11-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Burg’ilash kalitlari umk va akb ning tuzilishi va ish prinsipini o’rganish
Download 347.64 Kb. Pdf ko'rish
|
11--amaliy.rtf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Universal mashina kalitlari 2-rasm. AKB-3M turdagi avtomatik burg‘ilash kalitining umumiy ko‘rinishi
11-amaliy mashg’ulot. Mavzu: Burg’ilash kalitlari UMK va AKB ning tuzilishi va ish prinsipini o’rganish. Mashina kalitlari – burg‘ilash quvurlarini hamda shu o‘lchamga ega bo‘lgan burg‘ilash quvurlar birikmalari elementlarini burab ochishga va mustahkamlashga mo‘ljallangan moslama. Bunda bir vaqtning o‘zida ikki – tutib turuvchi (qo‘zg‘almas) va burovchi (harakatchan) kaltlardan foydalaniladi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani UMK-1 turidagi uch sharnirli universal mashina kaliti hisoblanadi. Bu kalitlar burg‘ilash quvurlarini yoki diametri 108 dan 178 mm gacha bo‘lgan kuporlarni tutib turishga xizmat qiladi. Odatda kalitlar gorizontal holatda osilib qo‘yiladi. d) Aylanma kalitlar Aylanma kalitlar burg‘ilash quvurlar birikmasini quduqga burab mustahkamlab tushirishga mo‘ljallangan asbob. Bu kalitlar bilan burg‘ilash quvurlar tahminan buriladi, keyin mashina kaltlari bilan ohirigacha mahkamlanadi. Aylanma kalitlarning konstruktsiyasi juda oddiy, uni alohida parvarish qilish talab qilinmaydi. Bunda kotushkaga o‘ralgan diametri 10-12 mm bo‘lgan tsinklangan arqon korpusga payvandlangan ilgakga, tsinklangan arqonning ikkinchi uchi esa kanopli arqonga ulanadi. Aylanma kalit bilan ish jarayonlarini yengillashtirish uchun aylanma kalitga arqonni ulash uchun pirpiraklar (vertushka)dan foydalaniladi. e) Avtomatik burg‘ilash kalitlari Burg‘ilash jarayonida tushirish va ko‘tarish hamda burg‘ilash quvurlarini burab ochish va mahkamlash ishlarini tezlatish va yengillashtirish maqsadida AKB va PBK turdagi avtomatik kalitlar keng qo‘llaniladi. Ularning texnik xarakteristikasilari 1-jadvalda berilgan. Bunday avtomatik kalitlarni qo‘llash ish tezligini 30-40% ga oshiradi. AKB-3M turdagi avtomatik burg‘ilash kalitining umumiy ko‘rinishi 3.10-rasmda tasvirlangan. f) Burg‘ilash shtropi – burg‘ilash ilgagi bilan elevator orasidagi birlashtiruvchi qism. Unga burg‘ilash asbobi yoki mustahkamlovchi quvurlar birikmasi osilib qo‘yiladi. Shtropning yuk ko‘tarish qobiliyati 25, 50, 75, 125, 200, 300 tonnaga teng. Odatda 25, 50 va 75 tonna yuk ko‘taruvchi shtroplar Burg‘ilash quduqlarini ta’mirlash jarayonida keng qo‘llaniladi. UMK-Quduqlarni burg'ilash yoki qayta ishlash jarayonida ishdan bo'shatish operatsiyalari paytida burg'ulash, quvurlar va korpus quvurlarining tishli ulanishlarini qo'shimcha mahkamlash va bo'shatish uchun mo'ljallanganUMK universal mashina qisqichi quduqda quvurlarni (quvurlar, burg'ulash quvurlari, burg'ulash bo'yinbog'lari va korpus quvurlari) qurish va ochishda ishlatiladi. Kalit quyidagi qismlarni o'z ichiga oladi: uzun va qisqa jag'lar o'rnatiladigan tutqich, uzun jag'ga o'rnatilgan qulf va kichikroq diametrli quvurlarni ushlash uchun to'g'ridan-to'g'ri qisqa jag'ga o'rnatilishi mumkin bo'lgan almashtiriladigan jag'; almashtiriladigan jag'lar, shuningdek, bir yoki bir nechta oraliq jag'larga o'rnatilishi mumkin, ular o'z navbatida katta diametrli quvurlarni ushlash uchun qisqa jag'ga o'rnatiladi. 1-rasm. Universal mashina kalitlari 2-rasm. AKB-3M turdagi avtomatik burg‘ilash kalitining umumiy ko‘rinishi: 1-kalit bloki; 2-pnevmatik silindrning siljish qismi; 3-tirgak,ustun; 4-boshqarish pulti. 1- jadval AKBlarning texnik xarakteristikasi Parametrlari AKB-3M2 AKB-3M-300 AKO 1.Sistemadagi xavo bosimi, kg/sm 2 6-10 6-10 6-10 2. Ko‘p aylanish tezligi, ayl./min. 84 84 84 3. Eng ko‘p aylantiruvchi moment, kN.m: Svechalarni yechib olishda 60 60 60 Svechalarni bog‘lashda 25 25 25 Download 347.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling