10-variant. Personalni boshqarish tamoyillari va usullarri
Download 173.73 Kb.
|
10-variant. Personalni boshqarish tamoyillari va usullarri
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-variant Korxonalar boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi
10-variant. Personalni boshqarish tamoyillari va usullarri Har bir tamoyil xodimlarni boshqarishning u yoki bu jihatini takomillashtirishga xizmat qiladi, (1.3-jadval). Masalan, faollik tamoyili korxona doirasidagi boshqaruv tizimining chet el yoki mahalliy ilg‘or korxonalar boshqaruv tizimiga mos keladimi, zamon talabiga javob beradimi yoki yo‘qmi, degan savolga javob bersa, muvoziylik tamoyili esa xodimlar boshqaruvidagi tezkorlikni oshiradi va hokazo. Ayni paytlargacha «personalni boshqarish» tushunchasining o‘zi bizning boshqaruvga doir tajribamizda yo‘q edi. To‘g‘ri, har bir korxona va tashkilotni boshqarish tizimi kadrlarni boshqarish va jamoani ijtimoiy rivojlantirishni boshqarishdan iborat kichik funksional tizimga ega edi, lekin kadrlarni boshqarishga doir ishlarning ko‘pchilik qismini bo‘linmalarning rahbarlari ado etishardi. Hozirgi paytda pog‘onali (iyerarxik) boshqarishdan, ma’muriy ta’sir ko‘rsatishning qat’iy tizimidan, amalda cheklanmagan ijrochilik hokimiyatidan bozor munosabatlariga sekinlik bilan o‘tish sodir bo‘lmoqda. U iqtisodiy usullarga tayanadi. Shu munosabat bilan, butunlay yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish zarur bo‘lmoqda. Ma’lumki, tashkilot ichida asosiy kuch — xodimlar, uning tashqarisida esa mahsulot iste’molchilaridir. Shu boisdan, ishlovchining ongini iste’molchi tomonga (boshliq tomonga emas) burish zarur; talon-taroj, isrofgarchilikka emas, foydani o‘ylamasdan ijro qiluvchiga emas, balki tashabbuskorga tomon burish kerak. Sog‘lom iqtisodiy ma’noga asoslanuvchi ijtimoiy me’yorlarga o‘tish lozim. Hozirgi vaqtda kadrlarni boshqarishning maqsadi korxona doirasida inson resurslarini samarali tashkil etishni ta’minlashdan iborat ekanligi hech kimga sir emas. Masalan, V. Grant va J. Smitning «Kadrlar ma’muriyati va ishlab chiqarish munosabatlari» asarida ko‘rsatib o‘tilishicha, «kadrlarni boshqarish funksiyasi korxonani boshqarish tizimining asosiy elementi bo‘lgan inson omilini birxillashtirish, unga baho berish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish bilan bog‘liqdir». Biroq, kadrlar muammosini yana ham kengroq tushunish tarafdorlari ham bor. Masalan, Vashington universitetining boshqarish va tashkil etish professori Uondel French universal kadrlarni boshqarish konsepsiyasining eng ashaddiy himoyachilaridan biridir. Mehnat resurslarini boshqarishda guruhlararo munosabatlar. Ijtimoiy guruh — umumiy manfaatlar, qadriyatlar, axloqiy me’yorlarga ega, jamiyat doirasida tarkib topadigan insonlarning nisbatan barqaror uyushmasidir. Yirik, o’rta va kichik ijtimoiy guruhlar farqlanadi. Yirik ijtimoiy guruhlarga quyidagilar kiradi: ijtimoiy sinflar (ishchilar, dehqonlar, ziyolilar); ijtimoiy qatlamlar (tadbirkorlar, fermerlar, xizmatchilar, ziyolilar); kasbiy guruhlar (mashinasozlar, quruvchilar, pedagoglar, muhandislar); “Personalni boshqarish” fanida guruhlar jamoa qismi hisoblanadi. Guruhlarning quyidagi o’ziga xos xususiyatlari bor: guruh a’zolari o’zlari va o’z faoliyatlarini guruh bilan yaxlit holda tasavvur etadilar; guruh a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bevosita aloqa qilishga asoslangan; samarali faoliyat ko’rsatadigan guruhda guruh a’zolariga o’z qobiliyatlariga hamda guruhdagi xizmatlar taqsimotiga mos ravishda faoliyat ko’rsatish shart-sharoiti yaratiladi. Personalni boshqarish nazariyasiga muvofiq guruhlar: rasmiy guruhlarga va norasmiy guruhlarga bo’linadi. 1. Rasmiy guruhning asosiy xususiyati u hamisha ma’muriyat tashabbusi bilan tashkil etilishi, korxona tarkibi va shtatlar ro’yxatiga bo’linma sifatida kiritilishidir. Norasmiy guruhlar — ixtiyoriylik asosida, muayyan maqsadlarga erishish uchun tashkil topgan kichik ijtimoiy guruhlar hisoblanadi Personalni boshqarish tizimining asosiy vazifalari. Boshqaruv vazifalari atrof-muhit omillari bilan bir qatorda personalni boshqarishning muayyan chegaralarini tashkil etadi. Personal bilan hamkorlik xodimlarni izlash va ularni korxonadagi ish joylariga taqsimlashdan boshlanadi. Bu ko’pgina tashqi va ichki ijtimoiy, ma’naviy, texnik-texnologik, iqtisodiy omillar bilan bog’liqdir: - mehnat munosabatlarining huquqiy shartlari va me’yorlari; - korxona va uning sheriklarining ijtimoiy tarkibi; - ishlab chiqarishni tashkil etish va uning texnologiyasi; - logistika; - xo’jalik faoliyati tamoyillari, ishchanlik faolligi konsepsiyasi, tadbirkorlikka munosabat; - korxona bo’linmalarining tadbirkorlik faoliyati, ular mustaqilligining darajasi; - korxonani boshqarishning tashkiliy tuzilmasi. Mehnat jarayoniningsamaradorligi turli sharoitlarga bog’liq holda uning qatnashchilari faolligi bilan belgilanadi. Bu sharoitlarni bilish xodimlar ishchanlik faolligiga ta’sir o’tkazish imkonini beradi. 11-variant Korxonalar boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi Tashkiliy tuzilma deganda korxona boshqaruvi funktsiyalarini bajaruvchi turli xil bo’lim, xizmat va bo’linmalar tarkibi, o’zaro munosabatlari va bir-biriga bo’ysinishini tushunish lozim. Tashkiliy tuzilma boshqaruvning tizim va alohida faoliyat turi sifatidagi bir butunligini ifodalaydi. U boshqaruv organlarining ma’lum bir tartibini, hokimiyat va bo’ysinish aloqalarini, vertikal va gorizontal mehnat taqsimotining integratsiyalashuvini etadi. Boshqaruv tuzilmasi dinamik tarzda bo’ladi. U ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining rivojlanishi, boshqaruv ob’ektlarining qarama-qarshiliklari va qonuniyatlari haqidagi bilimlarimiz darajasining o’sishiga bog’liq holda o’zgarib boradi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasiga korxonaning hajmi, uning ixtisoslashuvi va kooperatsiya aloqalari, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, joylashgan hududi kabi omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi bilan aloqada va ko’p jihatdan unga bog’liq bo’ladi. Korxona qanchalik katta, ishlab chiqarish va unda foydalanuvchi mehnat qurollari va texnologiyalar qanchalik murakkab bo’lsa, boshqaruvning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi, shuningdek, korxona boshqaruv apparatining funktsiyalari shunchalik murakkablashadi. Boshqaruv elementlari va bo’g’inlari o’rtasidagi aloqalarning shakli, tuzilmaviy bo’linmalarning moslashuvchanligi va bir-biriga bo’ysinuvchanligiga ko’ra, boshqaruvning quyidagi tashkiliy tuzilmalari mavjud: − chiziqli; − funktsional; − aralash (chiziqli-funktsional); − matritsali. Chiziqli tuzilma boshqaruv tuzilmasining eng ko’p tarqalgan turi bo’lib, unga ko’ra boshqaruvning har bir bo’g’ini o’zidan yuqori turuvchi faqat bitta boshqarmaga ega bo’ladi va barcha masalalar bitta aloqa kanali orqali hal etiladi. Bunday tuzilmada boshqaruv bo’g’inlari tizimi to’laligicha ishlab chiqarish bo’g’inlari tizimi bilan mos tushadi. Har bir ishlab chiqarish jamoasi tepasida rahbar turadi va korxona xodimlari unga bevosita bo’ysinadilar. Barcha boshqaruv funktsiyalari rahbar qo’lida mujassamlanadi. Boshqaruvning chiziqli tuzilmasi hal qilinayotgan masalalar ko’lami unchalik katta bo’lmaganida samaraliroq bo’ladi. Shu sababli bunday tuzilmadan asosan tsex, ishlab chiqarish uchastkalari va kichik korxonalarni boshqarishda foydalaniladi. Download 173.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling