107. O’rta arslarda Xitoy madaniyati va fani. Qadimgi xitoyliklar boshqa Sharq
Buyuk davlatlarning Erondagi siyosati
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
SONGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chjou
- Yang Jian qatʼiyat bilan markaziy hokimiyat kuchini mustahkamlashga intildi va mahalliy zodagonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlgan. Ammo 604- yilda
Buyuk davlatlarning Erondagi siyosatiTabriz qo`zg`oloni bostirilgani bilan shohga
qarshi harakatlar to`xtamadi. 1909- yil iyul oyida Tehronda Muhammad Alishoh taxtdan tushirildi.O`rniga yosh o`g`li Ahmad shoh deb e'lon qilindi. Konstitutsiya (1906—1907- yillardagi) tiklandi. Hukumat chet eldan qarz olish yo`lidan bordi. Chunonchi, Angliyadan 1 million 250 ming ftmt sterling qarz olindi. Tashqi siyosatda AQSh va Germaniyaga suyanib ish ko`ra boshladi. 1911- yil may oyida AQShdan M. Shuster moliya missiyasi Eronga keldi. Unga katta vakolatlar berildi. U neft, temiryo'1 konsessiyalarini AQShga o`tkazishga urindi. U Angliya va Rossiya o`rtasida nizo chiqarishga urindi. Ichki aksilinqilobchi kuchlar esa inqilobiy Majlisga qarshi hujumga o`tdi. Rus kazak brigadalari qo`mondoni, arman dashnoqlaridan Y.Davidyans boshchiligida 1911- yil dekabrida aksilinqilobiy davlat to`ntarishi o`tkazildi. Eron inqilobi bostirildi.Erondagi 1905—1911- yillar inqilobi katta ijtimoiy hodisa, feodalmonarxiya tuzumidan konstitutsiyaviy monarxiyaga o`tish bosqichi bo`ldi. Birinchi jahon urushi arafasida Eronning xorijga tobeligi yanada kuchaydi. 1912- yil fevralida 1907- yilgi Rossiya-Angliya (ta'sir zonalari haqidagi) bitimini Eron tan oldi. Rossiyadan 14 million rubl qarz olindi va Eron iqtisodiy, siyosiy sohada qaram bo`lib qoldi. 251.XVI-XIX asrning 70-yillarida Osiyo davlatlari 255.Qadimgi Hindiston tarixiga oid bo'lgan manbalarning eng asosiylaridan biri epigrafik manbalar haqida. 257.Ilk o‘rta asrlarda Yevropa mamlakatlari shaharlar taraqqiyoti haqida yozing! 259.Ikkinchi jahon urushi yillarida deportatsiya qilingan xalqlar va ularning joylashuvi. 231.Xitoyni siyosiy jihatdan birlashtirish yo'lidagi birinchi urinishlar. Suy imperiyasi. VI asrning 2-yarmida Xitoyning shimoli va janubi oʻrtasida madaniy, iqtisodiy, va siyosiy tafovutlar yumshay boshlad i. Shimol koʻchmanchilari asta-sekin mahalliy aholiga qoʻshila boshladi. Aksariyat koʻchmanchi qabilalar oʻtroq turmush tarziga oʻtdi. Oʻrta Osiyo koʻchmanchi qabilalari Turk xoqonligining qudratli ittifoqini tuzdi. Yangi bosqinchilarga boʻysunish xavfi haqiqatga aylandi. Bunday sharoitda mamlakat birligini tiklash zarur edi. Hokimiyat tepasiga shimoliy viloyatlardan biri — Chjou zodagonlarining harbiy guruhi keldi. Shimoli- gʻarbiy Xitoy bosqinchilarga qarshi kurashish markaziga aylangan. 581 yilda Shimoliy Yang Jian (Ven- di) qoʻmondoni Suy deb nomlangan yangi sulolaning imperatori deb eʼlon qilindi. Ulkan davlatning nisbatan tez birlashishiga quyidagilar sabab bo‘ldi. Madaniy, iqtisodiy va Xitoyning siyosiy manfaatlari ichki urushlarni tugatish va beqaror qirolliklarni yagona imperiyaga birlashtirishni talab etardi. Kichik va kuchsiz viloyatlar Xitoyning qishloq xo'jaligi tumanlarining ulkan quruqlik chegarasini koʻchmanchi bosqinlaridan himoya qila olmadi. Imperator Yang Jian Konfutsiy taʼlimotlariga mos ravishda ilgari surdi, mamlakatdagi munosabatlarni tartibga solish, barqaro rlik va farovonlikni tiklash yoʻlida soliqlarni kamaytirdi yoki bekor qildi, yangi tanga chiqarildi. Imperator Yang Jian qatʼiyat bilan markaziy hokimiyat kuchini mustahkamlashga intildi va mahalliy zodagonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlgan. Ammo 604- yilda u oʻgʻli Yang Guang tomonidan oʻldirilgan. Yang Guang (Yang-di) siyosati asosan xazinani boyitish, iqtisodiy yuksalish va siyosiy hokimiyatni markazlashtirishga qaratilgan edi. 232.Hindistonga arab va turklarning kirib kelishi. Dehli sultonligining tuzilishi II asrning oxirida Eron va Afg'onistonni bosib olganlaridan keyin, arablar Hindistonga bevosita yaqinlashib qoldi. Hindistonga fors qo'ltig'I orqali ham hujum qilishi imkoniyati ham bor edi. 712 yilda Ummaviylarning sarkarlaridan biri Muhammad ibn Qosim , Basradan suzib borib, Hindistondagi Sind mamlakatini bosib oldi. Lekin oradan bir necha o'n yil o'tgach, arablar Hindistondan butunlay siqib chiqarildi.... Musulmonlarning ikkinchi marta hujumi XI asrning ikkinchi yarmida qaytadan boshlandi , ya'ni kuchli va urushqoq turk - eron davlati - G'aznaviylar davlatining tashkil topishi bo'ldi. (bu davlatning nomi poytaxt bo'lishi G'azna shahrining nomidan olingan edi.) Sulton Mahmud G'aznaviy (998-1030) Sharqiy Eron va Afg'oniston yerlari, 1017 yildan e'tiboran esa Amudaryoning berigi tomonidagi yerlarni, ya'ni Buxoroni ham o'z qo'l ostiga kiritib oldi.Mahmud G'aznaviy podsholigi davrida Hindistonga o'n yeti marta yurish qilinib , musulmonlar tomonidan mamlakat talandi. Mahmud G'aznaviy o'ng minglab erkak va ayollarni asir qilib olib ketdi. Juda ko'plab miqdorda oltin-kumush va boyliklar olib ketildi.G'azna shahri muhtasham binolar bilan bezaldi, bu binolarning ko'pini Hindiston ustalari qurib berdilar. 1030 yilda Mahmud G'aznaviy vafotidan keyin , uning imperiyasi Amudaryo qirg'oqlaridan to Gang daryosigacha brogan butun Hind daryosi havzasini xam o'z ichiga olgan edi. Lekin uning poytaxti Hindistondan tashqarida edi.XII asr oxirlarida Hindistonga G'azna istelochilari ikkinchi marta hujum qildi. 1175 yilda G'azna hokimi Muhammad Guriy Lanjobga bostirib kirib, uni egallagach , Sharqga qarab siljishni davom ettirdi. 90 yillarda u Jamna bilan Gang daryolari o'rtasidagi butun yerlarni, so'ngra esa Bengaliyani bosib oldi. 234.Angliyada mutlaq monarxiya va uning xususiyatlari (15-asr oxiri - 17-asr oʻrtalari) Mutlaq monarxiya (absolutizm) - oliy hokimiyatning huquqi hech qanday qonun bilan cheklanmagan yagona bir shaxs - monarx qo`lida to`planishidir. Boshqaruvning mutlaq monarxiya shakli siyosiy tarqoq mamlakatni yagona markaziy hokimiyat qo'1 ostida birlashtirish natijasida vujudga keldi. Mutlaq monarxiya mamlakat tarqoqligiga barham berdi. Chunonchi, qirol Genrix VIII Tyudor (1509- 1547) butun mamlakatni yagona markaz - Londonga bo`ysundirdi. Aynan mutlaq monarxiya feodallarning o`zaro ichki urushlariga barham bergan. Tyudorlar sulolasidan chiqqan yangi qirollar feodallar qo`shinlarini tarqatib yubordi. Bo`ysunishni istamagan feodallarning qo`rg`onlarini yer bilan yakson qildi. Isyonchilarning yerlari tortib olindi va qirollik mulkiga qo`shib yuborildi. Shaharlarning huquqlari cheklab qo`yildi. Toifaviy-vakillik organi bo`lmish parlament butunlay bo`lmasa-da, o`z ahamiyatini yo`qotdi. Yangi soliqlar joriy etish masalasidagina parlament roziligining shartligi belgilab qo`yildi. Ingliz qirollari veto huquqiga ega edilar. Bu huquq ularga parlamentning har qanday qarorini taqiqlay olish imkonini berardi. Mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo`nalishini parlament emas, tarkibini qirol tuzadigan Maxfiy Kengash belgilar edi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling