11-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Burg’ilash kalitlari umk va akb ning tuzilishi va ish prinsipini o’rganish


Download 347.64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi347.64 Kb.
#1507660
Bog'liq
11--amaliy.rtf



11-amaliy mashg’ulot. 
Mavzu: Burg’ilash kalitlari UMK va AKB ning tuzilishi va ish prinsipini 
o’rganish. 
Mashina kalitlari – burg‘ilash quvurlarini hamda shu o‘lchamga ega bo‘lgan 
burg‘ilash quvurlar birikmalari elementlarini burab ochishga va mustahkamlashga 
mo‘ljallangan moslama. 
Bunda bir vaqtning o‘zida ikki – tutib turuvchi (qo‘zg‘almas) va burovchi 
(harakatchan) kaltlardan foydalaniladi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani UMK-1 turidagi 
uch sharnirli universal mashina kaliti hisoblanadi. 
Bu kalitlar burg‘ilash quvurlarini yoki diametri 108 dan 178 mm gacha 
bo‘lgan kuporlarni tutib turishga xizmat qiladi. Odatda kalitlar gorizontal holatda 
osilib qo‘yiladi. 
d) Aylanma kalitlar 
Aylanma kalitlar burg‘ilash quvurlar birikmasini quduqga burab 
mustahkamlab tushirishga mo‘ljallangan asbob. Bu kalitlar bilan burg‘ilash quvurlar 
tahminan buriladi, keyin mashina kaltlari bilan ohirigacha mahkamlanadi. Aylanma 
kalitlarning konstruktsiyasi juda oddiy, uni alohida parvarish qilish talab qilinmaydi. 
Bunda kotushkaga o‘ralgan diametri 10-12 mm bo‘lgan tsinklangan arqon 
korpusga payvandlangan ilgakga, tsinklangan arqonning ikkinchi uchi esa kanopli 
arqonga ulanadi. Aylanma kalit bilan ish jarayonlarini yengillashtirish uchun aylanma 
kalitga arqonni ulash uchun pirpiraklar (vertushka)dan foydalaniladi. 
e) Avtomatik burg‘ilash kalitlari 
Burg‘ilash jarayonida tushirish va ko‘tarish hamda burg‘ilash quvurlarini 
burab ochish va mahkamlash ishlarini tezlatish va yengillashtirish maqsadida AKB va 
PBK turdagi avtomatik kalitlar keng qo‘llaniladi. Ularning texnik xarakteristikasilari 
1-jadvalda berilgan. Bunday avtomatik kalitlarni qo‘llash ish tezligini 30-40% ga 
oshiradi. AKB-3M turdagi avtomatik burg‘ilash kalitining umumiy ko‘rinishi 
3.10-rasmda tasvirlangan. 
f) Burg‘ilash shtropi – burg‘ilash ilgagi bilan elevator orasidagi birlashtiruvchi 
qism. Unga burg‘ilash asbobi yoki mustahkamlovchi quvurlar birikmasi osilib 
qo‘yiladi. 
Shtropning yuk ko‘tarish qobiliyati 25, 50, 75, 125, 200, 300 tonnaga teng. 
Odatda 25, 50 va 75 tonna yuk ko‘taruvchi shtroplar Burg‘ilash quduqlarini ta’mirlash 
jarayonida keng qo‘llaniladi. 
UMK-Quduqlarni burg'ilash yoki qayta ishlash jarayonida ishdan bo'shatish 
operatsiyalari paytida burg'ulash, quvurlar va korpus quvurlarining tishli ulanishlarini 
qo'shimcha mahkamlash va bo'shatish uchun mo'ljallanganUMK universal mashina 
qisqichi quduqda quvurlarni (quvurlar, burg'ulash quvurlari, burg'ulash bo'yinbog'lari 
va korpus quvurlari) qurish va ochishda ishlatiladi. 


Kalit quyidagi qismlarni o'z ichiga oladi: uzun va qisqa jag'lar o'rnatiladigan 
tutqich, uzun jag'ga o'rnatilgan qulf va kichikroq diametrli quvurlarni ushlash uchun 
to'g'ridan-to'g'ri qisqa jag'ga o'rnatilishi mumkin bo'lgan almashtiriladigan jag'; 
almashtiriladigan jag'lar, shuningdek, bir yoki bir nechta oraliq jag'larga o'rnatilishi 
mumkin, ular o'z navbatida katta diametrli quvurlarni ushlash uchun qisqa jag'ga 
o'rnatiladi. 
1-rasm. Universal mashina kalitlari 
2-rasm. AKB-3M turdagi avtomatik burg‘ilash kalitining umumiy ko‘rinishi:
1-kalit bloki; 2-pnevmatik silindrning siljish qismi; 3-tirgak,ustun; 
4-boshqarish pulti. 
 
1- jadval 
AKBlarning texnik xarakteristikasi 
Parametrlari 
AKB-3M2 AKB-3M-300 AKO 


1.Sistemadagi xavo bosimi, 
kg/sm
2
6-10 
6-10 
6-10 
2. Ko‘p aylanish tezligi, 
ayl./min. 
84 
84 
84 
3. Eng ko‘p aylantiruvchi 
moment, kN.m: 
Svechalarni yechib olishda 
60 
60 
60 
Svechalarni bog‘lashda 
25 
25 
25 

Download 347.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling