11 Amaliy dars


Download 21.22 Kb.
bet4/4
Sana04.02.2023
Hajmi21.22 Kb.
#1160938
1   2   3   4
Bog'liq
11. Амалий

Loyihalash tajribasidan ma’lumki ishlab chiqarish majmualaridagi qurilishlarni joylashtirishning pavilon va blok usullari mavjud.
Pavilon usuli asosan bir qavatli va alohida-alohidaquriladigan bino va inshootlarni joylashtirishda bir necha turi ma’lum bo‘lib qator yoki batareya, perimetr bo‘ylab, nur, aylana shaklida, gurux-gurux va aralash xolda joylashtirish mumkin.
1. Qator yoki batareya usulda bino va inshootlarni bir-biriga parallel ravishda joylashtiriladi. Binolar soni ko‘p bo‘lganda, ikki va undan ko‘proq qator etib joylashtirilishi mumkin. Bu usul chorvachilik fermalarda oziq-ovqat va boshqa hovlilarning loyihalarini tushizda qo‘llaniladi.
2. Perimetr bo‘ylab joylashtirish usulda binolar hovli va majmuaning permetri bo‘ylab joylashtiradi. Lekin majmua bir tomoni ochiq ham bo‘lishi mumkin.
Bu usul, mashina-traktor parki, qurilish va boshqa hovlilarning loyihasini tuzishda ko‘proq qo‘llaniladi.
3. Nur shaklidagi usulda binolar umumiy markazdan ma’lum bir radiusda nurning tarqalish shaklida joylashtiriladi. Bu usul ko‘proq chorvachilik fermalarida qo‘llaniladi. Bunda em-xashak tayyorlanadigan sex markazda joylashadi. Unga nisbatan ma’lum radiusdagi aylana buylab sigirxona, buzoqxonalar joylashtiriladi va em-xashak tarqatish kulay bo‘ladi.
4. Aylana shakldagi usulda, binolar yopiq yoki yarim aylana buylab joylashtiriladi. Bu usul ishlarning bajarilishi maydonning markazida joylashgan inshoot bilan bog‘liq bo‘lganda qo‘llaniladi.
5. Gurux-gurux kilib joylashtirish usulining moxiyati shundan iboratki bino va inshootlarning umumiy talabiga bir xil javob berish (o‘xshashligi, ish jarayonining bir xilligi va xokazolar), ishlarning tugallanishiga bog‘liq bo‘lganligi hisobga olinadi.
6. Erkin joylashtirish usulda, bino va inshootlarning joylashtirish to‘g‘ri geometrik щshaklga ega bo‘lmasdan erkin joylashadi.
Bu usulning qo‘llanilishi tabiiy sharoitga bog‘liq bo‘ladi.
7. Aralash joylashtirishda, er sharoitini va majmua bino va inshootlarni loyihada saqlab qolinganda majmuaning bir qismida qator yoki permetr buylab, boshqa qismida esa erkin joylashtirish usullari qo‘llaniladi.
Blok usuli-asosiy va yordamchi binolar bir yoki bir necha bloklarga birlashtirib quriladi. Bunda tom boshi birlashtirib yopiladi va devorlar orasida yullar joylashtiriladi. (56-rasm).
Binolar va inshootlarni joylashtirishning blok usullari qo‘yidagilar:
1. YOppasiga, bir necha, bir qavatli binolar bir tomboshi ostiga joylashtiriladi. Bunday usul asosan issiq xona va paykalar loyihalarini tuzishda qo‘llaniladi.
2. Arra yoki shifersimon seksiyali usulda binolar oraligida yopiq va yarim yopiq hovli koldiriladi. Bu usul chorvachilik fermalari va yopiq issiq pakkallarning loyihalarining tuzishda qo‘llaniladi.
3. Kvartal-panel shaklida joylashtirish usulda ishlab chikarish majmuasi maydonining katta kichikligiga qarab to‘g‘ri burchakli tur shaklidagi yulchalar bilan chegaralangan kvartallarga bo‘linadi.
Umuman, hamma ishlab chiqarish majmualarini joylashtirish usullari, ularning turiga, yunalishiga katta-kichikligiga, tabiiy vaiktisodiy sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.
Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling