11-amaliy mashgʻulot. Farmoyish hujjatlari va ularning turlari. Hisobot reja
Download 45.41 Kb.
|
11~4
11-amaliy mashgʻulot. Farmoyish hujjatlari va ularning turlari. HISOBOTReja: 1. Farmoyish, koʻrsatma. 3. Guvohnoma, dalolatnoma, ishonchnoma. FARMOYISH. Muassasa ma’muriyati (direktor, uning oʻrinbosarlari, bosh muhandis, uning oʻrinbosarlari), shuningdek, boʻlimlarning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinidigan hujjat. Odatda farmoyishlarning amal qilish muddati cheklangan boʻlib, boiimlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli boʻladi. Farmoyishning matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida «BUYURAMAN» soʻzi oʻrniga «TAVSIYA QILAMAN», «RUXSAT BERAMAN» kabi iboralar ishlatiladi. KOʻRSATMA. Idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bogʻliq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Koʻrsatmalarga birinchi rahbar, shuningdek, lozim boʻlsa, bosh muhandis, ularning oʻrinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Koʻrsatma muassasaning xos ish qogʻoziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon «maqsadda», falon «buyruqni bajarish uchun» kabi taomilga kirgan iboralar qoʻllaniladi va «YUKLAYMAN», «TAVSIYA ETAMAN» soʻzlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, «TAVSIYA ETAMAN» soʻzi qoʻllanadi. Koʻrsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga oʻxshash boʻladi. Muayyan shaxsning xizmat va boshqa xolatlarni, shuningdek,biror ishga (masalan, taftish oʻtkazishga) oid vakolatini koʻrsatuvchi hujjat. Har bir kishi ishga qabul qilinganda kadrlar boiimi (yoki kadrlar ishi bilan shugʻullanuvchi lavozimdagi shaxs) dan guvohnoma oladi. Bunday guvohnoma yonda olib yurishga moslashtirilib, daftarcha shaklida tayyorlanadi. Uning zaruriy qismlari: 1. Hujjatning nomi («Guvohnoma» soʻzi odatda muqovaga yoziladi). 2. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi. 3. Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi. 4. Lavozimi. 5. Guvohnomaning amal qilish muddati. 6. Idora rahbarining imzosi. 7. Shaxsning imzosi. 8. Surati. 9. Muhr (bir qismi suratga ham bosilishi kerak). Xizmat safari guvohnomasi xodim zimmasiga safar vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beradi. Uning zaruriy qismlari: 1. Hujjatning nomi (xizmat safari guvohnomasi). 2. Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi. 3. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi. 4. Boriladigan joylar (shahar yoki boshqa aholi manzillari) va tashkilotlar nomlari. 5. Xizmat safari muddati (necha kunligi koʻrsatiladi, dam olish kunlari, borish va kelish kunlari ham shu muddatga kiritiladi). 6. Xizmat safariga asos boʻlgan buyruq yoki farmoyishning tartib raqami, sanasi. 7. Guvohnomaning orqa tomonida; xizmat safarida boʻlgan joylar (shahar va muassasa nomlari) va u yerdan joʻnab ketilgan vaqtlar qaydi (muhr va imzo bilan tasdiqlanadi). Xizmat safari guvohnomasi muassasa rahbari buyrugidan soʻng xodimning qoʻliga beriladi. Xizmat safariga joʻnab ketish oldidan va qaytib kelgandan soʻng oʻsha sanalarni koʻrsatib, muassasa mansabdor shaxsi guvohnomaning tegishli joyiga imzo chekadi va muhr bosadi. Umuman, xizmat safari guvohnomasini rasmiylashtirishda muhrlar va imzolar boʻlishiga alohida ahamiyat berish kerak, aks holda, xizmat safari bilan bogʻliq sarflar boʻyicha hisob-kitob qilishda guvohnoma hujjat vazifasini oʻtay olmaydi. Xizmat safari guvohnomasi maxsus blankaga rasmiylashtiriladi. Shaxsga muayyan malaka berilganligi haqidagi guvohnoma va shu turdagi boshqa guvohnomalarda uning muddati koʻrsatilmaydi, malaka komissiyasi raisi va a’zolari imzosi boʻladi. Biror shaxsga muayyan imtiyoz berilganligi haqidagi guvohnoma matnida tegishli qonun yoki hukumat qaroriga havola yozilishi kerak. Download 45.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling