Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati izchil amalga oshirilib, butun ishonchimiz va asosiy suyanchimiz boʻlgan yoshlar taqdiri va kelajagi doimiy davlatimiz eʼtiborida boʻlib kelayotir


Download 43.98 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi43.98 Kb.
#228907
Bog'liq
радиога


Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati izchil amalga oshirilib, butun ishonchimiz va asosiy suyanchimiz boʻlgan yoshlar taqdiri va kelajagi doimiy davlatimiz eʼtiborida boʻlib kelayotir.

Pirovardida, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan 2021 yilga “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berganlari zamirida, mamlakatimiz istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hayotimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Albatta, bu eʼtibor zamirida mamlakatimiz yoshlarini har tomonlama kamol toptirish, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan, har tomonlama sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazishdek ezgu maqsad mujassam. Zero, davlatimiz rahbarining: “Yangi Oʻzbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2021-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili boʻladi”, degan fikrlari, oʻylaymanki, har doim yoshlarni yangi marralar sari yanada ruhlantiradi.
Butun dunyoda globallashuv jarayoni izchil davom etayotgan shu sinovli kunlarda oʻz aql-zakovati, mustaqil fikri bilan oʻzining kimligini, qanday buyuk zotlarning avlodi ekanini chuqur anglab yetgan, yon-atrofidagi voqealarga daxldorlik tuygʻusi bilan yashayotgan barkamol yoshlarimiz qalbimizga hamisha cheksiz faxru iftixor bagʻishlaydi. Ular safida bugun bepoyon Qizilqum sahrosi bagʻrida biz bilan yonma-yon mehnat qilayotgan shijoatli, matonatli konchilarning yosh avlod vakillari ham borligi quvonarlidir. Ana shunday koʻzi yonib turgan, zamonaviy fikrlaydigan, ilm-fan sirlarini puxta egallagan izdoshlarimiz yetishib kelayotganidan gʻururlanamiz.
Shu oʻrinda, Muzrabot tumanida ham oʻsib kelayotgan kelajagimiz egalarining intilishlarini munosib ragʻbatlantirish maqsadida tuman rahbariyati bilan joylarga chiqib yoshlar bilan uchrashuv jarayonida, davlatimizning yuksak mukofotlari “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti, “Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi» mukofoti, “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni, shuningdek, innovatsion va kreativ gʻoyalarini namoyon etib kelayotgan yoshlarimiz uchun “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi va shunga oʻxshash koʻplab tanlovlar taʼsis etilgani ularga yangidan-yangi qirralarni ochdi.

Bir soʻz bilan aytganda, Muzrabot tumanida kelajagimiz egalari bo’lmish yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda, mukammal bilim olish va kasb-hunar egallash, shuningdek, xalqimizning orzu-istaklarini amaliy ishlar bilan roʻyobga chiqarishni oʻz oldiga maqsad qilishlari lozim. Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi karantin kunlarida ham oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Zero, masofaviy taʼlim, onlayn rejimida uzluksiz tashkil etilgan holda yoshlarning bilim olish huquqini taʼlimda taʼminlaganining oʻzi Oʻzbekistonning bugun yoshlarga berayotgan taʼlim-tarbiya va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, eʼtiborning amaliy ifodasidir.

Axir, yurtimiz baxtiyor yoshlar mamlakati boʻlib, mamlakatimiz aholisining qariyb 64 foizini yoshlar, yaʼni­ 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etadi. «Yoshlar: 1+1» dasturi doirasida Muzrabot tumanida ishsiz va uyushmagan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tashkil etish yo’lga qo’yilgan bo’lib, «Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor» tamoyili asosida 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshni biriktirish tashabbusi ko‘plab tadbirkorlarimiz tomonidan faol qo‘llab-quvvatlandi.

Xususan ushbu dastur doirasida, joriy yilning 27 yanvarida yoshlarning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan mamlakatimiz Prezidenti rahbarligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Unda yoshlarga dehqonchilik qilib, daromad olishlari uchun ekin yerlaridan yer ajratish vazifasi ham qo‘yilgan edi.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimi Alimov Erkin Jo’rayevich boshchiligida "Darband" maxallasidagi qishloq xo‘jaligi soxasiga qiziquvchi xozirgi kunda ishsiz bo‘lgan 25 nafar yoshlarga yashash uyiga yaqin bo‘lgan "Orzu invest", "Jovon Sher", "Muxriddin Arslonbek", "Asadqul Eshonqul Agro", "Xaydarshox Jo‘raboy", "Saidmurodova Soliya" "Rashidov Umarxon" "Xoliqov Parda"F/X laridan 50 sotix dan yer ajratib berildi. 25 nafar tadbirkorga, 25 nafar ishsiz yoshlar biriktirildi. Albatta bu, davlatimiz zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklashini koʻz oldimizga keltirsak, juda katta eʼtibor, gʻamxoʻrlikni talab etadi, ikkinchi tomondan yoshlarimizga koʻrsatiladigan eʼtibor, ertaga ulkan yutuq va natijalarini ham beradi.

Shu bois ham, yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etib kelingan. Sharq Uygʻonish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida yoshlarning oʻrni beqiyos boʻlgan. Ayniqsa, uyushmagan yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi chora-tadbirlar soʻnggi yillarda yangi bosqichga koʻtarildi.

Yoshlarimiz uchun , ayniqsa, qizlarimizning yanada ilmli boʻlishlari uchun, yurtimizda xotin qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ishbilarmon, tashabbuskor ayollarning g‘oya va intilishlarini qo‘llab quvvatlashga aloxida  e’tibor qaratilmoqda.

Ana shunday iqtidorli faol tashabbuskor yoshlar qatoriga, Abdunazarova Sadoqat Tursunpo’lat qizini kiritish mumkin. Bugungi kunda uning tashabbuskorligi va iqtidori, barcha yoshlarga ibrat maktabi bo’lib kelmoqda, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbuslari doirasida san’atning haykaltaroshlik yo’nalishi bo’yicha tuman, shahar va Respublika bosqichlarida o’tkaziladigan tadbirlar, ko’rik-tanlovlarda qatnashib faxrli o’rinlarni egallab kelmoqda. Bugungi kunda ushbu iqtidor sohibining yosh bo’lishiga qaramasdan, shogirdlar e’zozida bo’lib, san’atning eng nozik turi bo’lmish haykaltaroshlikning nozik qirralarini o’rgatib kelmoqda. Bugungi kunda ushbu qaxramonimiz Muzrabot tumaniga qarashli 9-MTT da tarbiyachi lavozimida ishlab kelmoqda. Oilali 1 nafar farzandi bor. Bunday iqtidor sohibalarining jamiyatda faol o’rnini egallashda, har bir ota-ona, har bir xonadon, har bir mahalla,bugungi kunda farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasini eng asosiy vazifa sifatida bilib, yoshlarni xalqimizga yot va yangi avlod ongi uchun zararli boʻlgan salbiy taʼsirlardan himoya qilish, millat va davlat taraqqiyotini dunyo hamjamiyatiga koʻrsatishga qodir boʻlgan yosh avlodni tarbiyalashi ham qarz, ham farzdir. Zero, inson hayoti odob-axloq, taʼlim-tarbiya bilan bevosita bogʻliq.

Unutmang, yangi Oʻzbekiston yoshlari - kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori.


Muzrabot tumani kasb-hunar maktabi

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari: NAZAROV JAMSHID XOLIYOROVICH
Download 43.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling