11-Laboratoriya ishi Mavzu: Bir razryadli yetti segmentli indikator. Arduino mk orqali raqamlarni indikatorga chiqarish Laboratoriya ishining maqsadi
Download 15.56 Kb. Pdf ko'rish
|
11-laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ulanish tartibi
11-Laboratoriya ishi Mavzu: Bir razryadli yetti segmentli indikator. Arduino MK orqali raqamlarni indikatorga chiqarish Laboratoriya ishining maqsadi. Bu amaliy ishda bir razryadli yetti segmentli yorug‘lik diodili indikatorning ishlashini kо‘rib chiqamiz, u Arduino ga raqamlarni kо‘rsatishni ta’minlash imkonini yaratadi. Kerakli elementlar: ➢ ArduinoUNO kontrolleri; ➢ sxema yig‘ish uchun plata; ➢ bir razryadli yetti segmentli indikator; ➢ qarshilik 510 Om - 7 shtuk; ➢ ikki uchida razyomlari bо‘lgan simlar. Yorug‘lik diodili yetti segmentli indikator guruh yorug‘lik diodlaridan iborat bо‘lib, ma’lum tartibda joylashgan va konstruktiv jihatdan bilashtirilgan. Yorug‘lik diodining ulanish nuqtalari a dan g harflarigacha rusumlangan (va qо‘shimcha dp harflari bilan belgilangan, ular о‘nlik nuqtalarni aks ettirish uchun) va bitta umumiy chiqish, u indikator ulanish turini aniqlaydi (OA umumiy anodli ulanish yoki OK umumiy katodli ulanish). Bir necha yorug‘lik diodlarni bir vaqtda yoqib indikatorda raqamlarni hosil qilish mumkin. Bir razryadli yetti segmentli indikator sxemasi 6.1 chizmada berilgan. Bir razryadli yetti segmentli yorug‘lik diodidagi indikatorni Arduino ga ulash uchun 7 ta raqamli oyoqchalarni ishlatiladi, indikatorning a – g ulanish nuqtalarining har biri 470 Om qiymatli cheklovchi qarshilik orqali Arduino ning oyoqchalariga ulanadi. Amaliy ishda yetti segmentli indikatorni OK umumiy katodli ulanishi ishlatiladi, umumiy sim yerga ulanadi. Bir razryadli yetti segmentli indikatorni Arduino platasiga ulanishi 6.2 chizmada keltirilgan. 6.1 chizma. Bir razryadli yetti segmentli indikator sxemasi 6.2 chizma. Yetti segmentli indikatorni Arduino ga ulanish sxemasi Sketchni yozishga kirishiladi. Yetti segmentli indikatorga siklik ravishda 0 dan 9 gacha bо‘lgan sonlarni 1 sekunddan sukut saqlab chiqaramiz. 0 – 9 gacha bо‘lgan raqamlar qiymatiga massiv hosil qilinadi, baytning katta razryadi indikatorning a segmentiga mos keladi, kichigi esa – g segmentga mos tushadi. byte numbers[10] = { B11111100, B01100000, B11011010, V11110010, B01100110, B10110110, B10111110, B11100000, B11111110, B11110110}; Raqamning qiymatini Arduino chiqishlariga chiqarishda qiymatni о‘zgartirish uchun tilning bitli operatsiyalarini ishlatiladi. Arduino: bitRead(x,n); // x baytni n razryadning qiymatini hosil qilish 6.1 listingda amaliy ish sketchi havola qilingan. 6.1 listing // a– g razryadlariga ulanish uchun Arduino ning oyoqchalar rо‘yxati // yetti segmentli indikatorni intpins[7]={2,3,4,5,6,7,8}; // 0 – 9 gacha bо‘lgan sonlarni chiqarish uchun qiymat byte numbers[10] = { V11111100, V01100000, B11011010, B11110010, B01100110, B10110110, B10111110, B11100000, B11111110, B11100110}; // hozirdagi raqam qiymatini saqlash uchun о‘zgaruvchi mtnumber=0; voidsetup() { // ulanish nuqtalarini chiqishlar kabi о‘zgartirish for (inti=0;i<7;i++) pinMode(pins[i],OUTPUT); } void loop() { showNumber(number); delay(lOOO); number=(number+1)110; } // yetti segmentli indikatorga sonlarni chiqarish funksiyasi void showNumber(int num) { for (int i=0;i<7;i++) { if(bitRead(numbers[num],7-i)—HIGH) // segmentni yoqish digitalWrite(pins[i],HIGH); else // segmentni о‘chirish digitalWrite(pins[i],LOW); } } Ulanish tartibi: 1. 6.2 chizmada kо‘rsatilgan sxema bо‘yicha yetti segmentli indikatorni ulash. 2. 6.1 listingda keltirilgan sketchni Arduino platasiga yuklash. 3. Yetti segmentli indikatorli ekranga sonlarni chiqarilishini kuzatish. Download 15.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling