11.2-MAVZU: TURIZMNI REJALASHTIRISHDA INVESTISION
DASTURLARNI QO’LLASH.
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
11.2.1. Iqtisodiy mezonlar bo’yicha investitsion loyihalarni tanlash.
11.2.2. Investitsiyalarning qoplanish muddatini va sof diskontlangan
(keltirilgan) daromad (NPV) ko‘rsatkichlarini hisoblash.
11.2.3.Investitsiya
faoliyatining
davlat
tomonidan
tartibga
solinishining hususiyatlari.
11.2.4. O’RTMT: Turistik faoliyatdagi xavf-xatarlar
va ulami bartaraf
qilishning chora- tadbirlari.
Tayanch so’z va iboralar: moliyaviy – investitsion strategiya,
investitsiya,
investitsion faoliyat, elektron biznes, moliyaviy investitsiyalar, real investitsiyalar,
tijoriy samaradorlik,
byudjet samaradorligi, resurslarni differentsiyalash,
standart
me’yorlar, tovar yoki xizmatlar.
11.2.1 Iqtisodiy mezonlar bo’yicha investitsion loyihalarni tanlash.
Korxonaning strategik maqsadlari rivojlanishi bilan bog’liq holda, investitsion
dasturga ayrim strategik maqsadlariga qaratilgan har xil loyiha turlarini kiritish
mumkin.
Loyihalar quyidagi turlari buyicha tavsiflanadi :
1.Investitsion loyihalar muddatli davri bo’yicha:
• Qisqa muddatli (1 yilgacha)
• O’rta muddatli (2 yilgacha)
• O’zoq muddatli (2 yildan ortiq )
2. Amalga oshirish darajasi bo’yicha
• Makroloyihalar (davlat va davlataro) miqyosida.
• Megaloyihalar (mintaqa va tarmoqlararo miqyosida)
• Mikroloyihalar (tarmoq va korxona miqyosida)
3. Hamkorlar tarkibi buyicha
• Xalqaro, davlat, mintaqalararo, mintaqa, tarmoq holdinglar va kontsernlar.
1.Joriy qilish murakkablik darajasi buyicha monoproektlar (alohida, bir – biri
bilan bog’liq bo’lmagan).
- multiloyihalar (bir – biri bilan bog’liq loyihalar va 1 dastur va maqsadning
realizitsiyasiga qaratilgan);
- kompleks loyihalar (har xil funktsional yo’nalishdagi innovatsion dasturlar
jamlamasining strategik maqsadlarni rivojlantirishni joriysiga qaratilishi).
2.Funktsional yo’nalishlari bo’yicha (ilmiy – texnik, tashkiliy.
iqtisodiy,
qurilish, ishlab – chiqarish, moliyaviy loyihalar va sifatini oshirish bo’yicha
loyihalar)
3.Yangilik darajasi bo’yicha printsipial jihatdan yangi
loyihalar, evolyutsion
loyihalar, mahsulotlarni modernizatsiyasi bo’yicha loyihalar, ishlab chiqarish
tamirlash loyihalari.