11-ma’ruza. Byudjet jarayoni
Download 29.52 Kb.
|
11-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Byudjet jarayoni, odatda, byudjet faoliyatining quyidagi to‘rt bosqichini o‘z ichiga oladi
11-MA’RUZA. BYUDJET JARAYONI Reja: 1. Byudjet jarayonining mazmuni va uning, ishtirokchilari. 2. Byudjet loyihasini tuzish. 3. Byudjetni muhokama qilish (ko‘rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish) 4. Byudjetni ijro etish. Byudjet loyihasini tuzish (ishlab chiqish, yaratish), ko‘rib chiqish (muhokama qilish), qabul qilish (tasdiqlash) va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek, Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinishiga tegishli bo‘lgan davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda jarayon ishtirokchilarining faoliyatiga byudjet jarayoni deyiladi. Uning mazmuni mamlakatning davlat va byudjet tuzilishi (qurilishi), tegishli organlar va yuridik shaxslarning byudjet huquqlari bilan belgilanadi. SHuningdek, byudjet jarayonining mazmunini belgilashda byudjetni tuzish (ishlab chiqish, yaratish) tartibi, uning normativ-huquqiy va tashkiliy asosi, mamlakat byudjetini tuzish (ishlab chiqish, yaratish)ning nazariy va uslubiy masalalari muhim rol o‘ynaydi. Byudjet jarayoni, odatda, byudjet faoliyatining quyidagi to‘rt bosqichini o‘z ichiga oladi: · byudjet loyihasini tuzish (ishlab chiqish, yaratish); · byudjetni ko‘rib chiqish (muhokama qilish) va tasdiqlash; · byudjetni ijro etish; · byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash. Byudjet jarayonining davomiyligi yuqoridagi to‘rt bosqichning barchasidan iborat bo‘lib, odatda, uch yilga yaqin davom etadi. Buning bir yilga yaqini byudjet loyihasini ishlab chiqish (yaratish, tuzish), uni muhokama qilish (ko‘rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish)ga, bir kalendar yili (1 yanvardan 31 dekabrgacha) byudjetni ijro etishga (byudjet davri) va sakkiz oyga yaqini byudjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to‘g‘ri keladi. Download 29.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling