107. O’rta arslarda Xitoy madaniyati va fani. Qadimgi xitoyliklar boshqa Sharq
XVI asming Angliya tarixidagi o`rni
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
SONGI
XVI asming Angliya tarixidagi o`rni. XVI asr Tyudorlar sulolasi asri bo`ldi. Bu yuz
yillik Angliya tarixida chuqur iz qoldirgan uch yirik tarixiy hodisa bilan ajralib turadi. Bular - reformatsiya, mutlaq monarxiyaning kuchayishi va dengizda Angliya hukmronligining o`rnatilishi edi. Angliyadareformatsiya qirol Genrix VIII (1491-1547) hukmronligi davriga to`g`ri keldi. Angliyada reformatsiya xalqning talabi bilan emas, balki qirolning xohish va irodasi bilan amalga oshirildi. Genrix VIII qirol hokimiyatini yanada mustahkamlash uchun cherkovni yerdan va boshqa mol-mulklardan mahrum etisfi haqida farmon chiqardi. Ularga qarashli bo`lgan yerlarning 2/3 qismi sotib yuborildi. Angliyada protestantlik ta'limotiga amal qiluvchi cherkov anglikan cherkovi deb ataldi. Qirol cherkov boshlig`i deb e'lon qilindi. Rim Papasi hokimiyati inkor etildi. Katolik cherkovining boyliklari tortib olindi. 235.Tyudorlar sulolasining hokimiyatga kelishi (1485) va Angliyada mutlaq monarxiya oʻrnatilishi. Tyudorlar (Tudor) — Angliyadagi k,irollar sulolasi (1485 —1603). Qizil va Oq gullar urushidan soʻng hokimiyat tepasiga kelgan. Yangi dvoryanlar va shahar burjuaziyasiga tayangan. T. hukmronligi davrida absolyutizm shakllangan, ingliz cherkovi Vatikandan ajrab chiqib, mustaqil boʻlgan va qirol hokimiyatiga tobe ettirilgan (1534); 1588-yil Atlantika okeanidagi savdo yoʻllari ustidan nazorat qilish huquqiga ega boʻlish uchun Ispaniya bilan muvaffaqiyatli urush olib borilgan (1588-yil ispanlarni "Yengilmas armada" deb atalmish flotining tormor etilishi); Rus davlati bilan savdo aloqalari oʻrnatilgan (1553). Eng mashhur vakillari: Genrix VII, Genrix VIII, Eduard VI, Mariya I Tyudor, Yelizaveta 1. 271.Ikkinchi jahon urushining Italiya uchun natijalari. Italiya Italiyada Gitlerga o'xshash mafkuraga ega partiya hokimiyatni qo'lga kiritdi. Bu Benito Mussolinining Milliy fashistik partiyasi edi, u o'zini millatchi, ekspansiyachi va militarist deb e'lon qildi. 1936 yilda allaqachon Italiya Efiopiyani bosib oldi va 1939 yilda Albaniyani bosib oldi. Mussolini ham Gitler singari Italiya chegaralarini kengaytirmoqchi edi. Bir marta hokimiyat tepasida bo'lganida, u shaxsiy erkinliklarga chek qo'ydi va raqiblarini yo'q qildi. U Germaniya bilan Chelik shartnomalarini imzoladi. Fashistlar boshqaruvi va urush Italiya iqtisodiyoti va uning jahon maydonidagi ahvoliga ulkan zarar yetkazdi. Urush yillarida 500 mingga yaqin odam halok bo’ldi va nom-nishonsiz yo’qoldi. 20 foiz sanoat korxonalari va 40 foiz temir yo'1 hamda avtomobil yo’llari vayron etildi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi — 50 foizga, qishloq xojalik mahsulotlari — 40 foizga qisqardi. Ingliz va amerika bosqinchilik hukumatlari ishlab chiqargan moddiy mahsulotlar rekvizitsiyasi Italiya iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. Buning ustiga inflyatsiya kuchaydi. Oziq-ovqat, turar joy yetishmasligi kuchli sezildi. 2 millionga yaqin kishi ish-siz qoldi. Urush yillaridayoq antifashist tashkilotlari joylardagi hokimiyat organlari bo’lgan milliy ozodlik qo’mitalarini tashkil eldi. Ular 1945-yil iyunida fashizmni tor-mor etish va uning oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan bar-cha siyosiy kuchlar vakillari kirgan hukumatni tuzishdi. 1947-yil 10- fevralda Parijda imzo chekilgan tinchlik shartnomasiga ko’ra Italiya o’z mustamlakalarini yo’qotdi va anchagina miqdorda reparatsiyalarm (urush tovonlarini) to’lashi lozim edi. 23 yildan ziyod fashizm bilan kurashgan Italiya kommunistik partiyasi (IKP) xalq ishonchini qozongan edi. Birgalikdagi kurash kommunistlar bilan Italiya sotsialis-tik partiyasi ittifoqini mustahkamladi. 1946-yilda bu partiyalar o’rtasida birgalikda harakat qilish haqidagi bitim imzolandi. 1945-yil dekabrda IKP jamiyatdagi barcha qatlamlar ittifoqiga asoslangan "taraqqiyparvar demokratiyani" o’rnatish dasturini ilgari surdi. Kommunistlar chuqur demokratik o’zgarishlami anialga oshirish, respublika tuzumini e'lon qilish, Ta'sis majlisini chaqirish va yangi Konstitutsiyani qabul qilish zarur deb hisoblashdi. Ular sanoat va moliyaviy monopoiiyalarni natsionalizatsiya qilish, ishlab chiqarish ustidan mehnatkashlar nazoratini o’rnatish, yirik yer muiklarini tugatish va shu tariqa bo’shagan yerlarni yersiz dehqonlarga berishni talab qildilar. Kommunistlar shuni ta'kid-lashdiki, taraqqiyparvar de-mokratiya rivojining tugai maqsadi sotsializmdir, biroq Italiya kommunistlarining sotsializmi SSSR sotsia-lizmidan tubdan farqlanardi. U insonparvarlikning demok-ratiya tamoyillariga asoslanar va proletariat diktaturasi o’zboshimchaligidan yiroq oliy darajadagi sivilizatsiyaviy jamiyatni ko’zda tutardi. Palmiro Tolyatti. Italiya kommunistlarining yo’lboshchisi xalqaro ishchi-lar harakatining yirik arbobi Palmiro Tolyatti (1893— 1964-yillar) edi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling