Ot, xonaki ot


Download 69.49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi69.49 Kb.
#242404
Bog'liq
Ot (hayvon) - Vikipediya



Ot (hayvon)

Otxonaki ot (Equus caballus) —

otsimonlar oilasiga mansub toq tuyoqli

oʻtxoʻr xayvonlar avlodi. Oʻrta Osiyoda va

Yevropaning jan.-sharqiy qismida xonaki

otlar miloddan avvalgi 3-ming yillikdan

maʼlum edi. O.lar yovvoyi holda

Yevropada, Osiyo va Afrikada uyur boʻlib

yashagan. Ular 4 kenja avlodga bulinadi:

hakiqiy O. (bularga Prjevalskiy oti, qirilib

ketgan tarpanlar va xonaki O.lar kiradi),




eshaklar, yarim eshaklar (maye., kulon) va

zebralar. Xonaki O.lar eshaklar, zebralar

va kulonlar bilan chatishtirilib, duragaylar

— xachirlar, ot-xachir, otkulon,

zebrasimonlar va kulonsimonlar olinadi.

Lekin bular, odatda, nayel bermaydi.

O. koʻp asrlar mobaynida asosiy

transport vositasi, qishloq xoʻjaligining

asosiy ish hayvoni edi. Shuningdek,

armiya uchun ham juda koʻp ot talab

qilinardi.

Hozirgi zamondagi O. zotlari boʻyi 2,5 m

gacha, balandligi 50 sm dan 185 sm

gacha, vazni 60 kg dan 1500 kg gacha




boradi. Ular boshqa qishloq xoʻjaligi

xayvonlaridan tez yugurishga yaxshi

moslashgani, katta tortish kuchiga egaligi

bilan ajralib turadi. Aygʻirlarining tishi 40

ta (12 ta ku-rak tishi, 4 ta qoziq tish, 12 ta

jagʻ-oldi va 12 ta jagʻ tishi). Baytalida

qoziq tishlar boʻlmaydi, tishlari soni 36 ta.

Kulunlarning sut tishlari 6—9 oyda oʻsib

chiqadi, 5 yoshga toʻlganda sut tishlari

doimiy tishlar bilan almashadi. Ustki va

pastki jagʻlarda qoziq va jagʻ tishlar

orasida tisheiz joy (boʻshliq) boʻlib, otni

suvluq bilan boshqarish imkoniyatini

beradi. Oshqozoni oddiy tuzilishga ega,

oʻt xaltasi yoʻq, terisi ning junlari nisbatan



kalta (1— 4 sm), toʻgʻri, jingalakligi kam

uchray-di, peshonasining gajagi, yoli va

dumi killardan iborat. Bahorda va kuzda

tullaydi. Tuyey har xil. Olarda shartli ref-

lekslar tez paydo boʻladi. Shuning uchun

ular qoʻlga tez urganadi, ishda, sportda,

sirkda ulardan foydalanish oʻngʻay. O.lar

25, baʼzan 40 va undan ortiq yil yashaydi.

Ishchi va sogʻin O.lardan 15—18,

nayeddor O.lardan 18—20 yil va undan

ortik. foydalaniladi. Yosh otlar 1,5

yoshida jinsiy yetiladi, lekin 3 — 3,5

yoshgacha nayel olishga qoʻyilmaydi. 5—

6 yoshida usishdan toʻxtaydi. Biyalar 4

yoshga toʻlganda birinchi kulun beradi.



Boʻgʻozlik davri 11 oy (340 kun)ga yaqin.

Kamdan-kam egizak tugʻadi. Sogʻin davri

6—8 oy, baʼzan 10 oyga boradi, sutkasiga

11 — 15 l sut beradi. O.lar otxonada,

otxona—yaylovda (bahordan kuz-gacha)

va yaylovda (yil boʻyi) boqiladi. Sutidan

qimiz tayyorlanadi. Oʻrta Osiyo xalqlari

qadimdan O.larni goʻsht oli-nadigan

hayvon sifatida ham boqadi.

Naslchilik (yangi zotlar yetishtirish) ot z-

dlarida, yilqichilik xoʻjaliklarida, yirik

fermalarda, naslchilik, sunʼiy urugʻlantirish

styalarida olib boriladi. Yangi tugʻilgan

toychoq "kulun", 2 yoshlisi "toy", 3

yoshdagisi "gʻoʻnon" va 4 yoshlisi "doʻnon"



deb ataladi. Dunyodagi barcha

mamlakatlarda 250 dan ziyod ot zotlari

mavjud. Shundan 50 dan ortiqrogʻi yaqin

MDH mamlakatlarida va 8 tasi

Oʻzbekiston xududida urchitiladi. Hozirgi

zamon otlari bir-biridan tana tuzilishi va

yaqkrl ix-tisoslashganligi bilan farq qiladi.

Shular jumlasiga egarlab salt miniladigan

otlar (qarang Arabi ot, Axaltaka ot zoti,

Yovmut oti, 

Angliya asil ot zoti

 va


boshqalar); salt miniladigan, aravaga yoki

chanaga qoʻshiladigan yoʻrtoqi ot zotlari

(qarang Don ot zoti, Gutsul oti, Laqay ot

zoti, Qorabayir ot zoti); ogʻir yuklarni

tortadigan yukchi otlar (qarang Ardenna



ot zoti, Brabant ot zoti, Vladimir ot zoti va

boshqalar) kiradi.

Qishloq xoʻjaligida

mexanizatsiyalashning rivojlanishi bilan

ot boqiladigan koʻpchilik mamlakatlarda

20-asr oʻrtalaridan boshlab, O.ning ot

sporti, turizm, goʻsht va qimiz olish uchun

moʻljallangan zotlari yetishtirilmokda.

O.larning sifati, ish qobiliyati va uzoq

muddat foydalanish imkoniyati ularni

boqish va asrash sharoitiga boglik.

Otxonada O.lar suli, arpa, javdar,

makkajoʻxori doni, kunjara va boshqa

qoʻshilgan tert, don-dukkaklilar pichani,




sershira ozuqa (sabzi, lavlagi, kartoshka,

silos), aralash yem-xashak bilan, yezda

oʻtloqda boqiladi. O. ozuqa-siga har kuni

osh tuzi qoʻshib berish kerak. Kuniga 3

mahal sugʻoriladi. O.ni ippologiya fani

oʻrganadi (yana q. Yilqichilik).

Almazov B., Bormisiz, tulporlarim, T.,

1983.


Abdusattor Amirov.

[1]


Adabiyot

Manbalar



1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-

yil

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.




  Soʻnggi tahrir 2 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/index

.php?

title=Ot_(hayvon)&oldid=2000959



dan olindi 



Download 69.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling