20.8-rasm. Induktiv viklyuchatellar quyidagi asosiy qismlardan tartib topgan:
1-Generator: ob`ekt bilan elektrmagnit maydon ta`sirini yaratadi;
2-Demodulyator: yuqori chastotali modullangan tebranishlardan kerakli axborotlarni ajratadi;
3-Shmitt triggeri: o`chirish/yoqish o`tishida gisterezisni ta`minlaydi
4-Kuchaytirgich: signal amplitudasini kerakli qiymatgacha kuchaytirib beradi
5-korpus datchikni o`rnatish va mexanik ta`sirlardan homoyalash uchun kerak.
Sig’im datchiklari
Sig’im datchiklari – parametrik tipidagi o`zgartirgich bo`lib, unda o`lchanayotgan kattalik qiymati kondensator sig’imi o`zgarishiga o`zgartiriladi.
Siljish sig’imli datchiklar.
Bu datchiklar ishlash printsipi asosida kondensator sig’imi bilan uning geometrik konfiguratsiyasi orasidagi bog’liqlik yotadi. Oddiy sharoitda tashqi fizik kuch ta`siri ostida plastinalar orasidagi oraliqning o`zgarishi haqida boradi (20.9 -rasm). Kondensator sig’imi plastinalar orasidagi oradiq miqdoriga nisbatan teskari proportsional ravishda o`zgarishini hisobga olib plastinalar orasidagi oraliqqa qarab sig’imni aniqlash mumkin (boshqa parametrlar aniq bo`lganda). Sig’imning o`zgarishini har xil usullar bilan qayd qilish mumkin (masalan, uning impedansini o`lchash bilan). Ammo hamma hollarda kondensatorni elektr zanjirga ulash kerak bo`ladi.
Elektr impedance (murakkab elektr qarshilik) (ingliz. impedance dan lot. impedio “oldini olish”) garmonik signal uchun sxemaning ikkita tugunlari yoki ikki terminalli tarmoq o'rtasidagi murakkab qarshilik.
20.9-rasm. Oraliq miqdori o`zgaruvchi chiziqli siljish sig’imli datchigi
Boshqa bir sxema, chiqish parametri elektrik sig’im bo`lgan sxemada harakatchan dielektrik mavjud (20.10 -rasm). Dielektrik plastinani kondensator qisqichlari orasidan siljishi kondensator sig’imi o`zgarishiga olib keladi. Bu dielektrik plastina nazorat qilanayotgan ob`ekt bilan mexanik bog’langan bo`ladi. Agar naxorat qilinadigan ob`ektning o`zi dielektrik bo`lsa, unda ushbu ob`ekt bevosita plastina sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |