11-Biologiya (24-27 mavzular)


Download 40.18 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi40.18 Kb.
#1787923
Bog'liq
24-27


11-Biologiya (24-27 mavzular)
1. Bazalt (a) va torf (b) kelib chiqishiga ko’ra biosferaning qanday moddasi hisoblanadi?
A.a-qattiq modda, b-biogen modda
B.a-biogen modda, b-qattiq modda
C.a-tirik modda, b-radioaktiv modda
D.a-biogen modda, b-biogen modda
2. Hosil bo’lishi tog’larning yemirilishi, vulqonlarning otilishi bilan bog’liq bo’lgan moddalarni aniqlang.
1.olmos 2.toshko’mir 3.olmos 4.zumrad 5.neft 6.kvars 7.marmar 8.granit 9.atmosfera gazlari
10. ohaktosh
A.2,5,9,10 B.1,2,9,10 C.1,3,4,6,7,8 D.2,3,5,6,7,8
3. Kelib chiqishiga ko’ra suv havzalarining tubi bilan bir guruhga mansub moddani aniqlang.
A.olmos B.tuproq C.meteoritlar D.bazalt
4. Litosferada hayotni cheklovchi omil nima?
1.yuqori harorat 2.katta zichlik 3.yorug’likning kamligi 4.haroratning pastligi 5.namlik yetishmasligi
A.3,4,5 B.2,3,4 C.1,3,5 D.1,2,3
5. Litosferada tirik organizmlar tarqalishining quyi chegarasi necha km (a) va necha 0C (b) bilan belgilanadi?
A.a-3 km, b- +1000C B. a-2 km, b - +30C
C. a-10 km, b- -900C D. a-3 km, b- +30C
6. Yerosti suvlarida va neft quduqlaridan qaysi organizmlar topilgan?
A.ayrim zamburug’lar B.ayrim bakteriyalar
C.o’simlik ildizlari D.ayrim chuvlachanglar
7.Gidrosfera ( a) va Litosferada (b) uchraydigan organizmlarni aniqlang.
A.a-olma mevaxo’ri, b-krot
B.a-kunliklarning lichinkasi, b- olma mevaxo’ri
C.a-chivinning lichinkasi, b- uy pashshasining g’umbagi
D.a-bezgak paraziti, b-karam kapalagining g’umbagi
8. Suv muhitining yorug’lik yetib qismlarida tarqalgan organizmlarni aniqlang.
A.plankton organizmlar B.o’simliklar
C.bentos organizmlar D.nekton organizmlar
9. Yerning qattiq qobig’ida bir necha o’n metr chuqurlikkacha kirib boradigan turlarni aniqlang.
1.tipratikan. 2.qizil chuvalchang 3.krot 4.chuvalchanglar 5.bakteriyalar 6.zamburug’lar 7.o’simliklar ildizlari 8.moxlarning sporalari
A.3,4,5,7 B.1,2,3,5 C.1,3,6,8 D.3,4,6,8
10. Yerda hayotning barqarorligini ta’minlovchi asosiy manba nima?
A.Gidrosfera B.Litosfera
C.Atmosfera D.Troposfera
11. Noto’g’ri fikrni aniqlang.
A.Gidrosferaning barcha qatlamlarida hayot mavjud
B.Okean tubi tirik organizmlar hayot faoliyati natijasidir
C.Vernadskiy biosfera chegarasini okean tubidan sal pastroqdan o’tkazgan
D.Suv muhitida fitobiomassa zoobiomassaga nisbatan katta
12. Okeanning 300 m gacha bo’lgan chuqurligida qaysi organizmlar uchraydi?
A.O’simliklar va o’simliklar bilan oziqlanadigan hayvonlar
B.Bakteriyalar, ko’k-yashil suvo’tlar
C.suvo’tlar, zamburug’lar
D.yo’sin, qirqbo’g’imlar va suvo’tlar
13. Yer yuzidagi barcha suvlarning necha % ini dunyo okeani(a) va necha % ini yerusti va yerosti chuchuk suv havzalari(b) tashkil etadi?
A.a-94,6%, b- 5,4 % B.a- 96,4 %, b-3 %
C.a- 99 %, b-1 % D.a-96 %, b-3,4 %
14. Chuchuk suvlarning 2/3 qismi qayerlarda to’plangan?
1.Arktika 2. Tinch okeani 3.daryolar 4.Antarktida 5.Tog’ cho’qilari va muzliklarda 6. Suv omborlarida A.2,4,5,6 B.1,2,3,4,5 C.1,4,5 D.2,3,4,5,6
15. Mezosfera(a), ionosfera (b), va ekzosfera (c) necha km balandlikda joylashgan?
A.a-800km dan baland, b- 80-kmdan 800km gacha balandlikda, c- 80 km
B.a-80 km, b-800 km, c-80-800 km C.80 km-800 kmgacha, b-80 km, c-800 km
D.a-80 km, b-80-800 kmgacha, c-800 km dan baland
16. Mezosfera (a) va Termosferada (b) harorat qancha?
A. a- -900C, b- +1000+20000C
B. a- +900C, b- -1000 -20000C
C. a- -450C, b- -900C
D) a- -10000C, b- +900C
17. Tuman, yomg’ir, dovullar va boshqa tabiat hodisalari qaysi qatlamda sodir bo’ladi?
A.troposfera B.stratosfera
C.mezosfera D.ekzosfera
18. Qaysi gazlar issiqxona effektini hosil qiladi?
1.suv bug’lari 2.muz 3.karbonat angidrid 4.metan 5.azot oksidi 6.vodorod sulfide
A.2,3,5,6 B.1,3,4,5,6 C.1,3,4,5 D.3,4,5,6
19. Havo oqimi bilan o’nlab km balandlikka ko’tariladigan va atmosferada vaqtincha bo’ladigan organizmlarni aniqlang.
1.moxlarning sporalari 2.mikroplankton 3.bakteriyalar 4.sianobakteriyalar 5.o’simliklar 6.zamburug’larning sporalari
A.3,5,6 B.2,3,4,6 C.1,3,4,5,6 D 2,3,5,6
20. Biosfera gidrosfera (a), litosfera (b) va atmosferaning (c) qaysi qismlarini o’z ichiga oladi?
A.a-barcha qismini, b-quyi qismini, c- yuqori qismini
B.a-quyi, b-quyi, c-yuqori qismini
C.a-yuqori, b-quyi, c-barcha qismini
D.a-barcha, b- yuqori, c- yuqori qismini
21. Hayotni ta’minlovchi shart-sharoitlarni aniqlang. 1.qulay harorat 2.yorug’lik 3.yuqori harorat 4.yetarli miqdorda suv 5.kislorod 6.oltingugurt oksidlari 7.inert gazlar 8.karbonat angidrid gazi 9.mineral moddalar 10. Kam miqdordagi yorug’lik
A.1,2,4,5,6,8,9 B.1,2,4,5,8,9
C.2,3,4,5,8,10 D.3,4,5,6,7,8
22. Tirik moddada qaysi elementning miqdori ko`p? A) kremniy B) kalsiy C) kislorod D) uglerod
23. Quyidagi organizmlar orasidan kremniy (Si) to’playdiganlarni (I) ga va fosfor (P) ni to’playdiganlarni (II) ko`rsating.
1.Bulutlar. 2. Diatom suvo’tlar. 3. Qo’ng’ir suvo’tlar.
4.Nursimonlar. 5. Umurtqalilar skeleti
A) I-2,1,4 II-3 B) I-2,1,4 II-5
C) I-1,4 II-3,5 D) I-1,4 II-3,1
24. Quyidagi fikrlarni to`g`ri ketma-ketligini aniqlang.
1. bakteriyalar, zamburug`lar, lishayniklar tog` jinslarini kimyoviy moddalar ta’sirida yemiradi
2.Oksidlanish –qaytarilish funksiyasi tirik moddaga xos muhit yaratish funksiyasiningbir ko`rinishidir
3.Tirik modda o`z-o`zidan yuqoridan pastga harakatlanadi
A)ha, ha, ha B) yo`q,ha,yo`q
C) ha, ha, yo`q D) yo`q, ha, ha
25. Tirik organizmlarning qaysi funksiyasi muhit yaratish funksiyasining bir ko`rinishi hisoblanadi
A) konsentratsiyalash B) destruktiv
C) energetik D) oksidlanish – qaytarilish
26. Tirik moddaga(a) va notirik modda(b)ga xos xususiyatlarni , ikkisi uchun umumiy bo`lgan (c) xususiyatlarni juftlang.
1.kimyoviy elementlardan tuzulgan , 2.o`sish xususiyatiga ega 3. Harakatlanish 4. yemirilish
5. Kimyoviy reaksiyalar sodir bo`lishi 6. Energiya almashinuvida ishtirok etadi 7. Moddalarning davriy almashinishida ishtirok etadi. 8. Ayrim komponentlari radioktivlik xossasiga ega
9. Evolyutsion yuksalish xususiyatiga ega
A)a-3,9, b-4,8, c- 1,2,5,6,7
B)a-2,3,4, b-1,6,7, c-8,9
C)a-1,4, b-2,3,9 ,c-5,6
D) a-8,9,b-1,2,3, c-4,5,6
27. Gaz almashinuv funksiyasini qaysi funksiyalarning yig’indisi sifatifda qarash mumkin?
A) Destruktiv va konsentratsiyalash.
B) Destruktiv va muhit yaratish
C) Oksidlanish- qaytarilish va energetik
D) Muhit yaratish va energetik
28. Tirik modda yer va koinotni qaysi jarayon orqali bog`laydi?
A) transkripsiya B) Yangilanish
C) fotosintez D) parchalanish
29. Kislorod fotosintez jarayonida, CO2 esa nafas olish jarayonida ajraladi (I); fotosintez jarayonida CO2 gazi uglevodgacha qaytariladi, nafas olish jarayonida esa uglevodlar CO2 va suvgacha oksidlanadi(II). Bu jarayonlar tirik moddaning qaysi funksiyalariga xos?
A) I-konsentratsiyalash, II- gaz almashinish
B) I-energetik, II-transport.
C) I-gaz almashinish, II- oksidlanish-qaytarilish
D) I- oksidlanish-qaytarilish II- gaz almashinish
30. Tirik moddaning pastdan yuqoriga , okeandan quruqlikka harakatlanishi uning qaysi xususiyatiga xos?
A) Transport B) Destruktiv
C) Energetik D) muhit yaratish

Download 40.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling