104-a guruh talabasi Obloqulova Nilufarning biologiya fanidan 3-mustaqil ishi


Download 492.81 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi492.81 Kb.
#1423357
Bog'liq
gelmentologiya nilufar (1)


104-a guruh talabasi Obloqulova Nilufarning biologiya fanidan 3-mustaqil ishi
Gelmintologiya (gelmintlar va ...logiya) — parazit chuvalchanglar — gelmintlar hamda odam, hayvonlar va oʻsimliklarda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni oʻrganadigan fan. G. parazit chuvalchanglarning tuzilishi, fiziologiyasi, biokimyosi, rivojlanishi, ekologiyasi, geografik tarqalishi va zoologiya sistemasidagi oʻrnini, shuningdek ularning xoʻjayin organizmiga taʼsirini oʻrganadi, Gelmintoz kasalliklarga (qarang [[Gelʼmintozlar) tashhis qoʻyish]], ularning klinik belgilari, patogenezi, epidemiologiyasi va epizootologiyasini oʻrganish, ular asosida davolash va profilaktik tadbirlar ishlab chiqish ham G.ning vazifalariga kiradi. Parazit chuvalchanglarni oʻrganish tufayli 
i G., bir tomondan, zoologiyaning bir tarmogʻi boʻlsa, ikkinchi tomondan, gelmintlarning patogenlik xususiyati va ularga qarshi kurash choralarini oʻrganish orqali klinik fanlar — patfiziologiya, patanatomiya, biokimyo, immunologiya va b. bilan bogʻlangan. Amaliy G. tibbiyot va agronomiya G.siga ajratiladi. G.ning bunday boʻlinishi aksariyat sunʼiy boʻlsada, amaliy jihatdan zarur hisoblanadi. Tibbiyot G.si odam organizmida parazitlik qiladigan gelmintlarni oʻrganadi. Agronomiya G.si oʻsimliklar gelmintlarini oʻrganish va ularga karshi kurash
tadbirlarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Veterinariya G.si esa xonaki, ov qilinadigan va yovvoyi hayvonlarda parazitlik qiladigan gelmintlarni va ularga qarshi kurash choralarini oʻrganadi. Odamlarda parazitlik kiladigan gelmintlar toʻgrisidagi dastlabki maʼlumotlar Abu Ali ibn Snnoning "Kitob-ash-shifo" asarida uchraydi. Unda ibn Sino odam ichagida parazitlik qiladigan "katta va uzun qurt" (qoramol tasmasimoni), "qovoq urugʻiga oʻxshash qurt"(qovoqsimon gijja), "mitti qurt" (kichik zanjirsimon gijja) va b. hamda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash haqida maʼlumotlar bergan. G. sohasidagi dastlabki tadqiqot rus sayyohi A. P. Fedchenko tomonidan 1868 yilda olib borilgan. U Samarqandda rishtaning biol. sini oʻrgangan. G. sohasidagi tadqiqotlar 20-asrning 20-yillaridan boshlab Oʻrta Osiyo davlat universiteti, Tibbiyot parazitologiyasi instituti hamda bir qancha tropik st-yalarning tashkil etilishi bilan kengayib bordi. L. M. Isayev rishta hayotini oʻrganib, unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqdi va tibbiyot parazitologiyasi sohasidagi tadqiqotlarni boshlab berdi. Bu boradagi ishlar keyinchalik S. N. Bobojonovning tadqiqotlarida oʻz aksini topdi.
Oʻzbekistonda veterinariya G.si sohasidagi tadqiqotlarga N. V. Badan i n asos solgan. Yovvoyi va uy hayvonlari gelmintlarining turlar tarkibi, biologik va ekologik xususiyatlari hamda ularga qarshi kurash usullari M. A. Sultonov, I. X. Ergashev, J. A.Azimov, N. M. Matjonov, A. N. Brudastov, B. S. Salimov. Sh. A. Azimov, M. A. Aminjonov, A. O. Oripov, S. Dadayev, G. S. Poʻlatov va b.ning ishlarida aks etgan.
Oʻzbekistonda fitogelmintlarni oʻrganishni Ye. S. Kiryanova boshlab bergan. Turli xil qishloq xoʻjaligi ekinlari ildizi va uning at-rofidagi tuproq nematodalarini oʻrganish A. T. Toʻlaganov va shogirdlari ishlari bilan bogʻliq. Gʻoʻza, kanop, sabzavot va yem-xashak ekinlari, subtropik oʻsimliklarning nematodalari oʻrganilgan; boʻrtma nematodalariga qarshi kurashning profilaktik va kimyoviy usullari ishlab chiqilgan (A. T. Toʻlaganov, O. 3. Usmonova, O. Mavlonov, 3. Norboyev, Sh. Xurramov, A. I. Zemlyanskaya va b.). Tuproqda erkin yashovchi gelmintlarning indikatorlik xususiyatlari, parazit fitogelmintlar evolyutsiyasi ular zararlaydigan oʻsimliklar bilan birga borishi ochib berilgan (O. Mavlonov, 3. Norboyev). Fitogelmintlarning 600 dan ortiq turi, jumladan 80 ga yaqin yangi turi aniqlangan. Keyingi yillarda G.da asosiy eʼtibor ekologiya, biokimyo va b. eksprimental tadqiqotlarga qaratilmoqda, gelmintlar bilan ular xoʻjayinlari oʻrtasidagi parazit xoʻjayin va filogenetik munosabatlar tadqiq qilinmoqda. G. sohasidagi ishlar kishilar sogʻligʻini saqlash, qishloq xoʻjaligi hayvonlari mahsuldorligi va ekinlarning hosildorligini oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega, 
Gelmintologik tadqiqotlar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya, Veterinariya va Chorvachilik institutlari lab.lari, Oʻzbekiston milliy universitetida, shuningdek, Termiz, Samarqand, Nukus davlat universitetlari, Toshkent, Samarqand, Andijon tibbiyot intlari, Toshkent pedagogika universiteti hamda Samarqand va Toshkent davlat agrar untlari kafedralarida olib boriladi.
Bolalarda gijja: turlari, yuqish yo‘llari, belgilari va davolash usullari Gelmintlar (gijjalar) patologik mikroorganizmlar, insonning yoshlik davrlaridan birga bo‘ladigan „hamrohi“ dir. Ulardan qo‘rqish kerakmi, qachon va qanday ularni davolash kerak, bolalar kasallanmasligi uchun nima qilish kerak – kabi savollarga ushbu maqola orqali javob topasiz. Bola tug‘ilgandan bir necha oy o‘tib aktiv harakat qila boshlaydi, u atrof olamni sezgi organlari bilan his qila boshlaydi, birinchi navbatda – qo‘llari bilan. Qo‘llar yordamida qo‘lga ilingan narsalarni ushlab ko‘radi, yerda 4 “oyoqlab“ yuradi va barmoqlarini og‘ziga olib boradi. Shunday yo‘l bilan barcha parazitlarning tuxumlari bola organizmiga tushadi.
Gelmintlar o‘zi nima? Gijjalar – chuvalchanglar, o‘zining parazitlik hayotini odam organizmida o‘tkazuvchi organizmlardir. Bunda odam yoshi rol o‘ynamaydi, kattalar ham bolalar ham bir xilda kasallanishi mumkin. Gelmintlarning klassifikatsiyasi juda keng, ayniqsa issiq iqlimli mamlakatlarda. Biz gelmentlarning barcha turlari haqida gapirib o‘tirmaymiz, faqatgina o‘lkamizda keng tarqalganlari haqida ma’lumot beramiz. Parazit chuvalchanglarning 3 katta guruhga bo‘linadi:
Yumaloq (nematodalar) – ostritsa, askarida; Tasmasimonlar (sestodalar) – cho‘chqa solityori, qora mol solityori, exinokokk; Yassi chuvalchanglar, so‘ruvchilar (trematodalar). Joylashadigan joyiga ko‘ra ular quyidagilarga bo‘linadi: Ichak guruhidagi parazitlar; Ichakdan tashqaridagi parazitlar (boshqa organlarda parazitlik qiluvchilar: jigar, o‘pka, yurak va boshqalarda). Ayrim parazit chuvalchanglar odam organizmidan tashqarida ham ko‘payadi va migratsiya qiladi. Parazit chuvalchang turlari haqida batafsil ma’lumot → Barcha parazitlar chuvalchanglarning deyarli 90 %ini yumaloq chuvalchanglar – nematodalar tashkil etadi.
Bolalarda eng ko‘p uchraydigan parazit – ostritsa (oddiy gijja), enteribioz kasalligini chaqiradi. Ushbu gelmintlar katta bo‘lmagan o‘lchamda o‘rtacha 1 sm, oq-kulrang rangda, egilgan tanali organizm. Bu parazitlarning joylashish joyi yo‘g‘on ichakdir, ba’zida ular ingichka ichakning pastki qismida joylashishi ham mumkin. Ostritsaning ko‘payishi anal teshigi terisi atrofida kechadi.
Tunda ostritsa urg‘ochisi tuxumlarinin qo‘yish uchun teri burmalariga boradi, qiz bolalarda ko‘pincha qin lablariga ham o‘tadi. Ushbu gelmintlar 1-1,5 oy hayot kechiradi. Bola o‘z-o‘zini zararlashi uning yillar davomida bezovtalanib yurishiga sabab bo‘ladi. Parazitni oddiy (qurollanmagan) ko‘z bilan ham najasda ham ko‘rsa bo‘ladi. Parazitlardan yana bir keng tarqalgan, bolalarda ko‘p uchraydigan turi – askarida. Bu nematodalar o‘lchami 15 smgacha yetadi. Parazit ingichka ichaklar qovuzlog‘ida joylashib olib tushayotgan ovqatlarni yeb qo‘yadi
Askarida najasga kamdan-kam hollarda tushadi. Urg‘ochi askarida tuxumlarini najas analizida topish mumkin. Agar najas tahlilida tuxumlar topilmasa, bu degani bola askarida bilan zararlanmagan degani emas. Askaridaning hayot sikli bir necha yillarga yetishi mumkin.
Ostritsaning oshqozon-ichaklarga tushushi, organizmning parazit bilan zararlanish deganidir. Ostritsa tuxmlari tashqi muhitga ifloslangan najas bilan tushadi. Tuxumlarning tashqi qobig‘i noqulay muhitga chidamli va hajmi juda kichik
Bola atrof muhitni o‘rganish, jismlarning ta’mi va tarkibini bilish maqsadida qo‘llari bilan har narsani ushlab ko‘radi hamda ularni o‘gziga olib boradi. Shu yo‘l bilan ostritsaning tuxumlari o‘zining “bo‘lajak kichik xo‘jayini“ organizmiga tushadi.
Bola organizmi kurashish qobiliyati past bo‘lganligi sababli parazit bemalol ko‘paya oladi. Gijjalar bilan yuvilmagan mevalar va ifloslangan suv orqali zararlanishi ham mumkin. Ko‘pincha zararlanish bolalarning hayvonlar bilan muloqotida, ular axlati tushgan tuproq va qumlarda o‘ynaganda ham kuzatilishi mumkin. Bolalar ko‘chada o‘ynab kelganidan so‘ng qo‘llarini yuvishmaydi, parazitlar bu vaqtda organizmga tushadi. Shuning uchun barcha bolalar yashash sharoiti va tarbiya muhitidan qat’iy ravishda birday zararlanishi mumkin
Download 492.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling