Belgilar kutubxonasi (Библиотека - Library) - xar hil turdagi belgilar bilan ishlash uchun Flash ning maxsus oynasi. Uni ekranga chiqarish uchun Ctrl+L yoki F11 yoki Окно menyusining ключевой кадр (Window Library) buyrug’ini tanlashimiz kerak. Ushbu oyna orqali biz barcha belgilarni ko’rishimiz, ularni taxrirlashimiz, yangi yaratishimiz va o’chirishimiz, hamda ularni kadrlar qo’shishimiz mumkin.
Animasiya (Анимация - Animation) - Flash dasturning asosiy harakatlari. Animasiya 2 hil bo’ladi: kadrli (Покадровое создание) va avtomatik (Автомотическое создание промежуточных кадров). Кadrli animasiya faqat boshqaruv kadrlardan iborat bo’ladi. Avtomatik animasiya (tweening) boshqaruv hamda avtomatik ravishda yaratilgan oddiy kadrlardan iborat bo’ladi. Flash dasturda ikki hil avtomatik animasiya turi mavjud: shakllar geometriyasini o’zgarishi (shape tweening) yoki boshqaruv kadrlar o’zgarishi (motion tweening) asosidagi animasiya. Xar hil animasiya turlarini yaratish va ularni taxrirlash asoslari bilan biz keyingi mavzularda tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |