107. O’rta arslarda Xitoy madaniyati va fani. Qadimgi xitoyliklar boshqa Sharq


partiyasining rahbari Nurmuhammad Taraqqiy boshchiligidagi kuchlar keldi


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/21
Sana30.04.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1412890
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
SONGI


partiyasining rahbari Nurmuhammad Taraqqiy boshchiligidagi kuchlar keldi 
va mamlakat Afgʻoniston Demokratik Respublikasi, 
1987-yildan
 
Afgʻoniston 
Respublikasi nomini oldi. N. Taraqqiy hokimiyati salkam bir yarim yildan 
keyin H. Amin tomonidan agʻdarildi, uning oʻzi oʻldirildi. Mamlakatda 
qirgʻinbarot boshlandi. Lekin H. Amin hokimiyati ham uzoqqa bormadi. U 
1979-yil
 27-
dekabrda agʻdarildi hamda hokimiyat avval B. Karmal, 
1986yildan Najibullo rahbarligidagi Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi va
Inqilobiy kengash qoʻliga oʻtdi. 
1978-yil
 
aprel toʻntarishidan keyin 
Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi mavjud sharoitni hisobga olmasdan 
amalga oshira boshlagan islohotlar afgʻonlarning asrlar davomida 
shakllangan anʼanalari va urf-odatlariga zid edi. Bu, ayniqsa, yerga egalik 
qilishda va undan foydalanishda, taʼlim tizimida hamda ayollarning 
jamiyatda tutgan oʻrnida yaqqol koʻzga tashlanar edi. Shuning uchun ham 
islohotlarning aksariyati xalqqa chuqur norozilik tugʻdira boshladi. Bu esa 
mamlakatdagi hamda Pokiston va Erondan boshpana toptan afgʻon 
muxolifat kuchlariga qoʻl keldi. Keyinchalik Afgʻoniston Xalq demokratik 
partiyasi yuqoridagi xatoliklarini tuzatishga harakat qildi. Lekin vaqt qoʻldan 
boy berilgan, mamlakat ichidagi nizolar chuqurlashgan edi. Mana shunday 
sharoitda Afgʻoniston hukumatini qoʻllab kelayotgan, shuningdek oʻz tashqi 
siyosatini kommunistik mafkurani dunyo boʻylab yoyish orqali taʼsir doirasini 
kengaytirish asosida qurgan SSSR qoʻshinlarining 
1979-yil
 25-dekabrda. 
Afgʻoniston ga kiritilishi dunyodagi barcha taraqqiyparvar xalqlar tomonidan 
keskin qoralandi. Koʻp yillik urush mamlakatga 20 mlrd. dollar zarar 
yetkazdi. 1 mln. afgʻon halok boʻldi, 4 mln. kishi chet ellarga bosh olib ketdi.
1989-
y, fevralda sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqib ketildi. 
1992-yil
 
aprelda Najibullo hokimiyati agʻdarildi. Islomiy kuchlar hokimiyatni 
qoʻlga oldi. Shu yildan mamlakat Afgʻoniston Islom Davlati deb atala 
boshladi. Sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqib ketgandan keyin 
ham mamlakat juda muhtoj boʻlib turgan siyosiy tinchlik va iqtisodiy qayta 


qurish davriga oʻta olmadi. Mamlakatda ichki fuqarolar urushi boshlanib, u 
sovet bosqinchilaridan koʻra kattaroq vayronagarchilik olib keldi. 
„Tolibon“
 
harakatining oʻzaro kurashga qoʻshilishi Afgʻonistonda yangi vaziyatni 
vujudga keltirdi.
230.Rossiya imperiyasining tashkil topishi haqida ma`lumot bering.
 
Pyotr I
 
davlatning ichki va tashqi siyosatida tub o'zgarishlarni amalga oshirdi.Fors 
yurishining natijasi (1722-1723) Peterburg tinchlik shartnomasi bo'lib, unga 
ko'ra 
Derbent

Boku

Rasht
 shaharlari va 
Shirvon

Gilon

Mozandaron
 va 
Astrabad
 viloyatlari Rossiyaga berildi. Shimoliy urush natijalariga ko'ra, 
qirollik unvonini Evropada qabul qilingan unvonlar tizimiga moslashtirish va 
Rossiyaning xalqaro maqomini ko'tarish ramzi sifatida Pyotr I Butun 
Rossiya imperatori va Rossiyaning otasi unvonlarini qabul qildi. Rossiya 
davlati Rossiya imperiyasi
 deb atala boshlandi 
[1]
 .
Nevaning bo`g`zida 
Sankt-Peterburg
 port-shahri qurildi, u yerda 1712-yilda 
Rossiya poytaxti ko'chirildi. 1703-yilda 
Kronshtadt
 qal'asiga asos solingan. 
1721-
yilda Rossiya qirolligi
 Butunrossiya imperatori boshchiligidagi 
Rossiya 
imperiyasiga
 aylanadi. Birinchi Butunrossiya imperatori 
Pyotr I
 bir qator 
islohotlarni amalga oshirdi. U davlat boshqaruvini isloh qildi, armiyadagi 
o'zgarishlarni amalga oshirdi, harbiy- dengiz floti yaratildi, cherkov 
boshqaruvining islohoti amalga oshirildi, u davlatdan avtonom bo'lgan 
cherkov yurisdiktsiyasini yo'q qilishga va rus cherkov ierarxiyasini 
imperatorga bo'ysundirishga qaratilgan. Moliyaviy islohotlar ham amalga 
oshirildi, sanoat va savdoni rivojlantirish choralari ko'rildi. 1703-yilda 
SanktPeterburg
 tashkil etildi va 1712-yilda u 
Moskva
 o'rniga davlatning 
poytaxti bo'ldi.
234.Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonda fan va ta’lim.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling