11 laboratoriya ishi qadamli motorlarni boshqarishning birlashtirilgan sistemasini tadqiq etish


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
Sana22.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1222137
Bog'liq
11-lab.Qdamli motorni boshqarishning birlashtirilgan sistemasini tadqiq etish



11 - LABORATORIYA ISHI
 
QADAMLI MOTORLARNI BOSHQARISHNING BIRLASHTIRILGAN 
SISTEMASINI TADQIQ ETISH 
 
UMUMIY MA’LUMOTLAR. Qadamli motor – bu elektr motor bolib uning 
rotori belgilangan graduslar bo’yicha qadamlar bilan harakatlanadigan 
mototrlardir. Qadamli motorning bunday funksiyasi uning ichki tuzilishi yoki 
strukturasi tufayli amalga oshiriladi va uning valining qanday burchak ostida 
burilganligini aniq bilish imkonini beradi (nechta qadam yurganligini inobatga 
olib). Har qanday elektr motori singari qadamli motor ham qo’zg’almas qismi 
stator va qo’zg’aluvchan qismi rotordan tashkil topadi. Quyidagi 1 – rasmda 
qadamli motorning umumiy konstruktiv sxemasi keltirilgan.
1 – rasm. Qadamli motorning umumiy konstruktiv sxemasi. 
Uning ishlash prinsipi bir yoki bir nechta g’altakka navbatma – navbat kuchlanish 
berilganda undan tok o’tish natijasida magnit maydon hosil bo’lishiga asoslanadi 
va rotor shu magnit maydon bo’yicha yo’naltiriladi.Quyidagi 2 – rasmda qadamli 
motorning A, B, C chulg’amlariga ma’lum vaqt oralig’i bilan navbatma – navbat 
kuchlanish berilganda magni induksiyasining natijaviy qiymati vektori yo’nalishi 
keltirilgan.
2– rasm. Qadamli motorda natijaviy magnit indyksiya vektorining yo’nalishi


 
 
 
3-rasm. Qadamli motor chulg’amlari 
 
 
 
 
 
4-rasm. Qadamli motorni ishga tushirgich 
ULN2003 
1.ISHNING MAQSADI. Qadamli motorlarni boshqarishning birlashtirilgan 
sistemasi sxemasi va boshqarish programmasini yozishni o’rganishdan iborat.
2.ASBOB VA USKUNALAR. Notebook, Arduino Uno yoki boshqa 
modelidan iborat platforma, matritsali plata, ULN2003 motorni ishga tushirgich, 
qadamli motor va 9V1A elektr energiya manbasi (adapter) va simlar.
3.ISHNI BAJARISH TARTIBI. 
1. Quyidagi 1-jadval va 5-rasmdagi sxema yordamida boshqarish ketma – 
ketligini o’rganing. 
1-jadval 
 
 
5-rasm. Qadamli motorni boshqarish sxemasi


2. Boshqarish sxemasini o’rganib bo’lganingizdan keyin esa quyidagi 6 va 7- 
rasmlardagi sxemalarni yig’ing.
6 – rasm. Qadamli motorning Arduino platformasiga ulanish sxemasi. 
 
7 – rasm. Qadamli motorning to’liq Arduino platformasida yig’ilgan sxemasi. 
3. 8- rasmda keltirilgan qadamli motorni boshqarish programmasini yozing va 
mikrokontrollerga yuklang. 


 
#include 
<
Stepper
.h>
const int 
stepsPerRevolution = 1500; 
// bir aylanishda qadamlar
soni bo’lib siz uni o’zgartirishingiz 
mumkin 
Stepper
myStepper(stepsPerRevolution, 8, 10, 9, 11); 
// 8 dan 11 
gacha 
bo’lgan 
oyoqlarni 
belgilash
void
setup
() { 
myStepper.
setSpeed
(20); 
//tezlikni 20 ayl/min ga o’rnatish
Serial.begin
(9600);
//Ketma – ket portni o’rnatish 

void
loop
() { 
Serial.println
(
"clockwise"
);
//bir 
aylanganda 
bir 
tomonga 
qadam:
myStepper.
step
(stepsPerRevolution); 
delay
(500); 
Serial.println
(
"counterclockwise"
);
//bir 
aylanganda 
boshqa
tomonga qadam:
myStepper.
step
(-stepsPerRevolution); 
delay
(500); 
} 
8 – rasm. Qadamli motorni boshqarish programmasi
 
4. Sxemani ishga tushiring va har xil qadamlar bilan boshqaring. 
4. QISQACHA XULOSALAR 
Siz 
ushbu 
laboratoriya 
ishida 
qadamli 
motorni 
boshqarishning 
birlashtirilgan sistemasi, uning programma vositasi, mikroelektronika elementlari, 
ularning ishlash prinsipi bilan tanishdingiz. Siz qadamli motor va uning 
elementlari, ularni qanday texnologik jarayonlarni boshqarishda ishlatish 
maqsadga muvofiqligi haqida bilimga ega bo’ldinggiz.
5. MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN SAVOLLAR 
1. Qadamli motor va boshqa turdagi motorlarning asosiy farqi nimadan iborat ? 
2. Qadamli motorni boshqarish programmasida 
myStepper.
setSpeed
(20)
operatori nima vazifani bajarish uchun zarur ? 
3. Qadamli motorni o’zgarmas motor funksiyasida ishlatish mumkinmi? 
4. Qadamli motor tuzilishi nimadan iborat ? 
5. Qadamli motorning ishlatilish sohalariga misollar keltiring? 
6. Qadamli motorni boshqarish programmasida 
stepsPerRevolution = 1500
operatori nima vazifani bajarish uchun zarur ?

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling