10,11. Qisqa tutashuv toklar hisobi


Download 40.29 Kb.
bet1/4
Sana13.11.2023
Hajmi40.29 Kb.
#1770871
  1   2   3   4
Bog'liq
10,11-амалий маш


10,11. QISQA TUTASHUV TOKLAR HISOBI

Elektr tarmoqlarida normal ish sharoitida turlicha ko‘rinishdagi qisqa tutashuv hodisasi yuz berishi mumkin. Bunga aksariyat holatlarda tashqi muhitning salbiy ta’sirlari (harorat, shamol, muzqatlam, mexanik buzulishlar) natijasini kiritish mumkin. SHu bilan birga uzoq muddatli ekspluatatsiya sababidan izolyasiya qavatining eskirishi, darz ketishi va shikastlanishini, kuchlanishning ruxsat etilgan qiymatlardan ortib ketishi holatlarida izolyasiyani shikastlashini, elektr o‘tkazgich simlarning ortiqcha yuklama ostida qizib ketishi oqibatida qisqa tutashuv hodisasini yuzaga keltirishini kiritish mumkin.


Qisqa tutashuv toklarini tekshirish hisobini bajarishda, zarb Iz va turg‘unlashgan tok I ni topish maqsadga muvofiqdir.
Qisqa tutashuv paytidagi maksimal qiymatdagi qisqa tutashuv tokining oniy qiymati z a r b t o k i (Iz) deyiladi va u qisqa tutashuv jarayonini boshlanishining 1 davrida kechadi.
Oniy vaqt (t) 0,01 sekundga teng vaqt oralig‘idir.
Zarb toki (Iz)ning qiymati podstansiyadagi shina o‘tkazgich konstruksiyalari, tok o‘tkazuvchi qismlar, kommutatsiya va boshqaruv uskunalarini termik va dinamik turg‘unlikga chidamliligini aniqlashda qo‘llaniladi.
Zarb koeffitsienti zqiymatiga qarab uning, maksimal tok davriy qo‘shiluvchisidan qanchalik kattaligiga baho beriladi. z”-
faqat vaqt doimiysi Ta ga bog‘liq bo‘lib ushbu ko‘rsatkich qaralayotgan zanjirning O‘zinduksiya koeffitsienti “L” ning va aktiv qarshilik “r” ning tafovutiga bog‘liqdir. Nazariy jihatdan L = 0 va r = 0 bo‘lgan holatda L / r ning nisbati “0” dan “”gacha o‘zgarishi mumkin.
Zarb koeffitsienti ushbu holatlarda birdan ikkigacha o‘sishi mumkin. Odatda elektr tarmoqlarida zarb koeffitsientining eng katta qiymati z = 1,8 dan ortmaydi.
Qishloq joylari va suv xo‘jalik tarmoqlaridagi qisqa tutashuv paytida 35/10 kVli podstansiyalarda zarb tokining qiymati yuqori kuchlanish uchun qabul qilinadi. 35 kV kuchlanish uchun z = 1,8 ga teng deb olinadi.
Kuchlanishi 10 va 0,38 kV.li elektr tarmoqlaridagi qisqa tutashuvlar uchun zarb koeffitsienti z = 1,0 ga teng deb olinadi.
Qisqa tutashuv paytidagi nodavriy qo‘shiluvchi, vaqt doimiysi Ta ga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Ta qancha kam bo‘lsa nodavriy qo‘shiluvchi ham shuncha kichkina bo‘ladi. Odatda elektr tarmoqlarda nodavriy qo‘shiluvchining so‘nish vaqti 0,1-0,2 sekund davom etadi.
Qisqa tutashuvning turg‘unlashish tok (I)i qiymati qisqa tutashuv jarayoni boshlangan paytdan boshlab 0,2 sekundgacha (t >0,2) bo‘lishi mumkin. I(I) qiymati asosan qisqa tutashuv bo‘ladigan tarmoqni sozlash uchun foydalaniladi. Rele himoya vositalaridagi toklarning qiymatlari reaktiv qarshilik(Xhisob)ning hisob ko‘rsatkichiga yoki elektr yurituvchi kuch (EYUK) manbaidan eng uzoqda bo‘lgan nuqtadagi qisqa tutashuv ko‘rsatkichiga bog‘liq. SHunday qilib qisqa tutashuv nuqtasi EYUKdan qanchalik uzoqda bo‘lsa Xhisob ham shunchalik katta bo‘ladi yoki buning teskarisi.
Umumiy ko‘rinishda zarb toki quyidagicha yoziladi:


,
bu erda: In qisqa tutashuv tokining davriy tashkil etuvchisi.
Zarb koeffitsienti 1 < Ku< 2 oralikda o‘zgaradi. U holda qisqa tutashuvning eng katta ta’sir etuvchi qiymatining davriy qo‘shilu-vchisiga nisbati quyidagi oraliqlarda bo‘ladi:




Download 40.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling