10-topshiriq
Download 19.03 Kb.
|
IKP
10-topshiriq Bemor P. 59 yosh, revmatologiya bo`limiga salgina jismoniy zo`riqish vat inch holatda nafas qisishi yuzaga kelishi, yurakning har doim notekis ishlashiqorinning kattalashishi, oyoqlarda shish borligidan shikoyat qilib keldi. O`tkir revmatik lixoradkani o`tkazganda 13 yosh bo`lgan. 21 yoshida tekshiruv natijasida yurak porogi aniqlangan. 10 yil oldin birinchi marta ritm buzilgan, medikamentoz yo`l bilan tiklangan, lekin yana 1 necha marta buzilgan. 5 yil davomida ritm tiklanmayapti. Oxirgi oylarda holati hech qanday sababsiz holati yomonlashgan. Obyektiv holati o`rtacha og`irlikda. Holati majburiy:yarim o`tirgan. Akrosianoz, lablarning ko`karishi, gapirganda ozgina nafas qisishi kuzatiladi. Kurakning pastki burchagi ikkala o`pka ustida ham o`pka tovushi zaiflashishi aniqlangan. U yerda nafas ham o`tkazilmaydi. Perkutor tekshirilganda yurakning o`ng chegarasi to`sh suyagidan 2 sm , chap chegarasi linea axillaris anteriorgacha to`g`ri keladi. Yurak tonlari bo`g`ilgan, aritmik. Sistoladiastolik shovqin hamma nuqtada eshitilyapti. ЧСС-105 уд /мин, пульс-89уд/мин, АД- 120/50 . Qorin kattalashgan, jigar palpatsiyada sezilmaydi. Oyoqlar yuqori 3-darajagacha shishgan. Qabziyat, diurez kamaygan, sutkada 500 ml atrofida suyuqlik qabul qiladi, 400ml gacha ajratadi. Taxminiy klinik tashxisni qo`ying Ushbu bemordagi diagnostic belgilar yurakning qaysi klapani zararlanganini bildiradi? Ushbu holatda qanday tekshiruvlar o`tkazish kerak? Davolash taktikasi. Ambulator va statsionar etaplarda kompleks davo yozib bering. Retsept yozing 11-topshiriq Revmatologiya bo`limiga kelgan ( nevrologiya bo`limidan) 27 yoshli bemor Ya . holsizlik ozish ( oxirgi 2 oyda 15 kg), tana haroratining har kuni titroqlarsiz 37,2-37,5 C ga ko`tarilishi, oyoqlarda vaqti vaqti bilan tomir tortishishi paydo bo`lishi, va shuningdek o`ng qo`l va chap oyoq sezgisining buzilishidan shikoyat qildi. Bemorda 1 yilga yaqin hech qanday sabablarsiz qo`lda va oyoqlarda tomir tortishishi, sezgining buzilishi, ba`zida temperaturaning subfebril bo`lishi, boldirda papulez toshmalar toshishi, tizza va bolder-panja bo`g`imlarida og`riq kuzatilgan Nevrolog kuzatuvi va davolashi effect bermagan. Oxirgi 2 oyda holati yomonlashgan: AB ning klinik ko`rinishlarsiz ortishi, lixoradka doimiy xarakterga ega bo`lgan. Kuchli ozgan. O`tkazilgan kasalliklar ichida gepatit B borligi aniqlangan. Bemor ko`p chekadi va ichadi. Nevrolog “polineyropatiya-alimentar-toksikogenez” tashxisi bilan davolagan. Ko`zdan kechirilganda bemorning umumiy ahvoli qoniqarli. Bemor gipostenik. Teri qoplamlari odatdagidek. Tanasida juda ko`p tatirovka.Tana harorati 37,5 Yopiq ko`zi bilan chap qo`li va o`ng oyog`iga tekkizilganini payqamaydi. O`pkada vezikulyar nafas, barcha sohada quruq xirillashlar eshitiladi. Yurak tonlari ritmik, bo`g`iq. AB o`ng qo`lda 220/130 chap qo`lda 200/100 Jigar kattalashmagan. Qorin palpatsiyada yumshoq, epigastral sohada sezuvchanlik yuqori. Shishlar yo`q. Bo`gimlar tashqi tomondan o`zgarishsiz, yallig`lanish yo`q. Ich kelishi va diurez o`zgarishsiz. Umumiy qon tahlili: 3,1 .1012/l, Hb-89g/l, r/k -0,7, leykotsit- 8,2.109/l, ECHT-65 mm/soat Taxminiy diagnozni qo`ying Ushbu bemordagi kasallik qanday diagnostic kriteriyalarga ega? Ushbu holatda qanday tekshiruvlar o`tkazish lozim? Davolash taktikasi. Statsionar va ambulator bosqichlarga kompleks davo yozing. Retsept yozing. 12-topshiriq Bemor, hamshira 39 yosh. Revmatologiya bo`limiga holsizlik, tana haroratining 37,2-37,5C ga ko`tarilishi, qaltirash yo`q, bosh aylanishi, bosh og`rig`I, ba;zida yurak sohasida noxush hislar, bog`imdagi og`riqlar kabi shikoyatlar bilan keldi. Bemorning aytishicha, 1 yil oldin tasodifan aerobika mashg`ulotidan keyin o`ng qo`lida pulsini paypaslab topa olmagan. Jarroh kostultatsiyasida bo`lib, so`ng viloyat markaziga yo`llanma olgan, u yerda doplerografiya bilan tomir UTT tekshiruvida chap uyqu arteriyasining torayishi 80% ga ko`proq ekanligi aniqlandi. Angiojarrohlik bo`limiga yo`llanma berilgan. Operatsiya o`tkazilgan: uyqu arteriyasini shuntlash. Operatsiyadan keyin bemorning ahvoli og`irlashgan: shikoyatlari yanada zo`raygan, qonning umumiy tahlilida yallig`lanish belgilari kuzatilgan(ECHT 60mm/soat gacha) Ko`zdan kechirilganda bemorning ahvoli qoniqarli, tana tuzilishi normal. Teri qoplamlari toza, toshmalarsiz. Bo`ynida chap tomonida kelloid izlar Gorner simptomi. Perkutor tekshirilganda o`pkada o`pka tovushi, auskultatsiyada vezikulyar nafas. Yurak chegaralari kattalashmagan. Yurak tonlari ritmik, biroz bo`g`iqlashgan. AB o`ng qo`lda 180/120, chap qo`lda o`lchana olinmadi. Puls o`ng qo`lda minutiga 72 ta, chap qo`lda topilmadi. Auskultatsiyada ikkala tomonda ham uyqu arteriyalarida qo`pol sistolik tovush, qorin aortasida esa yumshoq tovush eshitidi. Qorin yumshoq, palpatsiyada epigastral soha sezgir. Bo`g`imlar tashqi tomondan o`zgarishsiz. Taxminiy klinik tashxisni qo`ying. Ushbu bemordagi kasallik qanday diagnostik kriteriyalarga ega? Ushbu holatda qanday tekshirishlar olib boorish kerak? Ushbu kasallikda QUT va QBT da qanday o`zgarishlarni aniqlash mumkin? Davolash taktikasi. Statsionar va ambulatoriyaga kompleks davo yozing. Retsept yozing. 13-topshiriq Bemor B> 24 yosh revmatologiay bo`limiga nefrologiya bo`limidan o`g`ir holatda o`tqazildi. Quyidagi shikoyatlari: kuchli bosh aylanishi, holsizlik yurak sohasida kuchli og`riq, barcha bo`g`im va muskullarda og`riq tana haroarting 39C gacha ko`tarilishi Tug`ruqdan keyin 1 oy ichida kasallangan. To`satdan tana harorati ko`tarilib, bosh og`rig`I, bo`g`imlarda og`riq yuzaga kelgan. Bu paytda gripp epidemiyasi davri bo`lib bemoe o`zining holatini O`RVI deb hisoblagan. Vrachga ko`rinmagan, xalq tabobati bilan davolangan. 2 hafta ichida ahvoli yomonlashgan: 6 kg ga ozib, holsizlangan, yuzda va oyoqlarda shishlar paydo bo`lgan. Qarindoshlari uchastka vrachini chaqirgan. Qon va siydik topshirgan. UST:oqsil- 2,3g/l, eritrotsitlar; 1.Taxminiy klinik tashxisni qo`ying. 2.Ushbu bemordagi kasallik qanday diagnostik kriteriyalarga ega? 3. Ushbu holatda qanday tekshirishlar olib boorish kerak? 4.Ushbu kasallikda QUT va QBT da qanday o`zgarishlarni aniqlash mumkin? 5.Davolash taktikasi. Statsionar va ambulatoriyaga kompleks davo yozing. Retsept yozing. Download 19.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling