa, sari, keyin, orqali
45. Qaysi qatorda sof ko’makchi berilgan?

A) qadar B) boshqa C) keyin D) orqali
46. Ham bog’lovchi, ham yuklama vazifasini bajara oladigan so’zni aniqlang.

A) go’yo B) agar C) chunki D) balki
47. Ham bog’lovchi, ham modal so’z vazifasini bajara oladigan so’zni aniqlang.

A) go’yo B) agar C) chunki D) balki
48. Yuklamalar qaysi qatorda berilgan?

A) nahotki, basharti, qadar, agar

B) nahotki, axir, go’yo, hatto, xuddi, faqat

C) agar, go’yo, xuddi, balki, chunki

D) qadar, boshqa, sari, keyin, orqali
49. Berilgan gaplarning qaysi birida nuqtalar o’rniga ko’makchilar qo’yiladi?

A) Yig‘ilgan xaloyiq suron ... yangi shahar ... qo‘zg‘aldi.

B) Gulnoz shundan keyin uch marta xat yozdi, ... javob kelmadi.

C) Bilasiz..., siz va biz bir ariqdan suv ichamiz-... .

D) Hali xabaring yo‘q...? Asrora opam kasalxonadalar-...!

50. Berilgan gaplarning qaysi birida nuqtalar o’rniga qo’yilishi lozim bo’lgan so’z ikki xil turkumga mansub?

A) Nahot sen uning talanti ..., shon-shuhrati ... turmushga chiqqan bo‘lsang?

B) Shuni unutma..., tarbiyaning otasi — mehnat.

C) Otlar ... ovchidan qochgan kiyiklar.... qo‘sh oyoqlab shamoldek uchib bormoqda.

D) Hali xabaring yo‘q...? Asrora opam kasalxonadalar-...!
51. Qaysi qatorda “xaloyiq” so’zi izohlangan?
A) odamlar B) jamoa C) olimlar D) A va B

52. Qaysi qatorda yonma-yon, qo‘shni bo‘lib yashamoq ma’nosini beruvchi ibora berilgan?
A)
bir ariqdan suv ichmoq B) boshini bir yostiqqa qo’ymoq

C) yeng ichida ish bitirmoq D) bir tan-u jon bo’lmoq
53. Yuqori darajadagi tug‘ma iste’dod deya izohlanuvchi so’zni aniqlnag.

A) malaka B) qobiliyat C) iste’dod D) B va C
54. Men faqat a ’lo baholarga о ‘qiyman. Ushbu gapda yuklamaning qanday turi qo’llangan?

A) so’roq B) kuchaytiruv-ta’kid C)ayiruv-chegeralov D) gumon
55. Ehtimol, eh, g‘ir-g‘ir, ofarin, taqir-tuqur, shekilli, evoh, yalt-yult, shubhasiz, hoy, duv-duv, beh-beh, albatta, qars- qurs, afsuski.

Yuqorida berilgan so’zlardan nechtasi modal so’z?

A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 7 ta
56. Qaysi qatorda undov so’zlar berilgan?

A) ehtimol, shekilli, shubhasiz, albatta, afsuski

B) eh, ofarin, evoh, hoy, beh-beh

C) g’ir-g’ir, yalt-yult, duv-duv, qars-qurs

D) eh, taqir-tuqur, evoh, shubhasiz
57. Modal so’zlar qaysi qatorda berilgan?

A) ehtimol, shekilli, shubhasiz, albatta, afsuski

B) eh, ofarin, evoh, hoy, beh-beh

C) g’ir-g’ir, yalt-yult, duv-duv, qars-qurs

D) eh, taqir-tuqur, evoh, shubhasiz
58. Taqlid so’zlar berilgan qatorni aniqlang.

A) ehtimol, shekilli, shubhasiz, albatta, afsuski

B) eh, ofarin, evoh, hoy, beh-beh

C) g’ir-g’ir, yalt-yult, duv-duv, qars-qurs

D) eh, taqir-tuqur, evoh, shubhasiz
59. Quyida berilgan so’zlarning ma’nolarini muvofiqlashtiring.

1) uchqun; 2) shu’la; 3) nur; 4) ziyo; 5) yog‘du.

a) tumanday taraluvchi yorug'lik; b) bir yo'nalishda yo‘nalgan yorug’lik; c) lipillab, ko‘rinib-ko‘rinmay turgan olov yoki yorug‘lik; d) bilim, ma’rifat; e) olov zarrasi.

A) 1-e, 2-c, 3-b, 4-d, 5- a B) 1-e, 2-d, 3-b, 4-c, 5- a

C) 1-e, 2-b, 3-c, 4-d, 5- a D) 1-c, 2-3e 3-b, 4-d, 5- a


60. Qaysi qatotda jamlikni bildiruvchi olmoshlar berilgan?

A) hamma, barcha, bari B) o‘sha, mana shu, ana shu

C) hech qachon, hech qayer, hech qancha D) men, sen, biz, ular
61. O’sha, hamma, qaysi, o‘zim, allakim, hech qaysi, men, barcha, o‘zi, hech qancha, sen, ana, qachon, har kim, o‘zlari, sizlar, hech qayer, biz, qayer, mana shu, qaysidir, hech qachon, qanaqa, ular, bari, o‘zing, nega, ana o‘sha, nimadir, o‘zingiz, allaqancha, hech bir, allaqanday, har qancha, bu.

Yuqorida berilgan olmoshlardan bo’lishsizlik olmoshlarining sonini aniqlang.

A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 4 ta
62. Quyida berilgan izohlardan lapar so’ziga berilgan ta’rifni aniqlang.

A) birovga hech narsani ravo ko‘rmaydigan; sarf- xarajatni yoqtirmaydigan

B) to‘y va yig‘in, xalq sayillarida yigitlar bilan qizlar orasida tarafma-taraf boiib birgalikda ijro etiladigan qo'shiq va raqs

C) birovdan narsasi, iliq so‘zi va mehrini ayamaydigan

D) adolat va vijdon bilan ish tutish
63. Quyida berilgan izohlardan baxil so’ziga berilgan ta’rifni aniqlang.

A) birovga hech narsani ravo ko‘rmaydigan; sarf- xarajatni yoqtirmaydigan

B) to‘y va yig‘in, xalq sayillarida yigitlar bilan qizlar orasida tarafma-taraf boiib birgalikda ijro etiladigan qo'shiq va raqs

C) birovdan narsasi, iliq so‘zi va mehrini ayamaydigan

D) adolat va vijdon bilan ish tutish
64. Quyida berilgan izohlardan insof so’ziga berilgan ta’rifni aniqlang.

A) birovga hech narsani ravo ko‘rmaydigan; sarf- xarajatni yoqtirmaydigan

B) to‘y va yig‘in, xalq sayillarida yigitlar bilan qizlar orasida tarafma-taraf boiib birgalikda ijro etiladigan qo'shiq va raqs

C) birovdan narsasi, iliq so‘zi va mehrini ayamaydigan

D) adolat va vijdon bilan ish tutish
Download 32.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling