14. Bosqin davrida qayerdagi budda ibodatxonasi haykallarning parchalab tashlangan?
A) Marv B) Termiz C) Buxoro D) Quva
15. Bosqin davrida qayerdagi saroy devorlariga solingan suratlardagi odam rasmlarining ko‘zlari o‘yilib, bo‘yinlariga qilich bilan chizib yuborilgan?
A) Varaxsha B) Termiz C) Afrosiyob D) Quva
16. Qaysi Xuroson noibi Mahalliy aholini Islom diniga kiritishga harakat qilib, masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun hatto ikki dirhamdan pul hadya etishni joriy etdi?
A) Ashros B) Qutayba C) Nasr ibn Sayyor D) Abu Muslim
17. Bosqin davrida qaysi shaharning markazida joylashgan zardushtiylar ibodatxonasini jome masjidiga aylantirildi? A) Marv B) Termiz C) Buxoro D) Quva
18. Movarounnahrda bo’lib o’tgan “ Oq kiyimlilar “ qo’zg’aloni nechanchi yillarni o’z ichiga oladi?
A) 720-728-y.y B) 747-749-y.y C) 769-783-y.y D) 806-809-y.y
19. Kimning davrida barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtirilib, yer egasining e’tiqodidan qat’i nazar ularning xiroj to‘lashi shart qilib qo‘yildi?
A) Nasr ibn Sayyor B) Ashros C) Abu Muslim D) Qutayba ibn Muslim
20. Arablar mahalliy aholi bilan yaqinlashib qarindoshlik aloqasini o‘rnatagan va namuna tariqasida buxorxudotning qiziga uylangan Xuroson noibi kim?
A) Said Xaroshiy B) Ashros C) Nasr ibn Sayyor D) Qutayba ibn Muslim
21. .... Muqanna jаsоrаtigа bаg‘ishlаngаn “Muqаnnа” drаmаsini yozgan?
A) Sadriddin Ayniy B) Hаmid Оlimjоn C) Maqsud Shayxzoda D) Abdurauf Fitrat
22. 717-719-yillarda arab xalifasi kim? A) Marvon II B) Ma’mun C) Umar ibn Abdulaziz D) Nasr
23. Quyidagilardan «Oq kiyimlilar» qo‘zg‘olonining mag’lubiyatga uchrashi sabablaridan birini aniqlang.
A) mahalliy mulkdorlarning birin-ketin arablar tomoniga o‘tib ketishi B) Ummaviylar sulolasining qo‘zg‘olonni bostirishga katta harbiy kuch yuborishi C) Robiya qal’asining dushmanga ochib berilishi
24. Quyidagi qaysi shaxslarning hukmronligi davrida Movarounnahrda islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya soliqlarini olmaslikka qaror qilingan? 1) xalifa Umar ibn Abdulaziz; 2) Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor; 3) Xuroson noibi Ashros; 4) xalifa Mansur. A) 1, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 2, 4
25. Quyidagi voqealardan Arab xalifaligida Muoviya I hukmronlik qilgan yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tganlarini toping. 1) Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoro hududiga bostirib kirdi; 2) arablarning Maymurg‘ga ilk hujumlari amalga oshirildi; 3) Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arablar Movarounnahrni zabt etishga kirishdi; 4) arablarning Chag‘oniyonga ilk hujumlari amalga oshirildi. A) 1, 3 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 4
Do'stlaringiz bilan baham: |