11-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Tarmoqlanuvchi masalalarni algoritmlash


Download 268.75 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi268.75 Kb.
#216622
Bog'liq
11-amaliy



11-Amaliy mashg’ulot 

Mavzu: Tarmoqlanuvchi  masalalarni algoritmlash.

 

 



Ishning masadi: Algoritm tushunchasini o’rganish hamda ularni amaliyotda qo’llash 

ko’nikmasini hosil qilish. 

Algoritm  so‘zi  buyuk  matematik  Al-Xorazmiyning  nomi  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  u 

birinchi  bo‘lib  arab  raqamlaridan  foydalangan  holda  arifmetik  amallarni  bajarish  qoidasini 

bayon etdi. 

  

Elektron hisoblash  mashinalarining vujudga kelishiga qadar algoritmga har xil ta’rif 



berilib kelindi. Lekin ularning bari ma’no jihatdan bir-biriga juda yaqin edi. 

Algoritm - bu qo‘yilgan masalaning yechimiga olib keladigan, ma’lum qoidaga binoan 

bajariladigan  amallarning  chekli  qadamlar  ketma-ketligidir.  Boshqacha  qilib  aytganda 

algoritm boshlang‘ich ma’lumotlardan natijagacha olib keluvchi jarayonning aniq yozilishidir.  

Algoritmning uchta turi mavjud: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi(siklik).  

 

Chiziqli algoritmlar - hech qanday shartsiz faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlardir. 



 

Tarmoqlanuvchi algoritmlar - ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan jarayonlardir. 

 

 

Takrorlanuvchi algoritmlar  -  biron  bir shart tekshirilishi  yoki  biron parametrning  har xil 



qiymatlari asasida chekli ravishda takrorlanish yuz beradigan jarayonlardir. 

Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. 

  so‘z bilan ifodalash; 

  formulalarda berish; 

  blok-cxemalarda tasvirlash; 

  dastur shaklida ifodalash va boshqalar. 

 

Algoritmlarni  blok-sxema  ko‘rinishda  tasvirlash  qulay  va  tushunarli  bo‘lgani  uchun  eng 



ko‘p  ishlatiladi.  Bunda  algoritmdagi  har  bir  ko‘rsatma  o‘z  shakliga  ega.  Masalan: 

parallelogramm ko‘rinishdagi  belgi  ma’lumotlarni  kiritish  va chiqarish; to‘g‘ri to‘rtburchak 

belgisi hisoblash jarayonini; romb belgisi shartlarning tekshirilishini  bildiradi. 

Tarmoqlanuvchi algoritmga doir: 

 

Ikkita  a  va  b  sonlardan  kattasini  aniqlash 



algoritmini tuzing. 

 

So‘zda berilishi: Blok-sxemada: 



 

 

 



 

 

  1.Boshlash. 



 

 

   



  2.a va b-qiymatini kiritish.          

  3.agar a>b bo‘lsa, natija a deb 

    olinib  5ga o‘tilsin.                                         

  4.natija b deb olinsin.                          

  5.Tamom.  

 

 



 

 

 



 

 

 



  

 

Masalani yechish algoritmi ishlab chiqilgandan so‘ng dastur tuzishga o‘tiladi. 



Dastur  -  bu  berilgan  algoritmga  asoslangan  biror  bir  algoritmik  tilda  yozilgan 

ko‘rsatmalar (buyruqlar, operatorlar) to‘plamidir. 



Dasturlash - esa bu dastur tuzish jarayonidir. U quyidagi qadamlardan iborat: 

 



dasturga bo‘lgan talablar; 

 



qo‘yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish; 

  dastur kodlarini (matnlari, buyruqlarni) yozish; 



 

dasturni to‘g‘rilash; 



 

test o‘tkazish. 



 

 

    



    

a,b 


Бошланиш 

 a>b 


  ха  b катта   

 a катта 



Тамо

м 

Download 268.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling