11- mavzu. Yerlarni baholash, iqtisodiyot tarmoqlarida uning ahamiyati Reja
Download 20.39 Kb.
|
11- MAVZU.Yerlarni baholash, iqtisodiyot tarmoqlarida uning ahamiyati Reja: 1. Yerlarni baholash yer kadastrining tarkibiy kismi 2. Tabiiy, sun’iy, tuproq unumdorliklari. 3. Potensial yoki xakikiy xamda iktisodiy unumdorlik. Tayanch so‘z va iboralar: Asosiy yer hisobi, joriy hisob, hisob ma’lumotlari, yer maydonlarining tezkor hisobi. Yerlarni baholash yer kadastrining tarkibiy kismi bulgani xolda shu bilan birga xalq xo’jaligida foydalaniladigan tabiiy resurslarni umumiy tarzda baholashning bir kismidir. U joyning mintaqaviy farkini hisobga olish va takkoslash bo’yicha muhim muammolardan biri sifatida gavdalanadi. Baholash muammosini muvafakiyatli xal qilish eng avvalo uni ob’ekti va subektini to’g’ri belgilashdan iborat. Yerning qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatidagi xususiyati - unumdorligidir. Yer maydonini usimliklarni unga zarur bulgan ozuka moddalari va namlik bilan ta’minlay olish kobiliyatiga tuproqlar unumdorligi deyiladi. Iktisodiyot fanida kuyidagi tuproq unumdorliklari mavjud; tabiiy, sun’iy, potensial, xakikiy xamda iktisodiy. Tabiiy unumdorlik tabiatning uzi orkali xosil buladi. U uzoq davom etadigan tuproq paydo bulish jarayoni natijasida iklim, usimliklar, joyning relefi, ona jinslarining ta’siri ostida paydo buladi va rivojlanadi. U tuproqning fizik, kimeviy va biologik xossalari bilan tavsiflanadi. Ammo tabiiy unumdorlikka asoslanib yerning xakikiy sifatiga baxo berib bulmaydi. Tuproqda xakikatda juda kup miqdorda ozika moddalar bulishi mumkin, ammo turli sabablarga kura (namlik, yoruglik va b) ular usimliklar uzlashtira olmaydigan yoki kam uzlashtiradigan shaklda bulishi mumkin. Sun’iy unumdorlik tabiiy unumdorlikka ega bulgan yer uchastkalarida tuproqka inson mexnatining kushilishi natijasida xosil buladi. Boshkacha kilib aytganda, tabiiy unumdorlikka ega bulgan yer uchastkalari inson faoliyati uchun mexnat predmeti hisoblanadi. Potensial yoki xakikiy unumdorlik deb, tabiiy-iklimiy va boshka omillarni hisobga olgan xolda tuproqning qishloq xo’jalik ekinlarini ozuka moddalariga bulgan talabini kondirish kobiliyatiga aytiladi. Insonning asosiy vazifasi shu jarayonni boshkarish, tuproqni ishdan chikishiga yul kuymaslik, undagi ozika moddalarni usimliklar uzlashtirishiga imkon yaratishdan iborat. Yer maydonlarining chegaralanganligi, tuproqlarning xilma-xilligi, qishloq xo’jalik maxsulotlariga bulgan talabning doimo usib borishi sifat jixatidan afzal va afzal bulmagan yerlardan xam foydalanishni talab etadi. Bu esa uz navbatida kapital mablaglar xajmini oshirish va shu bilan ma’lum bir potensial unumdorlikka ega bulish evaziga erishiladi. Shu asosda tuproqning iktisodiy unumdorligi vujudga keladi. Iktisodiy unumdorlik tuproq unumdorligining xakikiy ifodasi sifatida gavdalanadi xamda u dehqonchilik madaniyatining unumdorlik darajasi sifatida tavsiflanadi. Tuproqning iktisodiy unumdorligi sarflangan kapital mablaglar miqdoriga, ishlab chikaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosobatlarining rivojlanish darajasiga, maxsulotlarni kayta ishlash, sotish va boshkalarga boglikdir. Iktisodiy unumdorlik absolyut va nisbiy unumdorliklarga bulinadi. Absolyut ma’lum bir sharoitda yetishtirilgan maxsulotlar miqdori bilan ifodalanadi va ma’lum birlikdagi yer maydonining xosildorlik kursatkichi yordamida tavsiflanadi. Nisbiy-turlicha yer maydonlarining kayd qilinganunumdorligi bilan ifodalanadi xamda ma’lum xarajatlar evaziga olinadigan maxsulot miqdori bilan tavsiflanadi. Ushbu unumdorliklar darajalarini aniqlash maqsadida tuproqlar bonitirovkasini va yerlarni iktisodiy baholash singari maxsus yer baholash ishlarini o‘tkazish zaruriyati tugiladi. E’tirof etish joizki, iqtisodiyoy muammolar ichida O‘zbekiston Respublikasi uchun mavjud foydalanilayotgan yerlar samaradorligini oshirish, yerlarni muhofaza qilish, tuproqlar unumdorliklarini tiklash va oshirib borish kabilar muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ushbu masalalarni har tomonlama to‘g‘ri hal qilish iqtisodiyot tarmoqlarida yerdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan qator muammolarni oqilona yechishda yer baholash ma’lumotlaridan foydalanish so‘zsiz ijobiy samara beradi. Jumladan, yer baholash materiallari quyidagi qator masalalarni ijobiy hal qilishda foydalaniladi: qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini to‘g‘ri joylashtirish; qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorliklarini rejalashtirish; qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarish faoliyatlarini tahlil qilish asosida yerdan va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajalarini aniqlash; yer solig‘i stavkalarini belgilash; ijara haqi miqdorlarini aniqlash; qishloq xo‘jalik yerlarini noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun ajratishda qishloq xo‘jaligi ko‘radigan zararni o‘rnini qoplash miqdorlarini hisoblash; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish baholarini belgilash; xo‘jaliklararo va xo‘jalikda ichki yer tuzish loyihalarini asoslash va boshqalar. SAVOLLAR: Yerlarni baholash nima, uning qisqacha mazmuni. Yerlarni baholashning asosiy manbaasi nima? Qanday iqtisodiyot masalalarini hal qilishda yer baholash ma’lumotlaridan foydalaniladi? Download 20.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling