101. Radiusi R=0,1 m bo’lgan g’ildirak shunday aylanadiki, g’ildirak radiusining burilish burchagi bilan vaqt orasidagi bog’lanish tenglama orqali berilgan, bunda B=2 rad/s va C=1rad/ Harakat boshlangandan 2 s o’tgach
Download 23 Kb.
|
my zadaniya
101. Radiusi R=0,1 m bo’lgan g’ildirak shunday aylanadiki, g’ildirak radiusining burilish burchagi bilan vaqt orasidagi bog’lanish tenglama orqali berilgan, bunda B=2 rad/s va C=1rad/s3. Harakat boshlangandan 2 s o’tgach, g’ildirak gardishidagi nuqtalar uchun quyidagi kattaliklar: 1) burchak tezlik, 2) chiziqli tezlik, 3) burchak tezlanishi, 4) tangensial tezlanish, 5) normal tezlanish topilsin. 111. Val 180 ayl/min chastotaga mos o’zgarmas tezlik bilan aylanadi. Val tormozlangan vaqtdan boshlab son jihatdan 3rad/s2 ga teng burchak tezlanish bilan tekis sekinlanuvchan aylanma harakat qiladi. 1) Val qancha vaqt o’tgach to’xtaydi? 2) To to’xtaguncha u necha marta aylanadi? 131. Agar velosiped g’ildiragi qoplamasi va asfalt orasidagi sirpanish ishqalanish koeffitsiyenti f=0.3 bo’lsa, velosipedchi R=50 m radiusli aylanishdan o’tishda qanday eng katta vmax tezlikka erishishi mumkin? Aylanish bo’ylab harakatlanganda velosipedning tiklikdan og’ish burchagi φ qanday bo’ladi? 134. m=2kg massali nuqta Ox o’qi bo’ylab yo’nalgan qandaydir kuch ta’sirida x=A+Bt+Ct2+Dt3 tenglamaga binoan harakat qiladi (bunda B=-2 m/s, C=1 m/s2, D=0,2 m/s3). Vaqtning t=2s va t=5s onlarida kuch ta’sirida erishiladigan quvvat N topilsin. 149. Garmonik tebranayotgan nuqtaning maksimal tezligi, maksimal tezlanishi . Tebranishning burchak chatotasi ω uning davri T va amplitudasi A topilsin. Boshlang’ich fazani nolga teng deb qabul qilib, tebranish tenglamasi yozilsin. 154. Nuqtaning harakati va tenglamalar bilan berilgan; bunda A1=10sm, A2=5 sm, ω=2s-1, τ=π/4 s. trayektoriya tenglamasi va vaqtning 0,5 s momenti uchun nuqtaning tezligi topilsin. 201. Massasi m=0,2 kg bo’lgan azotning modda miqdori ν va molekulalar soni N aniqlansin. 211. Havo sharining qobig’i V=1600 m3 sig’imga ega. Qobiqni to’ldiruvchi vodorodning bosimi p=60 kPa va harorati T=280 K bo’lgan balandlikdagi ko’tarish kuchi topilsin. Shar ko’tarilayotganda vodorod sharning quyi qismidagi teshikdan chiqishi mumkin. 234. 40 g kislorodni 16oC dan 40oC gacha isitish uchun 150 kal issiqlik sarf bo’lgan. Gaz qanday sharoitda isitilgan (O’zgarmas hajmdami yoki o’zgarmas bosimdami?) 249. Ideal gaz Karno siklini bajarmoqda. Sovutkichning harorati T2=290 K. Agar isitkichning harorati T1=400 K dan T2=600 K gacha ko’tarilsa, siklning FIK necha marta ortadi? 254. Kapilyar naydan oqib chiqayotgan 100 tomchi spirtning massasi m=0,71g. Agar uzilish paytida tomchi bo’ynining diametri d=1 mm bo’lsa, spirtning sirt tarangligi aniqlansin. 301. Har birining massasi m=0,1 g bo’lgan ikkita sharcha uzunliklari l=20 sm dan bo’lgan iplar yordamida bir nuqtada osilgan. Sharchalar bir xil zaryadlangach, shunday ajralishdiki, iplar o’zaro 60o burchak hosil qilishdi. Har bir sharning zaryadi topilsin. 311. Q=20 nC zaryadni maydonning ikki nuqtasi orasida ko’chirishda tashqi kuchlar tomonidan A=4mkJ ish bajarilgan. Maydon kuchlarining ishi A1 va maydonning shu nuqtalari orasidagi potensiallar farqi Δφ aniqlansin. 331. Yassi havo kondensatori har birining radiusi r=10 sm dan bo’lgan ikkita yumaloq plastinkadan tashkil topgan. Plastinkalar orasidagi masofa d1=1 sm. Kondensatorni U=1,2 kV potensiallar farqigacha zaryadladilar va tok manbaidan ajratdilar. Plastinkalarni bir – biridan uzoqlashtirib ular orasidagi masofani d2=3,5 sm gacha orttirish uchun qanday A ish bajarish kerak? 334. Shuntlangan ampermetr I=10 A gacha tok kuchini o’lchaydi. Agar ampermetrning qarshiligi Ra=0,02 Om va shuntning qarshiligi Rsh=5 mOm bo’lsa, bu ampermetr shuntsiz qanday eng katta tok kuchini o’lchashi mumkin? 349. EYuK ε=2 V va ichki qarshiligi r=0,5 Om bo’lgan akkumlyatorlar batareyasiga o’tkazgich uladilar. 1) Unda ajraladigan quvvat maksimal bo’lishi uchun lozim bo’ladigan o’tkazgichning R qarshiligi, 2) bu holda o’tkazgichda ajraladigan quvvat P aniqlansin. 354. Uzunligi l=2 m va ko’ndalang kesimining yuzasi S=0,4 mm2 bo’lgan mis o’tkazgichdan tok oqmoqda. Bunda har bir sekundda Q=0,35 J issiqlik miqdori ajralmoqda. Bu o’tkazgichning ko’ndalang kesim yuzasidan 1 s da nechta N elektron o’tadi? Download 23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling