107. O’rta arslarda Xitoy madaniyati va fani. Qadimgi xitoyliklar boshqa Sharq
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
SONGI
2. Respublikaning e'lon qilinishUrushdan keying! Italiyaning eng yirik burjua
partiyalaridan biri 1944-yillarda tuzilgan katolik yo’nalishidagi Xristian-demokratik partiya edi. U jamiyatni mehnat va kapital bab-baravar foydali fol o’ynaydigan yagona organizm sifatida tasavvur etdi. Shuningdek. u oliy axloqiy qonun sifatidagi xristianlikni o’z mafku-raviy asosi deb e'lon qildi. Partiya dasturi qisman agrar va sanoat islohotini o’tkazish, ishchilarning aksiyalarni sotib olish yo’li bilan korxonalarni boshqarishda ishtiroki, kooperativ qurilishining rivojlantirishni ko’zda tutdi. XDP katolik cherkovi qo’llab-quvvatlanishidan foy-dalandi. U ibodatga keluvchilarni qabul qiluvchi ruhoniylar yordamida mamlakat aholisining salmoqli qismiga o’z ta'sirini o’tkazdi. Alchido de Gasperi XDPning muttasil yo’lboshchisi bo’libkeldi. Italiyada ko’ppartiyaviy tizlm tarkib topib, unda umummilliy va ko’plab mintaqaviy partly alar amal qildi. Bu, partly alar beqarorligi va tez-tez yuz beruvchi siyosiy inqirozlarga olib keldi. 1946-yil 2-iyunda bir vaqt-ning o’zida referendum va Ta'sis majlisiga saylovlar bo’lib o’tdi. Referendumda 12,7 million kishi respublika uchun, 10,7 millioni — monarxiya uchun ovoz berdi. Italiya respublika deb e'lon qilindi, biroq monarxiya o’rnatilishini qo’llab-quvvatlovchilaming ko’p sonliligi mamlakatda konservativ kayfiyatli unsurlar katta kuch ekanligidan guvohlik berardi. Buni Ta'sis majlisiga saylovlar ham ko’rsatdi: XDP ko’pchilik o’rinni (8,1 million ovoz) oldi, 4,7 million — sotsialistlar va 4,3 mil-Iion — kommunistlarga tegdi. Uchala partiya tuzgan hukumatga Alchido de Gasperi boshchilik qildi. Hukumal bir qator muhim islohotlarni amalga oshir-di: ishlovsiz yotgan zamindorlar yerlari kambag’al dehqonlarga berildi, oylik ish haqining ko’chma shkalasi kiritildi (u davriy ko’rib chiqilgan va turmush darajasi o’sishiga mos oshirilgan), mehnatkashlarni korxona kasaba uyushmasi roziligisiz ishdan bo’shatilishi man etildi. 1948-yil 1- yanvarda kuchga kirgan yangi konstitut-siyada so’z, matbuot, yig’ilishlar o’tkazish erkinligi, mehnat va unga yarasha adolatli to’lov, agrar islohot zaruriyati va ishchilarning korxona boshqaruvidagi ishtiroki huquqi e'lon etildi, siyosiy va diniy qarashlarga ko’ra kamsitish man etildi. Fashist tashkilotlari mavjud bo’lishi va faoliyati ham man etildi. Qiro! oilasi a'zola-riga muhojiriikdan Italiyaga qaytishga ruxsat berilmadi. Maslahatchilar sudi va sud hokimiyatining to’liq mustaqilligi tamoyili kiritildi. Konstitutsiyaga ko’ra, qonunchilik hokimiyati umumiy ovoz berish yo’li bilan 5 yilga saylanadigan va ikki palatadan — deputatlar palatasi va senatdan iborat bo’lgan parlamentga tegishli edi. Hukumatni deputatlar palatasida mutlaq va nisbatan ko’pchilik ovoz olgan partiyalar yo’lboshchilaridan biri tuzadi; odatda u bir necha par-tiyalar vakillaridan iborat bo’ladi va parlament qo’llab-quvvatlab turguncha hukumatni boshqaradi. Respublika prezidenti ikkala palata qo’shma majlisida 7 yilga saylanadi. Uning vakolatlari cheklangan bo’lib, amalda ijro hokimiyati Ministrlar kengashiga taalluqli edi. 1948-yil aprelda parlament saylovlari bo’lib o’tdi. ISP, IKP va boshqa so'1 partiya hamda tashkilotlar 8 million ovoz yiqqan Xalq demokratik frontiga birlashdi. Biroq, XDP eng ko’p muvaffaqiyatga erishdi (12,7 mil-lion ovoz), u deputatlar palatasida mutlaq ko’pchilik o’rinni oldi va de Gasperi yakka partiyali hukumatni boshqardi. Italiya respublikasining tiklanishi davri tuga-di. Bundan boshlab 1994-yilgacha XDP u yoki bu koa-litsiyada, ko’pincha yakka holda mamlakat hukumatiga boshchilik qildi. Partiyaning o’zida "doimiy" ministrlar, bosh ministr-lar, "umrbod" senatorlar muqim bo’lib olcli. Masalan, Julio Andreotti yetti marta bosh ministr bo’lgan va bir umrlik senator edi. Sitsiliya mafiyasi bilan jinoyatkorona aloqasi necha martalab fosh etilgandan so’ng ham unga hech narsa bo’lmadi. Italiyada XDP qo’llarida Italiyadagi korinmas bo’lgan "ko’rinmas hokimihokimiyatapparati keldi) u xavfsizlik xizmati orqali yo’naltirildi, hokimiyat ustidan nazorat o’rnatdi va huquqni saqlash organlarini yo’lga soldi. U qonuniy saylangan hukumatdan ham katta hokimiyatga ega bo’ldi, chunki yuzaga kelgan ko’ppar-tiyaviy amaliyot tufayli hukumatlar kuchsiz edi va hokimiyat tepasida uzoq turmasdi. Respublika mavjud bo’Igan 45 yil mobaynida (1948—1993-yillar) 51 huku-mat o’zgardi. 272.Lotin Amerikasi davlatlarida qulchilikn ing bekor qilinishi .Braziliya Janubiy Amerikadagi yirik davlatlardan biri bo`lib, unda 15 mln. aholi yashagan. Braziliya, ayni paytda, eng qoloq davlat ham edi. Braziliyada qullik, qashshoqlik, jaholat va huquqsizlik keng avj olgan edi. Qullarni sotadigan bozorlar, o`z oilasiga, o`z uyiga ega bo`lish huquqidan mahrum bo`lgan kishilarni sotish, zahmatkash qulni nazoratchilar tomonidan qamchilab ishlatish 70—80- yillarda odatiy hol edi.Yirik qo`zg`olonlardan biri Riu-Grandi-du-Norti viloyatida Bonifatsio boshchiligida shakarqamish plantatsiyalarida ko`tarilgan qullar qo`zg`oloni bo`ldi. Qullar o`zlarining negr respublikasini e'lon qildilar va Bonifatsioni uning prezidenti etib sayladilar. Respublikaning asosiy vazifasi qullarni ozod qilish, deb hisoblagan Bonifatsio viloyat poytaxti Natal shahriga yurish boshladi. Biroq, hukumat qo`shinlari yo`lda unga yetib oladi va tor-mor qiladi.Negr Andres Rebusaz Braziliyaning ko`zga ko`ringan muhandisi va Rio-deJaneyrodagi qulchilikka qarshi bo`lgan konferensiyaning tashkilotchisi bo`ldi. 1883- yilda do`sti, publitsist Joze va Patrosino bilan birga qullikdan ozod qilishga chaqfruvchi «Ozodlik manifesti»ni yozdilar.Burjualashgan plantatorlar abolitsionistik frarakatni quwatladilar. Eng yirik plantator Antonio Predo o`z qullarini ozod qilib yubordi. U saroy vaziri bo`lgach, qullarni ozod qilish haqida taklif kiritdi. Kasalligi uchun Yevropada yashayotgan imperator Pedru II o`rnida-vaqtincha turgan regent—malika Izabel 1888- yil 13- mayda Braziliyada qullarni ozod qilish haqidagi «Oftin qonun» nomi bilan mashhur qonunga qo'1 qo`ydi. Mamlakatda bu paytda 750 ming qul bor edi. 273.1950–1980-yillar birinchi yarmida Lotin Amerikasi mamlakatlarida yuz bergan asosiy siyosiy o‘zgarishlar haqida gapirib bering .Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Lotin Amerikasi mamlakatlari iqtisodiy islohotlar o‘tkazishi uchun qulay sharoit vujudga keldi: ular ancha katta valuta zaxirasiga ega bo‘ldi, jahon savdosida ulushi oshdi. Bu hol Lotin Amerikasi mamlakatlarida ommabop, lekin avtoritar rejim larning shakllanishi uchun qulay muhit yaratdi. Ikkinchi jahon urushida Lotin Amerikasi ishtiroki haqida nimalar bilasiz? 1970yillar oxiri–1980-yillar boshlarida Lotin Amerikasi mamlakatlarida diktatorlik rejimlariga qarshi kurash faollashdi. Bu 1979- yili Nikaraguada inqilobga, Salvador va Gvatemalada isyonchilik harakatining kuchayishiga olib keldi. Janubiy Amerika davlatlari – Ekvador, Peru, Boliviya, Argen tina, Braziliya va Urugvayda harbiy rejimlar fuqarolik hukumatlari bilan almashtirildi. XX asrda Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun umumiy bo‘lgan modernizatsiya lash ning uchta – inqilobiy, neokonservativ va islohotchilik variantlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu variant larni uchta mamlakat misolida ko‘rib chiqamiz. Kuba: modernizatsiyalashning inqilobiy varianti. 1950-yillar oxirida Karib dengizidagi kichikina orol – Kubada yuz bergan voqealar butun dunyoning e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Kuba jamiyatni moderni zatsiya qilishning inqilo biy yo‘lini tanladi. 1959-yil 1- yanvar kuni Fidel Kas t ro bosh chiligida qo‘zg‘olon chilar Kuba poytaxti Gavana shahriga kirib ke lishdi, inqilob g‘ala ba qozondi. F. Kastro hukuma ti faqat keskin sifat o‘zgari shi Kubani qo loqlikdan olib chiqadi, jamiyatni taraqqiyot ning zamonaviy darajasiga ko‘taradi, deb o‘ylab, keskin ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirdi. AQSHning Kubadagi yangi hukumatga dushmanlarcha munosabati aniq bo‘lgach, F. Kas tro hukumati SSSR bilan kelishuv orqali mamFidel Kastro. 128 lakat mudofaa qud ratini mustahkamlay boshladi. Bu esa 1962-yilgi Karib inqiroziga olib kel di. 1970-yillar oxiri – 1980-yillar boshlarida ... 1979-yilda ... 1962-yilda ... Kuba dastlabki davrda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini modernizatsiya qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Sof agrar mamlakat bo‘lgan Kubani agrar-industrial mamlakatga aylantirish kursi tanlandi. Ammo 1980-yillardan jamiyatni modernizatsiya qilishning Kuba vari an tida ma’lum kamchiliklar ko‘zga tashlana boshladi. Iqtisodiy o‘sish sur’ atlari, aholining yashash darajasi pasaydi. SSSRning parchalanishi Kuba uchun juda katta zarba bo‘ldi. 1990-yillarda ko‘pchilik F. Kastro rejimining qulashini bashorat qilgan edi. Ammo bu rejim saqlanib qoldi. Chili: modernizatsiyaning neokonservativ varianti.Ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘tgan vaqt davomida Lotin Amerikasi mamlakatlari jami yatni modernizatsiya qilishning optimal va riantini izladilar. 1960-yillari Chilida hukumat mamlakatni mo dernizatsiyalashga harakat qildi. Bunda u ilga ri ilg‘or mam la katlarda sinovdan o‘tgan islohotchilik tizimlariga tayan di. Ammo boshlangan islohotlar borgan sari jamiyatdagi bo‘linishni kuchay tirdi, mamlakat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohalarida keskinlikni yuzaga keltirdi. Navbatdagi prezident saylovlaridan oldin Xalq birligi bloki tashkil qilinib, unga kommunistlar, sotsialistlar, radikallar va Xalq fao liyati yagona harakati kirdi. 1970-yili shu blok nomzodi Sal vador Alyende Chili prezidenti qilib saylandi. S. Alyende hukumati chuqur islohotlarni amalga oshirishga kirishdi. Ammo jamiyat manfaat lariga ta’sir qiladigan, odat dagi hayot tarzini, an’- anaviy ijtimoiy aloqalarni buzadi gan har qanday tadbir singari S. Alyen de hukumati boshlagan islohot lar ham mamlakatda turli qarashlar, qarshiliklarni kelti rib chi qar di. 1973yili davlat to‘ntarishi amalga oshirilib, hokimiyatga ge neral Augusto PinoAugusto Pinochet. 129 chet boshchi ligidagi harbiy xunta keldi. Chilida qamal ho la ti e’lon qilin di. Konstitutsiya va deyarli barcha demo kratik erkinlik lar bekor qi lindi. Pinochet hukumati tan lagan mo derni zatsiyalashning neokonser vativ vari anti kat ta ijtimoiy muammolarga olib keldi. Avvalo, ish haqi, ayniqsa, islo hotlarning dast labki yillarida, se zi larli darajada kamaydi, ishsiz lik keskin oshdi. 1960-yillari Chilida ... 1970-yilda ... 1973-yilda ... Neokonservativ modernizatsiyalashning bunday ziddiyatli natijalari mamlakatdagi umumiy siyosiy muhitga ham ta’sir ko‘rsatdi. 1989- yili o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida Xristian-demokratik partiya yetakchisi P. Eylvin g‘olib chiqdi. Diktatura davri tugadi. 274.Meksikada modernizatsiyalashning islohotchilik variant Meksika: modernizatsiyalashning islohotchilik varianti. 1958-yili Meksika sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi bo‘yicha Lotin Amerikasida birinchi o‘ringa chiqdi. Mamlakatning muvaffaqiyatli iqtisodiy rivojlanishida davlat sektori asosiy rol o‘ynadi. Lotin Amerikasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan Kuba inqilobi Mek sika rahbarlarini ham ijtimoiy sohaga jiddiy e’ti bor qaratishga undadi. Ammo modernizatsiyalashning Kuba variantini qabul qilmasdan, Meksika ayni paytda Chili variantiga ham o‘ta ishonchsizlik bilan qaradi. Meksika hukmron doiralari rivojlanishning liberal-islohotchilik yo‘lidan chekin madi. 1959-yil 1-yanvar kuni F. Kastro boshchiligida qo‘zg‘olonchilar inqilobi g‘alaba qozondi. 1970-yili xalq fronti nomzodi Salvador Alyende Chili prezidenti qilib saylandi. 1958-yilda Meksika sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi bo‘yicha Lotin Amerikasida birinchi o‘ringa chiqdi. 1980-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Meksika uchun katta sinov bo‘ldi. Inqiroz yengib o‘tilgan bo‘lsa-da, ishsizlik, tashqi qarz keskin oshdi, tashqi dunyoga, birinchi navbatda AQSHga qaramlik ham ortdi. 130 Harbiy rejim – davlatni boshqarish shakli bo‘lib, unda butun hokimiyat harbiylarga tegishli bo‘ladi. Odatda, harbiy rejimlar harbiy to‘ntarish orqali o‘rnatiladi. Agrarindustrial mamlakat – asosiy boyligini qish loq xo‘jalik mahsulotlari tashkil qiladigan, sanoati qishloq xo‘jalik mahsulotlari va tabiiy boyliklarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan mamlakat. Harbiy xunta – davlat to‘ntarishi orqali hokimiyatga kelgan, odatda zo‘ravonlik va diktatorlik usullari bilan davlatni boshqaradigan harbiylar hokimiyati. 275.Birinchi jahon urushida eng katta talofat ko`rgan davlatlar 276.Versal shartnomasi haqida ma’lumot bering Birinchi jahon urushi 1918 – yil 11 – noyabrda Germaniyaning Antantaga taslim bo’lishi bilan tugadi. Shundan so’ng urush aybdori b’lgan German bloki davlatlari bilan yetkazilgan zararni qoplash va shartnoma tuzish uchun tayyorgarlik boshlandi. G’olib Antanta bilan mag’lub To’rtlar ittifoqi o’rtasida imzolanadigan tinchlik shartnomasining matnini tuzish uchun Fransiya poytaxti Parij shahriga 27 davlat delegatsiyasi to’plandi. Ular versal saroyida imzolangan tinchlik shartnomasini ishlab chiqish ustida bir yil ishladilar. V. Vilsonning “14 moddasi” asosida Versal saroyida 5 ta davlat (Germaniya, Avstriya, Vengriya, Bolgariya va Turkiya) bilan imzolanadigan 5 ta shartnoma matni tayyorlandi. Shu 5 ta shrtnoma birgalikda Versal tizimi deb ataldi.Fransiya bosh vaziri Jorj Klemanso tinchlik shartnomasi shartlarini ishlab chiqish bo’yicha xalqaro konferensiyaning Parij shahrida o’tkazilishini qattiq turib himoya qildi. Va, nohoyat, u o’z maqsadiga erishdi. Parij konferensiyasi 1919 – yilning 18 – yanvar kuni o’z ishini boshladi. Konferensiya ochilishining aynan shu kunga belgilanganligi bejiz emas edi. 1870 – 1871 – yilgi Fransiya – Prussiya urushida g’olib Prussiya bilan yengilgan Fransiya o’rtasidagi shartnoma aynan shu saroyda imzolangan va 18 – yanvar kuni shu saroyda Germaniya imperiya deb e`lon qilingan edi. G’oliblar Germaniyani tahqirlash uchun aynan shu kuni konferensiya ishini boshladilar.Konferensiyaga to’rtlar ittifoqi davlatlari hamda Sovet Rossiyasi taklif etilmadi. 1919 – yilning 28 – iyunida Versal tinchlik shartnomasi nomi bilan kirdi. Versal shartnomasi Germaniya va uning ittifoqchilarini urushning aybdorlari deb e`lon qildi. Shsrtnomaga ko’ra, Fransiya Elzas va Lotaringiyani o’ziga qaytarib oldi. Germaniyaning Saar viloyati 15 yil muddatga Millatlar ittifoqi boshqariviga berildi. 15 yildan so’ngbu viloyat taqdiri plebitsey yordamida hal etiladigan bo’ldi. Uning ko’mir havzasi shaxtalari Fransiyaning mulki bo’lib qoldi. Reyn daryosining chap sohilini 15 yil muddatga Antanta okkupatsiya qildi. Reyndan sharqqa qarab 50 km hudud to’la demilitarizatsiyayalashtirildi. Germaniya Polsha va Chexoslavakiyaning mustaqilligini tan oldi. Bu paytlar Prussiya bosib olgan hududlar, Sharqiy Pomere Polshaga berildi. Buning natijasida Polsha Boltiq dengiziga chiqish imkoniga ega bo’ldi. Eypen, Malmedi va Morolle okruglarida plebitsey o’tkazildi, natijada bu okruglar Belgiyaga o’tdi. Klaypeda esa Litvaga o’tkazildi. Shlezvigning shimoliy qismi Daniyaga, Sileziyanining bir qismi Chexoslovakiyaga berildi. Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari Togo va Kamerun Buyuk Britaniya va Fransiyaga o’tdi. Shuningdek, Buyuk Britaniyaga Tanganika; Belgiyaga Ruanda va Urindi; Janubiy Afrika ittifoqiga – Janubi-g’arbiy Afrika; Yaponiyaga Tinch okeanidagi Marshall, Marian va Korolina orollari, Xitoyning Szyaochjou viloyati, Shandun yarim oroli berildi. Germaniyaga Antanta davlatlari foydasiga katta miqdorda reparatsiya to’lovi majburiyati yuklandi.Versal shartnomasi Germaniyada umuniy harbiy majburiyatni taqiqladi. Ayni paytda Germaniya suv osti flotiga, katta harbiy kemalarga, harbiy va dengiz aviatsiyasi va tank qo’shinlariga ega bo’lish huquqidan mahrum etildi.Shunday bo’lsada, Germaniyada 100 ming kishilik qo’shinga ega bo’lish huquqi berildi. Vudro Vilsonning fikricha, bu qo’shin Germniyaga ichki tartibni saqlash va bolshevism xavfiga qarshi turish uchun zarur edi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling