11- ma’ruza: siydik ayirish tizimining kasalliklari


Download 37.76 Kb.
bet1/2
Sana07.04.2023
Hajmi37.76 Kb.
#1338723
  1   2
Bog'liq
siydik ayirish sistemasia


11- Ma’ruza: siydik ayirish tizimining kasalliklari.


Reja: 11.1. Tizim kasalliklarining tarqalishi va iqtisodiy zarari, tasnifi va sindromlari.
11.2. Buyrak kasalliklari: nefrit, nefroz, nefroskleroz.
11.3. Pielonefrit,. Pielit, urotsistit, siydik pufagining kasalliklari.
11.4. Yirik shohli hayvonlarning surunkali gematuriya kasalligi
Tizim kasalliklarining tarqalishi va iqtisodiy zarari, tasnifi va sindromlari. Siydik tizimi buyraklar, siydik yo‘llari, qovuk va siydik kanali (uretr) dan tashkil topgan bo‘ladi. Koramollarda usti notekis ko‘p so‘rģichli buyrak bo‘lib, ung buyrak 1-5 bel umurtkalari kundalang usimtalari tagida, chapi esa umurtka pogonasi-dan 10-12 sm pastlikda unga osilgan bo‘ladi. Otlarda usti sillik bo‘lib, chap buyrak oxirgi qovurgadan to 3-4 bel umurtkalari ko‘ndalang o‘simtasi tagigacha etadi. Cho‘chqalarda usti sillik ko‘p so‘rgichli, 1- 4 bel umurtkalari ko‘ndalang o‘simtalari tagida joylashgan bo‘ladi. Quy va echkilarda usti sillik, chapi 4-6, ungi 1-3 bel umurtkasi usimtalari tagida joylashgan. Itlarda usti sillik, chapi 2-4, ungi 1-3 bel umurtkalari tagida joylashgan.
Buyrakning asosiy funksiyasi – siydik ajratish. Bu jarayon buyrakning tarkibiy birligi bo‘lgan nefronlarda amalga oshadi. Nefronlar buyrak to‘pchasi va egri kanalchalaridan tashkil topadi.
Siydikning xosil bo‘lishi – filtratsion-reabsorbsion-ekskretor nazariyaga asosan tushuniladi:

  1. Birlamchi siydikning qon plazmasidan ultrafiltratsiya oqibatida buyrak to‘pchalarida xosil bo‘ladi. Agarda albuminlarning kamligi hisobga olinmasa, birlamchi siydik qon plazmasiga yaqin bo‘ladi;

  2. Ikkilamchi siydikning buyrak egri kanalchalarida xosil bo‘lishi. Kanalchalarda albuminlar, glyukoza, aminokislotalar to‘liq suriladi, suv 80 % ga suriladi. Kreatinin, mochevina, inulin kabilar mutlaqo qayta so‘rilmay qisman so‘riladi (vit. C, oqsil bilan birikmagan so‘riladi oxirigacha va x.z.) va suv asosan Genle xalkasiga kelib suriladi.

Shunday qilib nisbiy kattikligi – 1,010 – 7,4 ga teng bo‘lgan siydik buyrak jomiga va so‘ngra yo‘lining motorikasi oqibatida, qovukka vakti-vakti bilan tushib turadi. Bu jarayonning amalga oshishida antidiuretin (gipof, reobsor. Kuchaytiradi), aldosteron buyrak usti bezi (reabs. Kuchaytiradi, K.ni kamaytiradi), dezoksikortikosteron, tiroksin (qalqon. Bez), estrogenlar, gialuoronidaza fermentlari aktiv ishtirok etadi. 1 litr siydik ajratilishi uchun buyrakdan 100 litr qon o‘tishi kerak.Buyrak kasalliklarining asosiy sabablari bo‘lib, shartli-patogen mikrofloraning stresslar ta’sirida virulentligining oshib ketishi, mikroblar ajratayotgan toksinlar ta’sirida buyraklarda yalliglanish va distrofiyalar bilan kechadigan allergik va autoimmun jarayonlarning paydo bo‘lishi, intensiv va bir tomonlama oziqlantirishlar ta’sirida modda almashinuvining buzilishlari hisoblanadi. Bular ta’sirida bir qancha kasalliklar kelib chiqadiki, bular barcha kasalliklar ichida 7-15 %-ni tashkil etadi.
Siydik sistemasi kasalliklari paytida quyidagi sindromlar paydo bo‘ladi:

  1. Siydikdagi o‘zgarishlar, (Dizuriya-siydik ajralishining buzilishlari) ya’ni siydik miqdori rangi, zichligi, oqsil miqdori, shakliy elementlar va x.z. miqdorlarining o‘zgarishi.


  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling