6. Laboratoriya ishi Fоtоmеtrik аnаliz mеtоdlаri


Download 15.73 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi15.73 Kb.
#1499395
  1   2   3   4

6. Laboratoriya ishi
Fоtоmеtrik аnаliz mеtоdlаri.
Eritmаdаgi tеmir yoki nikеl (III) iоnlаri miqdоrini аniqlаsh


Eritmadagi temir (III) ionining konsentratsiyasini aniqlash
Temir eritmalarda ikki va uch valentli ionlar ko‘rinishida bo‘ladi. Temir (III) ning birikmalari temir (II) birikmalariga qaraganda barqarorroq bo‘ladi. Temirning ikki va uch valentli ionlari xromofor xossasiga ega. Shuning uchun fotokolorimetrik aniqlashlarda xromofor gruppasiga ega bo‘lmagan reagentlardan foydalanish ham mumkin.
Eritmadagi temir (III) ionini ammoniy rodanid yordamida aniqlash. Kuchli bo‘lmagan kislotali muhitda rodanid ioni temir (III) ioni bilan qizil rangli kompleks birikma hosil qiladi. Temir (II) ionini oksidlab, Fe (III) ga o‘tkazgandan so‘ng bu reaksiya eritmadagi temirning umumiy miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Bosqichli reaksiya natijasida [Fe(SCN)]2+ va [Fe(SCN)2]+ dan [Fe(SCN)6]3- gacha bo'lgan komplekslar hosil bo‘ladi. Komplekslarning qaysi biri hosil bo‘lishi eritmaning konsentratsiyasi va pH qiymatiga bog‘liq. Eritmada temir ioni mikrogramm atrofida bo'lsa, asosan qatorning birinchi komplekslari hosil bo'ladi. Rodanidga boyroq bo'lgan komplekslarning rangi ham to‘qroq (intensiv) bo'ladi. Rodanid yordamida suvli eritmalardagi temirning miqdorini aniqlash uchun tekshirilayotgan va taqqoslanayotgan eritmalardagi ammoniy rodanidning konsentratsiyasi bir xil bo'lishi kerak. Temir (III) ioni gidrolizlanmasligi uchun eritmaning kislotaliligi yetarli darajada bo'lishi shart. Eritmaning pH qiymati 2-3 bo'lganda reaksiya boshlanadi. Ammo eritma juda kislotali ham bo'lmasligi kerak, chunki bunday muhit eritmadagi SCN- ioni konsentratsiyasining kamayishiga olib keladi. Temirning rodanid bilan hosil qilgan komplekslari eritmada SCN- ionining konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan hollardagina mavjud bo'ladi. Eritmada nitrat, xlorid yoki sulfat kislotalardan birining konsentratsiyasi 0,05-0,2 N atrofida bo'lganda, barqaror kompleks hosil bo'ladi. Bu muhit eng optimal hisoblanadi. Kompleksning nur yutish xususiyati katta bo'lib, u ε=0,85*104 ga teng.
Rodanid komplekslari bo'lgan temirning suvli eritmalari rangi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. Eritma tayyorlanganidan 30 daqiqa o‘tgandan keyin, rangning intensivligi bir necha foizga, 6 soatdan keyin esa yarmisigacha kamayadi. Eritmalar rangining vaqt o'tishi bilan o‘zgarishi ularni tez vaqt ichida tekshirishni taqozo qiladi.

Download 15.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling