6 Ma’ruza: nafas tizimining kasalliklari
Download 94.13 Kb.
|
5-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Burundan qon ketishi (
6 - Ma’ruza: NAFAS TIZIMINING KASALLIKLARI
Tayanch iboralar: Rinit. Gaymorit. Frontit. Aeroforit. Laringit. Bronxit. Yod-gliserin. Trepanasiya. Aerozoloterapiya. Ingalyasiya. Mikrobronxit. Makrobronxit. Bronxiolit. Peribronxit. Nafas tizimi kasalliklarining tarqalishi, iqtisodiy zarari, tasnifi va asosiy sindromlari. Nafas a’zolariga burun, burun yo’llari, yuqori jag’ va peshona bo’shliqlari, otlarda havo xaltachasi, hiqildoq, kekirdak, bronxlar, o’pka va plevra kiradi. Bu tizimning asosiy vazifasi to’qimalarni kislorod bilan ta’minlash hamda ularda hosil bo’lgan karbonat angidridni tashqariga chiqarib yuborishdan iborat. Nafas tizimining kasalliklari oqibatida asab, yurak va qon tomirlar, ovqat hazm qilish va ayirish tizimlarining funksiyalari ham izdan chiqadi. Nafas tizimi kasalliklari yuqumsiz kasalliklar orasida katta salmoqqa ega bo’lib, qo’ylarning o’rtacha 27 %, cho’chqalarning 17 % va qoramollarning 11% kasalliklari ushbu tizim kasalliklariga to’g’ri keladi va katta iqtisodiy zararga sabab bo’ladi. Nafas tizimining kasalliklari yuqori nafas yo’llari (burundan qon ketishi, rinit, gaymorit, frontit, laringit, traxeit, bronxit) hamda o’pka va plevra (bronxopnevmoniya, krupoz pnevmoniya, plevrit, pnevmotoraks, gidrotoraks, emfizema) kasalliklariga bo’linadi. Burundan qon ketishi (Haemarrhagia narum) - burun hamda havo bo’shliqlari shilliq pardasidagi mayda qon tomirlarning asosan mexanik ta’sirotlar va bundan tashqari, issiq eltishi, jismoniy zo’riqish paytlarida, ba’zan yuqumli (kuydirgi) va yuqumsiz (leykemiya, skorbut, gemofiliya, qon-dog’ kasalligi) kasalliklar paytida qon tomirlarining shikastlanishi oqibatida paydo bo’ladi. Burundan qon ketishi asosan bir tomonlama va ba’zan ikki tomonlama amalga oshadi va bu paytda qizil yoki to’q-qizil rangda ketayotgan qon odatda tezda to’xtaydi. O’pkadan qon ketganda ko’pik aralash qon burunning ikkala teshigidan ham oqadi. Oshqozondan qon ketganda ham qon burunning har ikkala teshigidan kelsada uning rangi qizg’ish-qo’ng’ir tusda bo’ladi. Davolash. Hayvon salqin va tinch joyga o’tkaziladi va uning peshonasiga sovuq bosiladi, burni sovuq suv bilan yuviladi. Burunga 0,1 foizli adrenalin eritmasiga botirilgan tampon qo’yiladi va 2-3 % li tanin yoki achchiq tosh eritmalari sepiladi. Og’ir hollarda vena orqali 2-3 ml 0,1 foizli adrenalin eritmasi yoki 100-150 ml 10 foizli kalsiy xlorid eritmasi, teri ostiga vikasol yuboriladi va qon quyiladi. Download 94.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling