1.5. Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar sohasida bulutli
texnologiyalarni qo'llash
Bulutli texnologiyalar inson faoliyatining turli sohalarida, shu jumladan
ta'limda keng qo
‘
llaniladi. Bulutli texnologiyalar ta'lim muassasalariga dinamik,
ochiq, Internet tarmog
‘
iga asoslangan dasturlardan foydalanishda yangi
imkoniyatlarni taqdim etadi. Ular o
‘
qituvchi va talabalarning yangi axborot
madaniyatini shakllantirishga yordam beradilar, ta'lim texnologiyalari va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini uyg
‘
un birlashtirish uchun noyob imkoniyat
yaratadilar.
Bulutli texnologiyalardan foydalangan holda telekommunikatsiyalarga
asoslangan axborot xizmatlari bugungi kunda eng arzon, mobil va tezkor ommaviy
kommunikatsiya xizmatlaridan biridir. Masalan, oddiy xabarni uzatish xarajatlari
virtual xabarni tayyorlash xarajatlariga qaraganda bir mubcha yuqori va uni
uzatilishi tezkorligi elektron versiyadagi xabarga qaraganda ancha past. Bulardan
tashqari, axborot xizmatlari yordamida bugungi kunda dolzarb va zarur bo
‘
lgan
barcha ma'lumotlarni tegishli manbalardan yuqori tezlik bilan uzatilishini ta’minlash
imkoniyatlari yaratiladi.
Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar sohasida bulutli
texnologiyalardan foydalanish kompaniyadagi mavjud vaziyatni tahlil qilish va turli
manbalardan olingan ma'lumotlar asosida samarali rivojlanish strategiyalarini
rejalashtirish imkonini beradi.
Bulutli
texnologiyalar
quyidagi
yo
‘
nalishlarda
muvaffaqiyatli
qo
‘
llanilmoqda:
- marketing va sotsiologik tadqiqotlar o
‘
tkazish;
- ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ishlash;
- maqsadli auditoriya bilan to
‘
g
‘
ridan-to
‘
g
‘
ri muloqot qilish.
"Bulutli texnologiyalar bilan tanishish"mavzusidagi videoni tomosha qilish
uchun havola:
https://zen.yandex.ru/video/watch/601bb5f0ce93531089f48059
Do'stlaringiz bilan baham: |