11-боб. Аудиторлик танлаш
Download 161.56 Kb.
|
Audit kurs ishi
10.2. Auditorlik tanlash
Auditorlik tanlash deganda o‘rganilishi lozim bo‘lgan to‘plamdan zaruriy miqdordagi birliklarning maxsus usullar bilan tanlab olinishi va ularning butun to‘plamga tarqatilishi tushuniladi. Auditorlik tanlash auditorlik ishi texnologiyasi, auditorlik isbotlarini to‘plash usullari, buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi bilan bog‘liq. Auditorlik tanlash quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi: – vaqt va moddiy-moliyaviy mablag‘larni tejashda; – umumiy to‘plam haddan tashqari ulkan bo‘lib, yoppasiga tek-shirish imkoniyati bo‘lmaganda; – tekshirish obyektini to‘laroq, chuqurroq o‘rganishda. Tanlab tekshirish 2 guruhga bo‘linadi: – muvofiqligiga ko‘ra; – moddiyligiga ko‘ra. Tanlab tekshirishning muvofiqligiga ko‘ra vazifasi qarorda keltiriladi. Tekshiriladigan hisobot davrida ichki nazorat me’yorlarining buzilganligi tekshiriladi. U atributiv tekshirish ham deyiladi. Bunday tekshirishga misol qilib boshqa tomonning xizmatiga haq to‘lash va hokazolarni kiritishimiz mumkin. Moddiylik bo‘yicha tanlab tekshirishning vazifasi ichki nazorat buzilishi natijasida qiymat ifodasidagi o‘zgarishni tekshiradi. U miqdoriy tekshirish ham deyiladi. Unga quyidagilar kiradi: buxgalteriya 226 hisobi hisobvaraqlaridagi qoldiqni tasdiqlash, birlamchi hujjatlardagi yozuvlar, 3-shaxslardan tasdiq olish va hokazo. Tanlab tekshirish quyidagilarni aniqlaydi: – tanlash populyatsiyasi; – kuzatish birligi; – yig‘ish birligi; – yig‘ish usullari; – tanlash hajmi; – reprezentativlikni tekshirish; – populyatsiyadagi tanlangan ma’lumotlarni joylashtirish tartibi. Populyatsiya – aniqlanadigan elementlarning guruhidir (to‘plami-dir). Auditda aniqlanadigan elementlarga provodkalar, satrlar, yozuvlar kiradi. Kuzatish (rioya qilish)birligi – bu mijoz korxonada tayyorlangan yoki 3-shaxsdan olingan hujjatlardir. Tanlash reprezentativ, ya’ni ishonchli bo‘lishi lozim. Bu talab o‘rganilayotgan jamlanmaning barcha elementlari tanlash uchun saylanish teng asosdagi ehtimollikka ega bo‘lishini ko‘zda tutadi. Reprezentativlikni ta’minlash uchun auditorlik tashkiloti quyidagi statistik usullarning biridan foydalanishi mumkin: Download 161.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling