11-Amaliy mashg‘ulot. Internet xizmatlari. Iqtisodiyot sohalarida bulutli texnologiyalar asosida google tizimi imkoniyatlaridan foydalasnish


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana17.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1548809
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8-амалий Интернет хизматлари



11-Amaliy mashg‘ulot. 
Internet xizmatlari. Iqtisodiyot sohalarida bulutli texnologiyalar asosida 
google tizimi imkoniyatlaridan foydalasnish. 
 
Maqsad: bulutli texnologiyalar taqdim etadigan xizmatlarning asosiy 
imkoniyatlari bilan tanishish. "Bulutli" xizmatlarni taqdim etish va ulardan 
foydalanish tamoyillarini tushunish. 
I. Nazariy qism 
1.1. Bulutli texnologiya qanday texnologiya? 
Bulutli hisoblash texnologiyasi - bu ma'lumotlarni qayta ishlashning shunday 
texnologiyasiki, unda kompyuter resurslari va imkoniyatlari foydalanuvchiga 
Internet-servis xizmatlari sifatida taqdim etiladi. Ya’ni, sozlanishi mumkin bo‘lgan 
hisoblash resurslarining umumiy manbaiga (masalan: serverlar, ilovalar, tarmoqlar, 
saqlash tizimlari va boshqalar) ixtiyoriy joydan va qulay vaqtda tarmoq orqali 
kirishni ta'minlash modeli bo

lib, xizmatlar minimal boshqaruv jarayonlari tezkorlik 
bilan ta'minlanishi va kerak bo’lganda bekor qilinishi hamda provayder bilan o

zaro 
munosabatda taqdim etilishi mumkin. 
Bohqacha qilib aytganda “bulutli texnologiyalar" quyidagicha tushuntirish 
mumkin: yaqin-yaqinlargacha elektron pochta qutisiga kelgan xatlarni o

qish uchun 
Microsoft Outlook (elektron pochta bilan ishlash dasturi) deyarli barcha 
kompyuterlarga o

rnatilib, sozlangan va undan foydalanilgan. Bugungi kunda esa 
dasturning o

zi uzoq serverda joylashtirilgan va foydalanuvchi undan faqat istalgan 
qurilmadan brauzer (outlook.live.com/owa/) dasturi orqali kirib, foydalanishi 
mumkin. Albatta, bu eng oddiy umumlashtirilgan misollardan biri. Aslida, bulutli 
texnologiyalar va hisoblashning ko

lami ancha kengroqdir. 
1.2. Bulutli texnologiyalarning afzalliklari
Bulutli texnologiyadan (oddiy odamlar "bulutli texnologiyalar" deb atashadi) 
foydalanib, oddiy foydalanuvchi quyidagi afzalliklarga ega bo‘ladi: barcha 
hisoblash operatsiyalari uning qurilmasida (kompyuterida, planshetida, smartfonida) 
emas, balki tarmoqqa ulangan kuchli serverlarda amalga oshiriladi, boshqacha qilib 
aytganda, u o‘z kompyuteri xususiyatlaridan mos kelmagan apparat va dasturiy 
ta'minot, uskunalar va metodlardan foydalanishi mumkin.
Foydalanuvchi shaxsiy kompyuteri konfiguratsiya parametrlari haqida 
tashvishlanmasdan, bo‘sh disk sohasi haqida, ma’lumotlarning zaxira nusxalari 
saqlash va ularni bir kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazish haqida bosh qotirmasdan 
bemalol bulutli texnologiyalardan foydalanishi mumkin. 
Muhim afzalliklardan biri - bu litsenziyalangan dasturiy ta'minotni sotib olish 
bilan bog‘liq muammolar o‘z-o‘zdan hal bo‘ladi. Bulutli texnologiyalardan 
foydalanganda, litsenziya uchun emas (butun mahsulotni sotib olishning hojati 
yo‘q), balki faqat xizmat - foydalanuvchini qiziqtiradigan muayyan dasturiy 
mahsulotning o‘ziga xos funksiyalari uchun to‘lovlar amalga oshiriladi. Umuman 
olganda, "bulutda" ko‘plab pullik dasturlar bepul yoki ancha arzonlashtirilgan veb-
ilovalarga aylantirildi! 


Tabiiyki, foydalanuvchi dasturiy ta'minotning yangilangan versiyasi qachon 
chiqar ekan deb, kutishi shart emas: u har doim dasturlarning eng so‘nggi 
versiyasidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi (shu kabi boshqa tashvishlar bulutli 
texnologiyaning texnik qo‘llab-quvvatlanishi asosida o‘z-o‘zidan yo‘qqa chiariladi). 
Va qanday qilib "ma’lumotlarga birgalikda murojaat qilib foydalanish" haqida 
gapirmaslik kerak?! Bulutli texnologiyalar yordamida bir vaqtning o'zida 
ma'lumotlarga ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun kirish imkoniyati yaratiladi, 
muayyan ma'lumotni turli xil foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida turli qurilmalardan 
kirib ko‘rishlari va tahrirlashlari, foydlanuvchi dunyoning istalgan nuqtasidan 
yaqinlari yoki hamkorlari bilan ma'lumot almashishi mumkin. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling