Mustamamlakatchilik davrida madaniyat Rus-Tuzem maktablarining tashkil topish
Download 22.14 Kb.
|
1 2
Bog'liqMaftuna madaniyat va sanat
Kirish Xulosa Ishlatilgan adabiyot Ilovalar Kirish
Turkistono‘lkasi xalqlari og‘ir mustamlaka sharoitida yashashlariga qaramay, ularning ijodkorlik faoliyati to‘xtab qolmagan. Buni Xiva xonligi misolida ham ko‘rishimiz mumkin, xususan Muhammad Rahimxon II (Feruz) (xonlik davri 1864-1910) davrida Xivada mashhur kutubxona tashkil etiladi. Kutubxona dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan nodir qo‘lyozmalar bilan muttasil boyitib borilgan. O‘rta Osiyoda birinchi marta Xivada litografiya tashkil qilinib, noshirlik ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu hol ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda o‘lka milliy-madaniy merosini boyitishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu o‘rinda, Muhammad Rahimxonning o‘zi ham shoir va bastakor bo‘lib, she’rlarida “Feruz” tahallusini qo‘llagani, shular qatorida zamondosh adibu olimlar asarlarini ham chop qildirganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Uning Xorazm shoirlari haqidagi “Majmuat ush-shuaro” tazkirasi juda mashhur edi. Xivaga kelgan sharqshunos olim A.N.Samoylovich xon kutubxonasini ko‘rishga muyassar bo‘lgan. Rus olimida kutubxonaning boyligi va undagi kitoblarning muayyan tartib va tabaqalar bilan saqlanishi juda katta taassurot qoldiradi. U o‘zining “Xiva saroy kutubxonasi va kitob chop etish” nomli maqolasida bu kutubxonaga katta baho beradi1. Bu kutubxonalarda nafaqat O‘rta Osiyoda yozilgan, balki xorijiy mamlakatlarda nashr etilgan ko‘plab kitoblar ham saqlanar edi. Bu yerda arab va fors tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlar ham mo‘l bo‘lgan, xonning o‘zi saroyga shoir va olimlarni to‘plagan. Kutubxona qoshida xattotlar va musavvirlardan iborat katta guruh faoliyat ko‘rsatgan. Kitob, qo‘lyozmalarni yig‘ib borish, ularni ma’naviy-milliy boylik sifatida e’zozlash saqlash, kelajak avlodga berish xalqimiz orasida uzoq yillar davomida an’ana va odatga aylangan edi. Qo‘qon qadimdan Download 22.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling