11-amaliy mashgʻulot. Farmoyish hujjatlari va ularning turlari. Hisobot reja
Download 45.41 Kb.
|
11~4
- Bu sahifa navigatsiya:
- «...haqida»
DALOLATNOMA. Hujjatning bu turi ish jarayonida xodim yoki tashkilot va uning boʻlinmalari faoliyatida biron bir voqea-hodisaning yuz berganligini tasdiqlash maqsadida tuziladi hamda bir necha kishi, asosan shu ishga aloqador boʻlgan mas’ul xodimlar tomonidan imzolanadi. Agar u tekshirish natijalariga koʻra tuzilsa, bir kishi – taftishchi yoki nazoratchi tomonidan imzolanishi ham mumkin.
Dalolatnoma ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, ayniqsa moliya va hisob-kitob ishlarini yoʻlga qoʻyishda, umuman pul va materiallar hisob-kitobi bilan bogʻliq holatlarda keng qoʻllaniladi. Dalolatnomalar tegishli taftish oʻtkazilgandan keyin, rahbarlik almashtirilayotganda, moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga oʻtkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan oʻtkazish chogʻida, qimmatdor buyumlarni hisobdan oʻtkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat boʻyicha qabul qilib olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash jarayonlarini oʻrganishda va boshqa hollarda tuziladi. Dalolatnoma u tuzilayotgan tashkilot yoki muassasa, nima maqsadda tuzilayotganligini ifodalovchi sarlavha, oʻrtadan yoziladigan Dalolatnoma degan soʻz, tuzilgan vaqti va joyi, yangi qatordan uni tuzish uchun asos boʻlgan qaror yoki koʻrsatma, dalolatnomani tuzuvchilar tarkibi, bu jarayonda ishtirok etuvchilar, dalolatnoma matni mazmuni, kerak boʻlgan holda ilovalar berilsa, ularning necha sahifa ekanligi, tuzgan va ishtirok etganlarning imzosi singari zaruriy qismlardan iborat boʻladi. Lozim boʻlgan oʻrinlarda dalolatnoma tashkilot yoki muassasa rahbari tomonidan ham tasdiqlanadi. Dalolatnoma matnining sarlavhasi «...haqida» shaklida yoki bosh keishikda («...-ish ahvoli») yoziladi. Asosiy matn esa kirish va tasdiq (qayd) qismaridan iborat boʻlishi lozim. Kirish qismida hujjat tuzilishiga asos boʻlgan holat koʻrsatiadi, komissiya tarkibi toʻliq yoziadi. Tasdiq qismida komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar qayd etiadi, aniqlangan hoatlar yuzasidan taklif va xulosalar beriladi. Matn soʻngida daloatnomaning necha nusxada (odatda uch nusxa) tayyorangani koʻrsatilishi lozim. Download 45.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling