E’tibor. Bu aslida qanday tushuncha? Kundalik hayotimizda qanday ahamiyatga ega? E’tibor bu eng qadrli va qimmatli hissiyotlardan biridir
Download 14.37 Kb.
|
Maqola 2
E’tibor… E’tibor. Bu aslida qanday tushuncha? Kundalik hayotimizda qanday ahamiyatga ega? E’tibor bu eng qadrli va qimmatli hissiyotlardan biridir. E’tibor natijasida insonlar bir-biriga yaqinlashishi yoki, aksincha, bir- birlari bilan yuz ko’rmas bo’lib ketishlari mumkin. Keling, o’zimizga savol berib ko’ramiz. Bizning e’tiborimiz nimalarga ko’proq qaratilyapti yoxud nimalar e’tibordan chetda qolib ketyapti? Hech birimizga sir emaski, hozirgi kunda hammaning asosiy e’tibori telefon, kompyuter hamda ijtimoiy tarmoqlarga qaratilgan. Ota -onalarimiz, yaqinlarimizdan hol-ahvol so’rash, xabar olish yodimizdan ko’tarilishi mumkin, lekin telefonda soatlab suhbatlashish, ijtimoiy tarmoqlarda do’stlarimizni kuzatish, turli seriallar qahramonlari hayoti haqida yangiliklarni o’qish hech qachon e’tibordan chetda qolmydi. Bugungi kunga kelib nimaga oilada ota-ona va farzandlar, aka- uka yoki opa- singillar o’rtasida kelishmovchiliklar ko’payib ketdi deb o’ylaysiz? Mening fikrimcha, hammasi e’tibor va mehr-muhabbat bilan bog’liq. Nima uchun onalarimizga kam e’tibor qaratamiz? Axir bizni shu kunga yetishimizga ular sababchi emasmi? Shunda ham onalarimiz hech qachon nolimaydilar, tezroq xabar olib tur demaydilar. Zero, gul hech qachon suvga ehtiyojim bor demaydi, ammo suv quymasangiz so’lib qoladi. Bir kungina telefonimiz ishlamay qolsa, siqilamiz, dunyo ko’zimizga tor bo’lib ko’rinadi. Yaqinlarimizdan biri betob ekanligini eshitsak ham qandaydir ishlarimizni bahona qilib xabar olishni ortga suramiz. E’tiborimizdan chetda qolib ketayotgan narsalar, aslida, borlig’imiz, hayotimizning asl mazmuni ekanligini anglab yetgunimizcha ko’plab yo’qotishlarni boshdan kechirishimiz shartmi? Aniq ayta olamanki, har bir inson vujudida faqat ezgulikka chorlab turuvchi qalb bor. Qalbimizga quloq tutib ko’raylik, hatto vujudimizdagi o’z qalbimiz ham e’tiborga muhtoj. U xohlagan baxt va quvonchni nimalarga almashtirib yuboryapmiz? E’tiborimizni kerakli insonlarga kerakli vaqtda qarata olsak, bizdan baxtli inson bo’lmasdi…Agar biz kerakli insonimizga vaqt ajrata olmasak, vaqt bizni kerakli insonlarimizdan ajratadi. Vaqti kelib yaqin insonlarimiz hayotdan ko’z yumganlarida biz ularga ijtimoiy tarmoqlar orqali savob yo’llay olmaymiz… Muallif: O’zDJTU Rus filologiyasi fakulteti 1- bosqich talabasi Abduqaxxorova Gulnoza Download 14.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling