11-Amaliy mashg’ulot: Deformatsiya choklarining turlari


-rasm. Deformatsiya choklari ustini yopish


Download 0.7 Mb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1152059
1   2   3
Bog'liq
11-амалий дефор. чок тури

121-rasm. Deformatsiya choklari ustini yopish:
1 – yopma plitasi; 2 – bug‘dan izolyasiya qatlami; 3 – issiqlik izolyasiyasi; 4–sement qorishmasidan qilingan tekislovchi qatlam; 5 – ruxlangan tunuka fartuk; 6 – ruxlangan tunukadan ishlangan yuqori kompensator; 7 – ikki qatlam ruberoid; 8 – chirishga qarshi ishlov berilgan kesimi 120x55mm li taxta; 9 – kesimi 120x120x60 mm li chirishga qarshi ishlov berilgan probka har 600 mm da; 10 – g‘ishtin devor; 11 – ostki kompensator; 12 – mineral paxta; 13 – ichki ko‘ndalang devor.
Devorlari ko‘taruvchi bo‘lgan binolarda antiseysmik choklar qo‘shdevor o‘rnatish bilan sinchli binolarda esa yonma-yon ramalar o‘rnatish orqali hosil qilinadi. Choklar eni elementlari erkin gorizontal siljishlarni ta’minlashi kerak. Poydevorda choklar, agarda bir vaqtning o‘zida cho‘kish choki bo‘lmasa, qoldirilmasa ham bo‘ladi.
Agar bo‘sh, kuchsiz, yirik g‘ovaklari ko‘p, tez cho‘kuvchi gruntlar qatlamlari juda qalin bo‘lsa, o‘ta nam, botqoqsimon gruntlar bo‘lsa, u holda qoziq (svay) poydevorlar qo‘llaniladi. Cho‘kuvchanligi yuqori, namligi yuqori bo‘lgan gruntlar qatlami juda qalin bo‘lsa, osilib turuvchi qoqiladigan poydevorlar, agar qatlam namligi uncha qalin bo‘lmasa unda qoqiladigan tik turadigan poydevor ishlatilib, poydevor qozig‘i pastda joylashgan mustahkamligi yuqori bo‘lgan gruntga kamida 1-2 m chuqurlikda qoqiladi.
Bulardan tashqari noqulay gruntli sharoitlarda quyiladigan qoziq poydevor ishlatilishi ham mumkin (1.17-rasm).
Noqulay injener-geologik sharoitlarda quriladigan bino va inshootlar mustahkamligini oshirish maqsadida o‘rnatiladigan deformatsiya choklariga ham alohida e’tibor beriladi. Deformatsion choklarga asosan
1.17.Rasm. Noqulay gruntli yerlarda o‘rnatiladigan qoziqsimon poydevorlar
a-ustun qoziq ; b, v- osma qoziq; 1-qoqiladigan qoziq; 2-quyiladigan qoziq; 3-temirbeton rostverk.
Bino ekspluatatsiyasi mobaynida kuch va ta’sirlar sababli binoning deformatsiyalanishi kuzatiladi. Ushbu deformatsiyalanish natijasida binoning asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarida yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. Mazkur yoriqlarni oldini olish maqsadida, binoda deformatsion choklar loyihalaniladi.
Deformatsion choklar binoning asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyasi turiga qarab, qo‘shaloq devor yoki qo‘shaloq kolonnalar bilan ajratiladi.
Agar bino devori mayda to‘ldirgichlardan yoki quyma monolit ko‘rinishda bo‘lsa, deformatsion chok tirqishining qalinligi kamida 3 sm va bino balandligi har 5 metrga ko‘tarilganda 2 sm dan qo‘shib boriladi. Yig‘ma karkas panelli binolarda esa kataloglarda deformatsion choklarda loyihalanadigan poydevorlarda ko‘rsatiladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling