11- ma’ruza Yo‘l harakatini tashkil etishda intellektual tizimlar (4 soat) Maqsad
Avtomagistralga kirishni boshqarish tizimi
Download 66.43 Kb.
|
5, 6-маъруза-АТда Ахб — 4 соат
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transport oqimlarini boshqarishning intellektual tizimlari.
Avtomagistralga kirishni boshqarish tizimi.
Transport oqimi xavf chegarasida turgan ayrim transport vaziyatlarida ozgina to‘sqinlik ham tirbardlikni va ommaviy to‘qnashuvlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu to‘siqlar, avtomagistralga tutash yo‘llardan qaltis tarzda chiqib keladigan va avtomagistraldagi avtomobillar haydovchilarini tezlikni kamaytirishga va yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur qiluvchi avtomobillardir. Bunday hodisalarda ko‘pgina asoratlarni keltirib chiqaruvchi holatlar hosil bo‘ladi. «Ramp Metering» (RM – avtomagistralga kirishni boshqarish) tizimining ishlashi uchun, avtomagistralga kirish rampasi oldidan yaqinlashayotgan transport oqimi harakatining ko‘rsatkichlarini o‘lchash zarur. O‘lchash nuqtasigacha bo‘lgan masofa ruhsat etilgan tezlikka bog‘liq, lekin, uning qiymati 1000 – 1500 metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Bunda ham, har bir qatnov chizig‘idagi uchta ko‘rsatkich: intensivlik, tezlik va transport oqimi tarkibi aniqlanadi. Transport modeli muntazam ravishda joriy avtomagistralga kirish hududidagi transport oqimining holatini bashorat qiladi va yuklama darajasini baholab boradi. Svetofor yordamidagi boshqaruv tizimi tutash yo‘llardan chiqayotgan transport vositalari sonini “dozalaydi”. Yashil chiroqning yonish vaqti avtomagistraldagi transport oqimining joriy va oldindan prognoz qilingan holatidan kelib chiqib belgilanadi. Har doim ham, yashil chiroqning minimal yonish vaqtiga qat’iy rioya qilinmaydi. Transport oqimlarini boshqarishning intellektual tizimlari. Intellektual avtomagistrallar shunisi bilan xarakterliki, unda juda ko‘p transport, meteorologik va ekologik ma’lumotlar yozib boriladi. Bu tizimning tarkibiy qismiga, uzoq muddatli va qisqa muddatli cheklashlarni identifikatsiya qilish kiradi. Uzoq muddatli cheklashlarga yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan cheklashlar, qisqa muddatli cheklashlarga esa yo‘lning qatnov qismida turgan nosoz transport vositasi misol bo‘la oladi. Barcha olingan bunday ma’lumotlar tegishli ravishda qayta ishlanadi va tizim foydalanuvchisiga uzatiladi. Bu yerda, avtomagistralga kirishda yoki unda harakatlanish jarayonida olingan axborotlar nazarda tutiladi. 1. Axborot olish. Transportga aloqador axborotlar har xil manbaalardan va turli ko‘rinishlarda kelib tushadi. Unga namuna sifatida, transport oqimi intensivligi v tezligini hamda yo‘l holatini o‘z ichiga olgan meteorologik ko‘rsatkichlarni o‘lchaydigan transport vositalari datchiklarini keltirish mumkin. Bunday tarzda olingan axborotlarni real vaqt oralig‘ida avtomagistrallar va avtomobil yo‘llarini boshqarish markazlariga uzatish zarur. 11.1-rasm. ITTda axborot oqimlari. Transport axborotlarini uzatish. Qabul qilingan, filtrlangan va qayta ishlangan axborot foydalanuvchilarga boshqaruv markazlaridan turli usullarda uzatiladi (11.1-rasm). Amaliyotda, masalan, RDS-TMC tizimi yordamida lokallashtirilgan transport axborotlarini uzatish, DAB - raqamli radiouzatish yordamida, WAP – uyali telefon aloqasi orqali, DSRC – qisqa masofalarda aloqa qilish, shuningdek, harakat qatnovidan oldin Internet orqali olinadigan axborotlardan foydalaniladi. Transport oqimining barcha ishtirokchilariga ma’lumotlarni uzatishda axborot displeylari va boshqariladigan yo‘l belgilarini qo‘llash maqsadga muvofiq. Bu tizimlarning muhim qismi sifatida, konkret TV yoki transport vositalari haqidagi lokallashtirilgan axborotni uzatish imkonini beruvchi, transport vositasining joylashuvini raqamli kartalarda aniqlash hisoblanadi. Download 66.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling