Mustamamlakatchilik davrida madaniyat Rus-Tuzem maktablarining tashkil topish
Download 22.14 Kb.
|
1 2
Bog'liqMaftuna madaniyat va sanat
hunarmandchilik markazi bo‘lgan. Qo‘qonda misgarlik, zargarlik, o‘ymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qog‘ozgarlik, badiiy to‘qimachilik, do‘ppichilik, kashtachilk, temirchilik, ko‘priksozlik kabilar rivoj topgan. Qo‘qon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur bo‘lgan. Ayniqsa, Qo‘qon qog‘ozi hunarmandchilikning alohida tarmog‘i sifatida nom qozongan va O‘rta Osiyoda eng sifatli qog‘oz hisoblangan.
XX asr boshiga kelib Qo‘qonda 52 madrasa, 120 ta eski maktab, o‘ndan ortiq jadid maktablar, 3 ta rus-tuzem maktabi, savdo-tijorat maktablari bor edi. “Sadoi Farg‘ona”, “Yangi Farg‘ona”, “Qo‘qon sadosi”gazetalari chop etila boshlagan 1.Mustamalakatchilk davrida madaniyat: Rus bosqiniga qadar Turkistonda keng tarmoqli xalq maorifi o’choqlari: maktablar va madrasalar mavjud edi. Istiloshilar ularning faoliyati bilan tanishib, mustamlakashilikning bundan keyingi taqdiri ushun o’sha maktab va madrasalarning g’oyatda xavfli ekanligini tushunib yetgandilar. Shu bois chorizm o’lkada ruslashtirish siyosatini ayni shu sohadan boshlab, bu soha bo’yisha o’z dasturini ishlab shiqadi. Ayniqsa bu sohada K.P.Kaufman jon kuydirib faoliyat ko’rsatgandi. 1866-yilda Toshkent Rossiya tomonidan bosib olinganidan bir yil o’tgash, Toshkent shahrida birinshi rus maktabi ochildi, bundan keyin Turkistonning boshqa shaharlarida ham rus maktablari ochila boshladi. 1876-yildan e`tiboran Turkiston o’lkasidagi o’quv yurtlari boshqarmasi tuziladi, shu yili Toshkentda yerlar va xotin-qizlar progimnaziyalarining quyi sinflari oshiladi. 1880-yili Imperiya Davlat Kengashining qarori bilan Turkistonni ruslashtirish siyosatining yangi bir jabhasi xalq maorifiga qaratildi. Kaufman kengashda Turkistonda ruslar bilan mahalliy millat bolalarini birgalikda o’qitish masalasini ko’taradi. U musulmon va rus maktablarining ajroalib turishi iqtisodiy va siyosiy jihatdan zararli deb hisobladi. Bu g’oyani Kaufmanning izdoshi general-leytenant N.O. Rozenbax (1884 – 1889) davom ettirib, ibtidoiy turdagi boshlang’ish maktablar – rus-tuzem maktablari tarmog’ini yaratish loyixasini ishlab chiqdi. 1884-yilda Toshkentda birinshi rus-tuzem maktabi ochildi, ularning soni XIX asr oxirida yuzdan oshib ketdi. Bunday maktablarda o’quv kuni ikki qismdan iborat bo’lib, birinshi qismda ikki soatlik mashg’ulotni rus o’qituvshisi, ikkinchi qismda esa saboqni o’zbek muallimi olib borgan. O’quv yili 125 kundan oshmagan. 1887-yilda rus-tuzem maktablari uchun umumiy tarzda tuzilgan dastur ishlab chiqilgan. Bu maktablar ushun darsliklar sistemasi ham bo’lmagan. O’zbek bollarini rus tiliga o’rgatish metodlari tasodifiy xarakterda bo’lgan. Mana shular natijasida rus-tuzem maktablarini kamdan-kam mahalliy millat vakillari bitirib chiqqanlar. Maktabni tamomlaganlar ruschani odatda ancha tez va ravon o’qiganlar, rus grammatikasiga doir biron bir qoidani ham yoddan aytib bera olganlar, lekin og’zaki so’zlashda qo’pol xatolar qilganlar.1.Turkiston o`lkasida xalq maorifi va adabiy-ma`rifiy jarayonlar: Rus bosqiniga qadar Turkistonda keng tarmoqli xalq maorifi o’choqlari: maktablar va madrasalar mavjud edi. Istiloshilar ularning faoliyati bilan tanishib, mustamlakashilikning bundan keyingi taqdiri ushun o’sha maktab va madrasalarning g’oyatda xavfli ekanligini tushunib yetgandilar. Shu bois chorizm o’lkada ruslashtirish siyosatini ayni shu sohadan boshlab, bu soha bo’yisha o’z dasturini ishlab shiqadi. Ayniqsa bu sohada K.P.Kaufman jon kuydirib faoliyat ko’rsatgandi. 1866-yilda Toshkent Rossiya tomonidan bosib olinganidan bir yil o’tgash, Toshkent shahrida birinshi rus maktabi ochildi, bundan keyin Turkistonning boshqa shaharlarida ham rus maktablari ochila boshladi. 1876-yildan e`tiboran Turkiston o’lkasidagi o’quv yurtlari boshqarmasi tuziladi, shu yili Toshkentda yerlar va xotin-qizlar progimnaziyalarining quyi sinflari oshiladi. 1880-yili Imperiya Davlat Kengashining qarori bilan Turkistonni ruslashtirish siyosatining yangi bir jabhasi xalq maorifiga qaratildi. Kaufman kengashda Turkistonda ruslar bilan mahalliy millat bolalarini birgalikda o’qitish masalasini ko’taradi. U musulmon va rus maktablarining ajroalib turishi iqtisodiy va siyosiy jihatdan zararli deb hisobladi. Bu g’oyani Kaufmanning izdoshi general-leytenant N.O. Rozenbax (1884 – 1889) davom ettirib, ibtidoiy turdagi boshlang’ish maktablar – rus-tuzem maktablari tarmog’ini yaratish loyixasini ishlab chiqdi. 1884-yilda Toshkentda birinshi rus-tuzem maktabi ochildi, ularning soni XIX asr oxirida yuzdan oshib ketdi. Bunday maktablarda o’quv kuni ikki qismdan iborat bo’lib, birinshi qismda ikki soatlik mashg’ulotni rus o’qituvshisi, ikkinchi qismda esa saboqni o’zbek muallimi olib borgan. O’quv yili 125 kundan oshmagan. 1887-yilda rus-tuzem maktablari uchun umumiy tarzda tuzilgan dastur ishlab chiqilgan. Bu maktablar ushun darsliklar sistemasi ham bo’lmagan. O’zbek bollarini rus tiliga o’rgatish metodlari tasodifiy xarakterda bo’lgan. Mana shular natijasida rus-tuzem maktablarini kamdan-kam mahalliy millat vakillari bitirib chiqqanlar. Maktabni tamomlaganlar ruschani odatda ancha tez va ravon o’qiganlar, rus grammatikasiga doir biron bir qoidani ham yoddan aytib bera olganlar, lekin og’zaki so’zlashda qo’pol xatolar qilganlar. XIX asr oxiriga kelganda Turkiston o’lkasidagi rus-tuzem maktablari uchun darsliklar sistemasi tuzilgan. Bu sistema ko’rgazmali-og’zaki metod asosida tuzilgan edi. Lekin darslikdagi asosiy kamchilik shunda ediki, unda o’quvshilarning ona tili hisobga olinmagan edi. 1898-yilgi Andijon qo’zg’oloni Turkiston ma`murlarni musulmon ruhoniylariga extiyotlik bilan qarashga majbur etdi. SHu munosabat bilan Turkiston ma`murlari rus-tuzem maktablarining rolini ko’tarmoqchi bo’ldi. Bunda avvalo mahalliy o’quvshilar sinflariga e`tibor berila boshladi. Farg’ona harbiy gubernatori N.I. Korol’kov 1898-yilda imperatorga yo’llagan hisobotida podsho ma`muriyatining o’lkani ruslashtirish borasidagi dasturini bayon etib, tuzemetslarning o’z bolalarini ixtiyoriy rus-tuzem maktablariga berishiga erishish muhimligiga e`tiborni qaratgan. Buning ushun u mahalliy ma`muriyat amaldorlariga yaqin besh yil ishida ish yuritishni rus tiliga ko’shirtirish lozimligini uqtiradi. Korol’kov bu tadbir mahalliy millat vakillarini mansabga qiziqib, farzandlarini rus-tuzem maktablariga berish istagini uyg’otadi, deb hisoblagan. Bu g’oya o’z natijasini berib, rus-tuzem maktablari o’quvchilari soni ko’paya boshladi. XIX asr oxirida Turkistonda 100 dan ortiq rus-tuzem maktablari bo’lib, xonliklar poytaxtlari Xivada (1891-yilda) va Buxoroda (1894-yilda) ham rus-tuzem maktablari oshildi. Shaharlarda oshilgan bilim yurtlari ham ruslashtirishning muhim o’shog’i bo’lib hizmat qildi. Ular rus-tuzem maktablaridan internatlari bilan ajralib turgan. Internatlarda o’zbek, qirg’iz, qozoq bolalarining rus tengdoshlari bilan birga yashab, rus tilini yaxi o’zlashtirayotgani mustamlakachilarga ayon bo’lgan. Shuning ushun ham Turkiston general-gubernatori M.G. Chernyaev (1882 – 1884) Chimkent shahar bilim yurtini kengaytirish ushun 100 ming rubl ajratgani va bilim yurtida o’qiyotgan xotin-qizlar uchun pul mukofoti ta`sis etgani bejiz emas. Ammo rus amaldorlariga ruschani yaxshi bilgan va xalq ko’zini oshib g’aflat uyqusidan uyg’otadigan ziyolilar kerak emas edi. Mustamlaka ma`muriyati Turkiston ziyolilari katta mansabga erishsa, o’z xalqi ushun xizmat qilishlari va mustamlaka tartiblariga qarshi chiqishlari mumkinligidan xavfsirashgan. SHu boisdan ham mustamlaka ma`muriyati mahalliy millat vakillari orasidan yetishib chiqqan oydin fikrli ziyoliliarni doimo ta`qib etishga harakat qilgan. Mahalliy xalq manfaatlari yo’lida qayg’uradigan ilm odamlari, millatparvar kishilar mahalliy boshqaruvga umuman yaqinlashtirimagan. Bunday kimsalar savylovlarda g’olib bo’lsada, rus ma`muriyati tomonidan saylov natijalari bekor qilingan. Vaholanki, mustamlaka Turkistonida mahalliy maktab-madrasalarda saboq olgan, bilimli, savodli kishilar ham ko’p edi. Rossiya imperiyasi ma`murlarining Turkiston o’lkasida yerli xalq vakillarini qorong’ulik va zulmatda saqlashga qaratilgan mustamlakashilik va zo’rlik siyosatiga qaramasdan XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida o’lkada milliy maorif, fan va madaniyat taraqqiyoti to’xtab qolgan emas. Ammo ushbu masalada ham sovet davri tarixshilari o’z asarlarida chorizm davrida yuritilgan maorif, fan va madaniyat sohasidagi siyosatni maqtab, rus bosqiniga qadar o’lkadagi ahvolni kamsitib yerga urdilar. Ular 1897-yil o’lkada savodli o’zbeklar - 1,6 foizni, qozoqlar - 1 foizni, turkmanlar - 0,7, qirg’izlar - 0,6 foizni tashkil etgan, aholining savodxonligi shundan keyingi yillarda ham oshmagan, O’zbekistonda har 100 kishining 98 tasi savodsiz edi, deb keldilar. Xo’sh, savodsiz xalq butun dunyo xalqlarining fahru iftixoriga aylangan Samarqand, Buxoro, Xorazm, Toshkent va Xivadagi Go’ri Amir, Shohizinda, Bibixonim kabi koshonalarni va boshqa ko’plab asori-atiqalarni qanday qilib bunyod etgan ekan? Savodsiz xalq qay yo’l bilan jahonga Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Beruniy kabi olamga mashhur allomalarni yetkazib berdi ekan? Savodsiz xalq Navoiy, Ulug’bek, Forobiy, Jomiy va boshqa ko’plab shoiru fozillari bilan olamga dong taratgannining siri nimada? Furqat, Muqimiy, A.Avloniy, M.Behbudiy kabi minglab ma`rifatparvarlari bo’lgan xalqning savodsizligiga ishonish mumkinmi? P.G.Kim yuqoridagi kabi mantiqsiz va kurakda turmaydigan da`volarni inkor etib bo’lmaydigan dalillar bilan o’z maqolasida isbotlab berdi. U bunday yozadi: “Endi manbalarda keltirilgan faktlarga asoslanib, 1897-yili Rossiya, Belorussiya va Turkistonda aholining, maktablarning, ulardagi o’quvshilarning sonlarini kuzatsak, bu o’lkalardagi savodxonlikning darajasi oydinlashadi. Rossiyada aholining umumiy soni - 126,388,800, maktablar soni - 33,401, o’quvshi soni - 2.318.100, aholining umumiy soniga nisbatan o’quvchilar 1,8 foizni tashkil etgan holda, aholining savodxonligi-21 foiz; Belorussiyada aholining umumiy soni - 6.492.857, maktablar soni - 2.263, o’quvchilar soni - 125.418, aholining umumiy soniga nisbatan o’quvshilar - 1,9 foizni tashkil etgan holda aholining savodxonligi - 24,7 foiz; Turkistonda aholining umumiy soni - 3.792.774, maktablar soni - 6.027, o’quvchilar soni - 64015, aholining umumiy soniga nisbatan o’quvshilar - 1,7 foizni tashkil etgan holda aholining savodxonligi - 19,55 foiz bo’lgan”. Axir mustamlaka Turkistonidagi juda ko’p eski maktablarda oliy ta`lim beradigan o’quv yurtlarida ajdodlarimiz farzandlari ta`lim olganliklari, madrasalarda mudarrislar, mahallalarda savodxon ayollar otinoyilik qilib, shariat (fikh) qonunshiligidan ta`lim-tarbiya berganlari, o’sha o’quv muassasalarida ko’plab yurtdoshlarimiz o’qib, zamonasining savodli kishilari bo’lib yetishganini unutmaslik kerak. XX asr boshlarida butun o’lka bo’yisha jadid maktablarining nesha tarmog’i yuzaga kelganini ham e`tibordan chiqarmaslik lozim. Ehtimol shu boisdan mashhur rus olimlaridan akademik V.V.Bartol’d, A.D.Middendorf, sayyoh olim A.L.Fedchenko 2.Rus-tuzem maktabllar:Rus maktablariga ruslar bilan birga o‘qish uchun mahalliy aholi bolalari ham qabul qilinar edi. Turkistondagi boshlang‘ich rus maktablarida hunarga Rossiyaning Yevropa qismidagiga qaraganda, ancha ko‘proq o‘rgatilar edi; bundan maqsad mahalliy aholining bolalarini maktabga ko‘proq jalb qilish edi. Turkistonda dastlabki rus o‘rta o‘quv yurtlari 1870-yillardan ochila boshladi: 1876-yili Toshkentda, Verniyda (hozirgi Olmaotada) erlar va xotin-qizlar gimnaziyalari. 1879-yili esa Toshkentda o‘qituvchilar seminariyasi ochildi. Gimnaziyalarga ham yerli aholining bolalari qabul qilinar edi. O‘qituvchilar seminariyalarida esa mahalliy aholi bolalariga 1\3 o‘rin ajratilgan edi. Rus maktabiga o‘qishga kirgan bolalar rus tilini mutlaqo bilmas edilar, natijada ancha qiyinchilik tug‘ilar edi. Shuning uchun rus maktabiga kirgan, lekin rus tilini mutlaqo bilmaydigan o‘quvchi rus tilida so‘zlashishni o‘rganib olmaguncha odatda quyi bo‘limda o‘qir, rus tilida so‘zlashishni o‘rganib olgandan keyingina yuqori bo‘limga o‘tkazilardi. Yuqori bo‘limlarga o‘quv yilining o‘rtalarida ham o‘tkazilar edi, chunki maktablar kichkina bo‘lib, bir vaqtning o‘zida mashg‘ulotlar bir necha bo‘limlar bilan olib borilar edi. Toshkentdagi gimnaziyada dastlabki yillarda, mahalliy aholining bolalarini rus tili bilan ko‘proq shug‘ullantirish uchun lotin tilini o‘rgatishdan ozod qilinar edi. Rus-tuzem maktablarida o‘quvchilarga rus muallimi rus tilini hamda arifmetikani va boshqa fanlarni o‘rgatar, buning uchun o‘qish vaqtining yarmi ajratib qo‘yilgan edi. O‘qish vaqtining qolgan yarmi «Musulmon domla» ixtiyoriga berib qo‘yilgan bo‘lib, u eski usul maktablaridagidek bolalarga diniy darslar o‘qitish bilan shug‘ullanardi. Rus-tuzem maktablarida faqat o‘g‘il bolalar o‘qitilar edi. Ota-onalar qizlarini bunday maktablarga bermas edilar. 1903-yilda Turkiston pedagogika to‘garagi, Toshkentda qizlar uchun rus-tuzem maktabi ochildi. Lekin bu maktabning faoliyati uzoqqa cho‘zilmay, ikki yildan keyin yopilib qoldi. Rus-tuzem maktablarida rus tilini o‘qitish dasturi va uslubi rus bo‘lmagan o‘quvchilar uchun mo‘ljallab tuzilar edi. (bu maktablarda ba’zan rus bolalar ham uchrab qolar edi). Namangan yaqinida bir qishloqda 6 yil yashagan va o‘zbek tilini yaxshi o‘rganib olgan V.P.Nalivkin, bu maktabda birinchi bo‘lib o‘zbek tilini o‘qitgan edi. U sinash uchun ochilgan rus-tuzem maktabining birinchi o‘qituvchisi edi. V.P.Nalivkin seminariyada 1890-yilgacha dars berdi. Dars chog‘ida Nalivkin bo‘lajak o‘qituvchilarga faqat o‘zbek tilinigina o‘rgatib qolmasdan, balki ularda o‘lkani o‘rganishga ham havas uyg‘otgan edi. Seminariyada o‘qib chiqqanlar orasida rus-tuzem maktablarida ishlashga tayyor bo‘lgan va bu ishni sevib qolganlar anchagina edi. 1879-yilda Toshkentda Turkiston muallimlar seminariyasi ochildi. Bu seminariya maktablari rus boshlang‘ich sinflari uchun o‘quvchilarga ona tilidan muallimlar tayyorlab berishi lozim edi. XIX asrning 80-yillari o‘rtalaridan boshlab seminariya rus-tuzem maktablari uchun ham muallimlar tayyorlashga ham kirishdi. Mahalliy tilni o‘rganish majburiy qilib qo‘yilganligi Toshkentdagi bu seminariyaning xususiyatlaridan biri bo‘ldi. Seminariyada V.P.Nalivkin o‘zbek tilida dars bera boshlagan birinchi o‘qituvchi bo‘ldi. 1887-yilda Nalivkin tuzgan lug‘at va grammatika risolasi nashr etildi. Bular tilshunoslik tarixida o‘zbek tiliga doir birinchi qo‘llanma edi. 3.Memorchilk madaniyat:XIX asrga kelib O‘rta Osiyo xonliklarida o‘ziga xos me’morlik maktablari shakllandi. Xivada bino bezagi uchun uch xil rang (ko‘k, oq va qora) qo‘llanilgan. Masalan, Muhammad Aminxon madrasasi (1851-52), Kaltaminor (1885) va boshqa obidalarda qo‘llanilgan rang bunga misoldir. Buxoro me’morlik maktabigaxos uslublarHalifa Niyozqul madrasasi, Sitorai Mohi xosa (XIX asr oxiri)da ko‘zga yaqqol tashlanadi. Buxoro Arkidagi uy-joy binolari, atrofdagi guzarlar tarkibi, sinchkori uy-joy va hovlilar me’moriy uslubi, bezaklari yuksak san’at va mahorat bilan ishlangani uchun hozirgacha alohida e’tiborni tortadi. Xiva shahrining Ichan qal’asidagi Sherg‘ozixon madrasasi, Bog‘bonli masjidi, Pahlavon Mahmud maqbarasi majmuoti, Toshhovli saroyi, Olloqulixon karvonsaroyi va timi, Muhammad Aminxon madrasasi, Kaltaminor va atrofdagi uy-joylar Xorazm me’moriy maktabi, mahalliy an’analari yangidan qad ko‘tarib, rivojlanganidan darak beradi. Ichan qal’adagi eng baland Islomxo‘ja minorasi (1908) Xorazm me’morchiligining eng so‘nggi yorqin namunasi desak bo‘ladi.10 Qo‘qon maktabidagi me’moriy uslub xususiyatlarini Xo‘ja Amir maqbarasi, XVIII-XIX asr birinchi yarmida qurilgan Norbo‘tabiy madrasasi, Dahmai Shohon va Modarixon dahmalari (1825), Norbo‘tabiy va uning avlodlari maqbaralari hamda keyingi davrda bunyod etilgan Xudoyorxon o‘rdasi, Andijon, Marg‘ilon va Qo‘qondagi jome masjidi va madrasalari misolida kuzatish mumkin. Marg‘ilondagi Said Ahmadxo‘ja madrasasi, Shahrixondagi Ponsod masjidi, Andijondagi Jome madrasa masjidining ichki ko‘rinishi Farg‘ona me’morchiligining yuksak badiiy mahorati haqida tasavvur beradigan nodir manzarali bezaklarga boy.11 Xalq me’morchiligining o‘ziga xos tomonlari XX asr boshlarida qurilgan Ayubboy, Olimxon hoji, Abdurahmon qozi, Sa’dixon qozi, Ahmadbek hoji va boshqa inshootlarda o‘z ifodasini topgan. Ayubboy inshooti ikki hovlili (ichkari va tashqari), poydevori baland qilib qurilgan. Tashqari hovlida mehmonxona, “G” simon ayvon bo‘lib, ayvonda qator o‘ymakor ustunlar ishlangan. Mehmonxona ichki devorlaridagi tokchalar atrofi ganchkor turli shakllar hamda arabiy yozuvlar uyg‘unlashgan naqshlar bilan bezatilgan. Shift bezagida qizil zaminda bosma handasiy naqshlar, islimiy bezaklar, markaziga esa, muqarnasli havzak ishlangan. Olimxon hoji uyi bir qavatli o‘zaro mutanosib tarxga ega bo‘lib, xom g‘ishtdan qurilgan kvadrat dahliz, ikkita to‘g‘ri burchak tarhli xona va “P” simon ayvon, mehmonxonadan iborat. Dahliz va sharqiy xona yevropacha uslubda pardozlangan, shiftlari ganchkor turunjlar bilan bezatilgan va och yashil zaminga naqshlar, deraza va eshiklarga shakldor hoshiyalar ishlangan. Harbiy xona va ayvon mahalliy ayvonlarga muvofiq holda pardozlangan: qizil zaminda handasiy va islimiy naqshlar bilan bezatilgan.12 Sa’dixon qozi uyi ikki hovlili, o‘zaro qo‘shilib ketgan tashqari va ichkaridan iborat, bu ikki qismning kiriladigan alohida-alohida eshigi bo‘lgan. Ko‘cha tomon (tashqari) dahlizdagi molxona va unga taqab qurilgan ayvondan iborat. To‘g‘ri burchakli ichkari hovlida esa, ikkita ayvonli xona va bir necha xo‘jalik binolari qad ko‘targan. Uning poydevori 2 m, uning birinchi qavati (tagxona)da molxona va omborxona joylashgan. Ayvonga toshdan ishlangan zina orqali chiqilgan. Zina bo‘ylab temir panjara, ayvonning to‘sinlari orasida toqi o‘rnatilgan. To‘sinlarni salobatli yog‘och ustunlar ko‘tarib turgan. Ayvonlar tosho‘choqlar bilan isitilgan. Xona devorlari tokchali ganchkor naqshlar bilan ishlangan. Shiftiga to‘ldirib gul solingan. Andijonlik savdogar Ahmadbekhojining uyi “P” simon tarhli, janubga qaratib qurilgan. Uyning ikki qavatli g‘arbiy qismi uy egasining idorasi vazifasini o‘tagan, qolgan qismi turar joyi bo‘lgan. Hovlining tevarak-atrofi bo‘ylab ayvon qurilgan. Ikkinchi qavat yo‘lagi qator xonalarni birlashtirgan. Hamma darvoza va eshiklar an’anaviy holda hovli tomonga qaragan. Uyning idora vazifasini o‘taydigan qismi yevropacha usulda pardozlangan-shifti naqshinkor ganch bilan bezatilgan, katta xonalarga naqshinkor sirlangan pechlar qurilgan, devorlar tokchasiz bo‘lib, moybo‘yoq bilan pardozlangan, ayvon eshiklarining orasiga Farg‘ona turar joylari uchun an’anaviy bo‘lgan ko‘k rangda islimiy va handasiy naqshlar ishlangan. Yog‘och karniz jimjimador qilib o‘yilgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida O‘zbekistonning yirik shaharlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qo‘qonda rus harbiy muhandis va me’morlari tomonidan eng zamonaviy loyihalari asosida ma’muriy va turar joy binolari qurilgan. Bu loyihalar modern uslubida Yevropa me’morlariga taqlidan yaratilgan edi. Bularga Toshkentdagi Romanov saroyi (1880), O‘qituvchilar seminariyasi (1881), Erkaklar gimnaziyasi (1883), Marg‘ilonda Farg‘ona gubernatori qarorgohi (1885) va boshqalarni misol keltirish mumkin.13 “Nemis renessansi” me’moriy uslubida esa, asosan mehmonxonalar, savdo markazlari qurilgan. XX asr boshlarida shaxsiy uylarni qurishda rus me’morlari mahalliy me’morlik an’analaridan ham keng foydalandilar – Toshkentdagi A.L.Polovsev uyi (1900, hozirgi Xalq amaliy san’at muzeyi) qurilishiga mahalliy xalq me’morlari jalb etilgani uchun arxitektura jihatidan keng omma e’tiborini qozondi. XIX asrning ikkinchi yarmi o‘zbek amaliy bezak san’atida hayotni chuqur his etish, san’at turlarining qadimgi, foydalaniladigan materiallarning xilma-xilligi, yuksak mahorat ko‘zga tashlanadi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida san’atda soddalashtirishga intilish kuzatildi, iqtisodiy va texnika taraqqiyotining yangi sharoitlarida yangi xususiyatlar yuzaga keldi. Bu davrda amaliy bezak san’ati sekin va notekis rivojlandi, unga uslubiy birlikning yo‘qligi xos bo‘lib, qarama-qarshi an’analar va xususiyatlarni kuzatish mumkin. Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar amaliy bezak san’ati badiiy yo‘qotishlarga olib keldi. Xulosa.
Chorizmning madaniyat sohasidagi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini quyidagicha belgilash mumkin: Chor hukumati Turkistonda turg‘unlik xolatini saqlash, o‘zaro nizo-adovatlar urug‘ini sepib turgan xolda ulardagi millatparvarlik, yurtsevarlik va jangovarlik tuyg‘ularini o‘ldirish. O‘lka xalqlarini o‘z tarixi va madaniyatidan uzoqlashtirish. Bu sohada chorizm juda izchil ish yuritdi. Olimlar, ilmiy jamiyatlar tomonidan Turkiston tarixiga doir moddiy va ma’naviy yodgorliklar yig‘ib olindi va Moskva hamda Sankt-Peterburgga jo‘natildi. Shunday qilindiki, endilikda o‘lka tarixini o‘rganish uchun turkistonliklar ana shu markazlarga borishga majbur bo‘lishdi. Mustamlaka ma’muriyati o‘lkadagi tarixiy adabiyotlarning qarovsiz qolib vayron bo‘lishiga ataylab yo‘l qo‘ydi. Chorizm xalq maorifi sohasidagi ruslashtirish siyosatini rus-tuzem maktablari tizimini vujudga keltirish va rus tiliga davlat maqomi berish vositasida amalga oshirdi. Turkiston hududi qadimdan turli mamlakatlar uchun o‘lja manbai bo‘lib kelgan. O‘rta Osiyoga turli maqsadlarni ko‘zlab kelib-ketgan ilmiy, harbiy ekspeditsiyalar, sayyohlar, tijorat vakillarini eng avvalo O‘rta Osiyoning qimmatbaho, betakror boyliklari qiziqtirgan. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga bosqini nafaqat uning hududini egallash, aholisini talash bilan cheklangan, balki o‘zbek xalqining madaniy merosini talon-taroj qilib, tashib ketish va madaniyat yodgorliklarini harob qilish bilan birga sodir etilgan. Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Samarqand, Buxoro, Xiva va Qo‘qon kabi ko‘hna shaharlar xazinasida to‘plangan boyliklar maxfiy rejalar asosida ba’zan ochiqchasiga talon-taroj etildi. Xiva yurishi vaqtida harbiy maslahatchi bo‘lgan sharqshunos A.L.Kun turli yo‘llar bilan to‘plangan 300 kitobdan iborat sharq qo‘lyozmalarini 1873-yil Imperator xalq kutubxonasiga topshirgan. A.L.Kun va uning guruhi Xivadan tanga zarb qilishga mo‘ljallangan 200 nusxa qolip, muhrlar bog‘lami, xon taxti, 172 nusxa Jo‘jixon tangalari, Qo‘ng‘irot sulolasidan bo‘lgan Xiva xonlarining 3 nusxa tanga va bir qator etnografik ashyolarini, xususan, ayollar va bolalar kiyim-boshlari, ko‘plab tilla va kumush bezaklarini olib ketishgan. Xullas, Turkistonda Rossiya bosqiniga qadar aholining savodxonlik va madaniyati darajasi yuqorida ta‟kidlagani singari qoloq bo‟lmagan. To‟g„ri, hozirgi davrga nisbatan oladigan bo‟lsak savodsizlar Turkiston o‟lkasida XIX asrda ko‟p bo‟lgan. Ammo o‟tgan o‟sha XIX asrda qaysi mamlakatda ahvol bundan ko‟ra yaxshiroq edi? Shuning uchun xalqimizning o‟tmish tarixini nodonlarcha qora bo‟yoqlarda yoritishga istiqlol tufayli barham berilmoqda Chor Rossiyasi Turkiston o‟lkasini o‟z mustamlakasiga aylantirgan XIX asrning ikkinchi yarmida o‟lkaning ijtimoiy-madaniy hayotida albatta ba‟zi bir ijobiy o‟zgarish va yan-giliklar ham bo‟ldi. Bu o‟zgarishlar va yangiliklar mustamlaka-chilar tomonidan yerli xalqlarning talab va ehtiyojlarini qondirish maqsadida ro‟yobga chiqarilgani yo‟q. Balki, birinchi navbatda va asosan bosqinchilarning talablari va manfaatlari nuqtayi naza-ridan amalga oshirildi. Ana shunday yangilik va o‟zgarishlardan biri o‟lkada aholiga xizmatqiluvchi madaniy-ma‟rifiy muassasalarining paydo bo‟lishidir. 1870-yilda Toshkentda kutubxona tashkil qilinadi. Kutubxona uchun Peterburg va Moskvadan 1867-yilda yuborilgan dastlabki kitoblar zo‟r qiyinchiliklar bilan 1868-yilda Toshkentga yetib kelgan edi. Bu kitoblar asosan O‟rta Osiyoni va unga qo‟shni bo‟lgan mamlakatlarni o‟rganishga va boshqa masalalarga aloqador adabiyotlar edi. Kutubxona fondi mutlaqo rus tilida bo‟iib, uning o‟quvchilari ham asosan rus ofitserlari, amaldorlari, va ularning oilalaridan iborat edi. Dastlabki kitobxonlar to‟g„risidagi ma‟lumot 1870-yil may oyidan 1871-yil sentabrgacha bo‟lgan davrga aloqadordir. Hammasi bo‟iib 75 kitobxon bo‟lgan, Foydalanilgan adabiyotlar 1.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo„q. T.: Muloqot, 1998.2.Azizxo„jayev A. Davlatchilik va ma‟naviyat. T.: Fan, 1992.3.Ziyoyev H. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. T.: “Sharq”, 1998.4.Alimova D. Turkiston birligi va mustaqilligi uchun kurash sahifalari. T.: Fan, 1996.5.Bakirov F. Chor Turkistonida sud, sharoit va odat. T.: Fan, 1967.6.Ibrat. Farg„ona tarixi. T.: “Meros”, 1991 y.7.BobobekovX.N. Qo„qon tarixi. T.: “Fan”, 1996.8.Ziyoyev H. Chorizm va paxta yakkahokimligi. T.: Sharq, 1992.9.Ziyoyev H. Istiqlol –ma‟naviyat negizi. T.: Sharq, 1999.10.Karimov SH., Shamsutdinov R. Turkiston Rusiya bosqini davrida. Andijon., 1999.11.Qosimov B. Jadidchilik. T.: “O„qituvchi”, 1990 y.12.Rahimov J. O„zbekiston tarixini o„rganishda arxiv manbalaridan foydalanish. T.: “O„qituvchi”, 1995.13.Rasulov B.M. Turkiston madrasalari //Fan va turmush. 1996. Download 22.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling