Badiiy uslub va uning uslubiy xususiyatlari


Download 0.83 Mb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1556934
  1   2   3
Bog'liq
MUSTAQIL ISH Tilshunoslik


BADIIY USLUB VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI Reja:
1.Badiiy uslub va uning xususiyatlari.
2.Badiiy uslubda ichki bo’linishlar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Iminov M,Numonov T,Boboxonova D “O’zbek tili uslubiyati masalalari”(o’quv-uslubiy qo’llanma).- “Namangan”nashriyooti 2007y.
2.Ekaboyeva N ”O’zbek tilidan ma’ruzalar to’plami” (o’quv qo’llanma).- Toshkent: “Yosh kuch” 2021y.

Ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo’l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq uslubi badiiy uslub sanaladi.
Badiiy uslubning o’ziga xos xususiyatlari:
*Obrazlilik va estetik ta’sir etish;
*Badiiy uslubning o’ziga xos xususiyatlari shundaki,unda adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o’z ichiga olish bilan birga o’zbek shevalariga , kasb –hunarga doir leksik birliklar,bugungi kundalik iste’molidan chiqib ketgan tarixiy so’zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatilaveradi.
*Badiiy uslub o’quvchida estetik zavq uyg’otadi. Demak, badiiy uslub orqali ro’yobga chiqqan nutq ma’lum voqea-hodisa haqida axborot berish (kommunikativ vazifa bajarish) dan tashqari o’quvchiga ta’sir qilish (ekspressiv ) vazifasini ham bajaradi.
*Badiiy uslub uchun obrazlilik , tasviriy ifoda vositalariga boylik xosdir.
*Badiiy uslubdan boshqa barcha uslublar ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida chegaralangan. Badiiy uslub , ulardan farqli ravishda ,inson amaliy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi . Shuning uchun unda ilmiy uslubning ham,rasmiy uslubning ham, publitsistik uslubning ham,so’zlashuv uslubning ham elementlari namoyon bo’laveradi.
*Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik vositalaridan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi , turli ifodaviy vositalarni qo’llashi yoki o’zi yangilarini yaratishi mumkin bo’ladi. Shuning uchun bu uslubda yozuvchilar mavjud so’zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o’ziga xos so’z va iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter, manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon etishga xizmat qiladi.
*Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko’lami,ijod usuli, poetik mahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko’ra badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o’ta qamrovli va boy nutq ko’rinishidir.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling