11, 12 – Ma’ruza Mavzu : Mexanik kattaliklarni o’lchashning asosiy qurilmalari Reja
-rasm. Printsipial elektr sxemalarda normal yopiq kontaktning belgilanishi
Download 423.83 Kb.
|
11-12 Maruza
20.7-rasm. Printsipial elektr sxemalarda normal yopiq kontaktning belgilanishi
Bunday kontakt xavfsizlik nuqtai-nazaridan ishlatilgan. Masalan, jihozni ishga tushirish-to`xtatish knopkasi uchun normal yopiq kontakt ishlatiladi. Bunda knopka bosilmaganda kontakt orqali elektr toki o`tadi va jihoz ishlash holatida bo`ladi. Knopka bosilganda tok o`tishi yopiladi va jihoz ishdan to`xtatiladi. Bunday holatda normal ochiq kontakt qo`llanilganda knopka ishi ishonchli bo`lmaydi, chunki tok o`tayotgan o`tkazgichni ochganda elektr zanjirni ishlatib bo`lmaydi, bu esa garantiyali jihozni ishdan to`htatishini ta`minlay olmaydi. Induktiv kontaktsiz datchikning ishlash printsipi datchik ichida joylashgan induktivlik katushkasi hosil qiladigan magnit maydoni parametrlarini o`zgarishiga asoslangan. Induktiv katushkasi – uning induktivligidan foydalanish uchun mo`ljallangan elektr zanjiri elementidir. Induktivlik (yoki o`zinduktsiya koeffitsienti) – yopiq konturda oqayotgan elektr toki va kontur yuza qismi orqali elektr toki tomonidan hosil qilingan to`liq magnit maydoni orasidagi proportsionalnik koeffitsientidir. Induktivlik jismning mexanik inertsiyasiga monand elektr inertsiyasi hisoblanadi. O`tkazgichning o`zkazgichda tokning paydo bo`lishi, yo`qolishiga va o`zgarishiga qarshilik qilish xususiyati belgilaydi. Formulasi: Ψ = L I Ψ — magnit maydoni oqimi, I — konturdagi tok kuchi, L — induktivlik. Induktiv datchiklarning ishlash printsipi datchikning avtik zonasiga ma`lum o`lchamga ega bo`lgan metall, magnit, ferro-magnit yoki amorf materialni kiritilganda generatorning tebranish amplitudalarini o`zgarishiga asoslangan. Yakuniy viklyuchatelning sezgir yuzasiga tok berilganda o`zgaruvchan magnit maydoni paydo bo`ladi. U kiriltilgan materialda to`lqinli tok hosil qiladi. Bu tok generatordagi tebranishlar amplitudasi o`zgarishiga sabab bo`ladi. Natijada nazorat qilinayotgan jism va datchik orasidagi masofa o`zgarishiga bog’liq bo`lgan analogli chiqish signali ishlab chiqiladi. Download 423.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling