11-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Tarmoqlanuvchi masalalarni algoritmlash
Download 268.75 Kb. Pdf ko'rish
|
11-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastur
11-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Tarmoqlanuvchi masalalarni algoritmlash.
Ishning masadi: Algoritm tushunchasini o’rganish hamda ularni amaliyotda qo’llash ko’nikmasini hosil qilish. Algoritm so‘zi buyuk matematik Al-Xorazmiyning nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u birinchi bo‘lib arab raqamlaridan foydalangan holda arifmetik amallarni bajarish qoidasini bayon etdi.
Elektron hisoblash mashinalarining vujudga kelishiga qadar algoritmga har xil ta’rif berilib kelindi. Lekin ularning bari ma’no jihatdan bir-biriga juda yaqin edi. Algoritm - bu qo‘yilgan masalaning yechimiga olib keladigan, ma’lum qoidaga binoan bajariladigan amallarning chekli qadamlar ketma-ketligidir. Boshqacha qilib aytganda algoritm boshlang‘ich ma’lumotlardan natijagacha olib keluvchi jarayonning aniq yozilishidir. Algoritmning uchta turi mavjud: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi(siklik).
Chiziqli algoritmlar - hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlardir. Tarmoqlanuvchi algoritmlar - ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan jarayonlardir.
qiymatlari asasida chekli ravishda takrorlanish yuz beradigan jarayonlardir. Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. so‘z bilan ifodalash; formulalarda berish; blok-cxemalarda tasvirlash; dastur shaklida ifodalash va boshqalar.
Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishda tasvirlash qulay va tushunarli bo‘lgani uchun eng ko‘p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko‘rsatma o‘z shakliga ega. Masalan: parallelogramm ko‘rinishdagi belgi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish; to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi hisoblash jarayonini; romb belgisi shartlarning tekshirilishini bildiradi. Tarmoqlanuvchi algoritmga doir:
Ikkita a va b sonlardan kattasini aniqlash algoritmini tuzing.
So‘zda berilishi: Blok-sxemada:
1.Boshlash.
2.a va b-qiymatini kiritish. 3.agar a>b bo‘lsa, natija a deb olinib 5ga o‘tilsin. 4.natija b deb olinsin. 5.Tamom.
Masalani yechish algoritmi ishlab chiqilgandan so‘ng dastur tuzishga o‘tiladi. Dastur - bu berilgan algoritmga asoslangan biror bir algoritmik tilda yozilgan ko‘rsatmalar (buyruqlar, operatorlar) to‘plamidir. Dasturlash - esa bu dastur tuzish jarayonidir. U quyidagi qadamlardan iborat:
dasturga bo‘lgan talablar;
qo‘yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish; dastur kodlarini (matnlari, buyruqlarni) yozish;
dasturni to‘g‘rilash;
test o‘tkazish.
a,b
Бошланиш a>b
ха b катта a катта Тамо м Download 268.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling