11- mavzu: Nazorat qilishning usul va uslublari Nazorat qilishning asosiy usul va uslublari quyidagilar


Download 25.22 Kb.
Sana09.03.2023
Hajmi25.22 Kb.
#1256121
Bog'liq
11 Topshiriq


11- mavzu: Nazorat qilishning usul va uslublari
Nazorat qilishning asosiy usul va uslublari quyidagilar:
-Bolalar hayotini uyushtirish mashg'ulotlari, kun tartibining turli jarayonlarini kuzatish va tahlil;
-Pedagogik va moliyaviy, xo'jalik ish hujjatlarni o'rganish va tahlil qilish;
-Bolalar ishlarini tahlil qilish: Mudira, tarbiyachilar, ota-onalar va bolalar bilan (ularning bilimi, ongi, nutqining rivojlanishini aniqlash maqsadida) suhbatlashish;
-«Pedagogik kengash», «Ishlab chiqarish majlislarida», ota- onalar kengashlarida ishtirok etish;
-Jamoat tashkilotlari vakillari bilan suhbatlashishdan iborat.
Bu usul va uslublarni qo'llash - nazorat qilish turiga, qaysi guruhda tarbiyaviy jarayonning qaysi qismi yoki tashkilot moliyaviy-xo'jalik ishlarining qaysi tomonlari tekshirishga, nazoratchi-metodistning mutaxassisligi va ish tajribasiga bog'liqdir. Bu ko'p qirrali usullarni qo'llash - maktabgacha ta’lim ishini har tamonlama o'rganishda g'oyat ahamiyatlidir.
Kuzatish usuli - bu pedagogik jarayondagi yutuq va kamchiliklarni, ishdagi qiyinchiliklarni yo'qotish va ta'lim- tarbiyaviy ish sifatini o'stirishni ta'minlaydi. Kuzatish - pedagogik jarayonini, metodik va moliyaviy- xo'jalik faoliyatining ahvoliga to'g'ri baho beradi va kerakli xulosalar chiqaradi.
Frontal-yalpi - yangi tekshirish turida bu usul kun davomida tekshirilayotgan pedagogik jarayonni o'z ichiga oladi, bunda: rejali, talim-tarbiya ish mazmunini va turli tarbiya ishini muvofiqlashganligi, maishiy hayotda bolalar hayotini va tarbiyasini tashkil etish, o'quv-tarbiya usul va uslublarini tashkil etish, bolalarning o'yini, mehnati faoliyatlari kuzatiladi.
Tematik nazorat turida esa kuzatish usuli tanlangan temaga va uning xarakteriga bog'liqdir. Agar ahvoli kuzatilayotgan bo'lsa, unda tekshiruvchi mashg'ulotlarini chuqur kuzatadi, uning dastur mazmuniga, tuzilishiga, metodikasiga chuqur ahamiyat beradi.
Topshiriqni bajarish tartibi: Nazorat qilishning usul va uslublarini “Qanday” texnalogiyasi yordamida yoritib bering, va rasmga olib platformaga joylang
Download 25.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling