102"a"Abduhakimov Sardorbek
Download 22.5 Kb.
|
O'zbekiston tarixi 9
102"a"Abduhakimov Sardorbek.. S/F. 9-mavzu. Rossiya imperiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati. Milliy ozodlik kurashi 1.1847 yilda general Oruchev Orol dengizining shimoli-sharqiy qirgʻogʻini zabt etdi va Raim (Kazalinsk shahri) qoʻrgʻoniga asos soldi. "Nikolay" va "Konstantin" paraxodlaridan iborat Orol flotiliyasi tashkil etildi. 1850-55 yillarga kelib Qoʻqon xonligiga qarashli Kumushqoʻrgʻon, Chimqoʻrgʻon, Qoʻshqoʻrgʻon, Oqmachit (Qizil Oʻrda) qalʼasi, keyinchalik hududida Verniy qoʻrgʻoni barpo etilgan Ili daryosi vodiysi rus qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. Aleksandr II hukmronligi davrida Oʻrta Osiyoni bosib olish imperiya tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Qoʻqon xonligi harbiy boʻlinmalarining janubiy Qozogʻiston, Sirdaryoning quyi oqimi va Orol dengizi qirgʻoqlarida barpo etilgan rus aholi punktlariga uyushtirgan hujumlari janubga qarab yurishning jadallashuviga baxona boʻldi. 1865 yilda general-mayor M.G.Chernyaev Toshkentni bosib oladi va shahar oqsoqollarini sulh tuzish xususidagi shartnomani imzolashga majbur etdi. 1866 yilda rus qoʻshinlari Xoʻjand va Jizzax qalʼasini zabt etdilar. Chinoz qoʻrgʻoni barpo etildi. Xoʻjand va Chirchiqorti oʻlkalari Rossiya tasarrufiga oʻtdi. 1967 yilning iyul oyida imperator farmoniga binoan general-gubernator boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi. 1868 yilda general-adʼyutant fon Kaufman boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi qoʻshinlari Buxoro xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshladilar. May oyida rus qoʻshinlari Samarqandga yaqinlashdilar va shaharni jangsiz ishgʻol etdilar. Iyun oyida Buxoro amiri sulh xususidagi shartnomaga imzo chekdi. Zarafsxon okrugi tashkil etildi. General-mayor Abramovning 1870 yilda amalga oshirilgan harbiy harakatlari natijasida Shahrisabz va Kitob ishgʻol etiladi. 1873 yilda keng qamrovli harbiy harakatlar natijasida Turkiston, Mangʻishlok va Orenburg tarafidan Xiva xonligiga yurish uyushtiriladi. Harbiy harakatlarga 49 ta rota, 32 ta yuzlik, 34 ta zambarak va 2 ta paroxod jalb etildi. May oyiga kelib Hazorasp qalʼasi zabt etildi, koʻp oʻtmay Xiva, Qoʻngʻirot, Xoʻjayli, Mangʻit qalʼalari va Gurlan bekligi taslim boʻldi. Avgust oyida Xiva xonligi bilan sulh shartnomasi tuzildi. Xiva xonligi Rossiya vassalligini qabul qilib, Muhammad Rahim Bahodirxon (Feruz) hukmronligi saqlab qolindi. 1873 yilning kuzida Buxoro xonligi bilan yangi siyosiy shartnoma imzolandi. 1875-1876 yilgi harbiy harakatlar natijasida Fargʻona vodiysida Xudoyorxon va rus hukumatiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon bostirildi. Soʻngra Qoʻqon xonligi tugatilib, Rossiya tarkibidagi Fargʻona viloyati tashkil etildi. 1881 yilda Axal-Tekin vohasi rus qoʻshinlarining ayovsiz hujumlari ostida taslim boʻldi, Ashxobod zabt etildi. Rossiya va Eron oʻrtasida chegara belgilashga qaratilgan konvensiya imzolandi. 1884 yilda Marv taslim boʻldi. Shunday qilib, XIX asrning 80-yillariga kelib Rossiyaning Markaziy Osiyodagi chegaralarining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi. 1895 yilda Rossiya va Britaniya hukumatlari oʻrtasida Pomir togʻlarida boʻlinish chizigʻi oʻtkazilishi bilan taʼsir doiralarini tasdiqlash xususidagi shartnoma imzolandi. 2.Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishini tezlashtirgan quyidagi omillar: 1) . Rossiya yengil sanoatini ta'minlab beruvchi arzon xomashyo bazasining O‘rta Osiyoda mavjudligi. 2.) Qrim urushi (1853-1856 yy.) tufayli Qora dengiz bandargohlarining qolidan ketishi va uning ornini O‘rta Osiyoni egallash orqali to‘ldirish. Shu orqali janubdagi muzlamaydigan dengizlarga chiqish va Turkiston bu bosqinchiiik yurishlarida platsdarm vazifasini otashi. 3.) Rossiyaning Evropa bozorlari bilan raqobat qila olmasligi sababli ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun O‘rta Osiyo bozorlarini egallash. 4) Rossiyada o’tkazilgan yer islohotlari tufayli qashshoqlashib qolgan aholini bu yerga ko’chirib keltirish va ularni yer bilan ta'minlash. Yuqoridagi iqtisodiy va siyosiy sabablardan kelib chiqib, Chor Rossiyasi jiddiy harakatlarni boshlab yubordi. 3.Turkiston general-gubernatori 1867-yilgi «Nizom» loyihasida ko‘r-satilgan huquqlardan tashqari o‘lkani boshqarish uchun mahalliy sha-roitdan kelib chiqqan holda mustaqil faoliyat olib borishda katta hu-quqlarga ega bo‘lgan.Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasining boshqa guberna bosh-liqlaridan farqli ravishda siyosiy, iqtisodiy, harbiy va geosiyosiy maqsadlarini amalga oshirishda K. P. Kaufmanga katta vakolatlar berilgan. Shu-ning uchun u xalq orasida «yarim podsho» nomini olgan.Turkiston general-gubernatori o‘lkada joylash-gan harbiy qo‘shinlar qo‘mondoni, Yettisuv kazakla-ri qismi qo‘mondoni va shu bilan birga bosh sudya ham hisoblangan. Turkiston general-gubernatorligiga 1867-yil Rossiya imperatori farmoniga ko‘ra general-adyutant Konstantin Petrovich fon Kaufman (1867–1881) tayinlandi. U bir paytning o‘zida Turkiston harbiy okrugining qo‘mondoni ham edi Download 22.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling