Badiiy uslub va uning uslubiy xususiyatlari


Download 0.83 Mb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1556934
1   2   3
Bog'liq
MUSTAQIL ISH Tilshunoslik

Badiiy uslub – uslublarning eng murakkabi. Unda muallif asarning g’oyaviy mazmuni va o’z maqsadidan kelib chiqib turli uslub unsurlarini qorishiq holda ham qo’llashi mumkin. Masalan, O’ktam Usmonovning “Girdob” romanida qishloq xo’jaligiga oid terminlar , ilmiy ma’ruza (nutq) ko’p uchraydi.
Badiiy uslubning asosiy xususiyati – bo’yoqdor til birliklaridan , ko’chma ma’noli ifodalardan foydalanishning ustuvorligi.
Bu uslubda jumlalarning qisqargan shakli , ritorik so’roq gaplar, yig’iq va to’liqsiz bo’laklar, o’rni almashgan bo’laklar cheklanmagan holda qo’llaniladi. Badiiy uslub inson amaliy faoliyatining barcha sohasini qamrab olishi, umumga qaratilganligi, barcha kasb egalari uchun mo’ljallanganligi bilan boshqa nutq uslublaridan farqlanib turadi. Badiiy uslubda hayot voqealari va kishilar to’g’risida oddiy axborot berilmaydi , aksincha, ular o’quvchi ko’z o’ngida , jonli tarzda , so’z bo’yoqlari yordamida barcha detal va xarakter xususiyatlari xayol pardasi ortida gavdalantirilib, o’quvchida estetik zavq uyg’otiladi , salbiy yoki ijobiy shaxs , hodisalarga nisbatan jiddiy qarash , kurash tuyg’usi hosil etiladi,shuningdek o’quvchi voqelik ichiga tortiladi va natijada yuksak badiiy zavq oladi.
Demak,badiiy uslubning vazifasi estetik zavq va voqelikka biror munosabat uyg’otishdir.
Badiiy uslub boshqa uslublar kabi o’z ichki bo’linishlariga (podstillariga) ega. Masalan:
1.Poetik uslub
2.Masal uslubi
3.Ertak uslubi
kabilariga bo’linadiki, ularning har biri o’ziga xos tasvir vositalariga ega.
Badiiy uslubda so’z,ibora va gaplar sayqal topadi.
Masalan:” Quyosh g’uborsiz ko’kda taltayib porlaydi”, gapida “g’uborsiz” , “taltayib” , “porlaydi” so’zlari alohida sayqal topgan.
Badiiy uslubda yozuvchining individual tasviri va ifoda vositalari sezilib turadi. Masalan Hamid Olimjon she’rlarida sho’x va o’ynoqi ohang , G’afur G’ulom asarlarida tarixiy-falsafiy mushohada, Uyg’un ijodida peyzaj bilan bog’liqlik , Abdulla Qahhor ijodida siqiqlik , Abdulla Qodiriy ijodida batafsil tafsilot , Erkin Vohidov ijodida mantiqiy-qiyosiy tasvir sezilib turadi.
Badiiy uslubda so’z yaratish , so’zni ko’chma ma’noda ishlatish , iboralarni qayta ishlash kabi jarayonlar kechadi. Bular yozuvchining mahoratiga , ijodiy qobiliyatining darajasiga bog’liq. Bunda yozuvchi xalq jonli tilidan keng foydalanadi.
So’z tanlash badiiy asarning janr xususiyatlariga ham bog’liq. Masalan , arxaik so’zlar ba’zan davr koloriti , Shaxs xarakterini ko’rsatish uchun ishlatilsa , ba’zan kulgi-mazax uchun xizmat qiladi. Abdulla Qodiriyning romanlarida ishlatilgan arxaik so’zlar davr koloritini yaratishga , satirik asarlarida esa shaxslar ustidan kulishga , mazax qilishga xizmat qilgan.
Badiiy uslubda grammatik shakllardan ham obraz yaratish va kolorit berish maqsadlarida foydalaniladi. Masalan, Oybekning “Navoiy” , Primqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanlarida -ur , -erdi , andoq , shulkim , kabi shakllar ishlatilganini ko’rish mumkin.
Har bir yozuvchining o’ziga xos so’z tanlash va ishlatish usuli bo’ladi.
Abdulla Qahhor ijodi uchun xarakterli xususiyat so’zni tejab-tergab ishlatishidir. Yozuvchi har bir so’zga alohida vazifa yuklaydi.
Uyg’un ijodiga xos xususiyat : “o’nlab misollar bir xil so’zlar bilan boshlanadi va tugaydi. Badiiy uslubga xos bo’lgan eng muhim xususiyat unda emotsional-ekspressiv so’zlarning ko’p ishlatilishidir. Sabo , yel , chehra , tabassum , takalluf , muhabbat , muyassar , alvon , moviy , silsila kabilar shular jumlasidandir. Badiiy asar turli mavzularda bo’lishi va davrning xilma-xil faoliyatini aks ettirishi mumkin .
Masalan tarixiy mavzuda yaratilgan asarlarda arxaizm va istorizmlar , o’sha davr tiliga xos bo’lgan grammatik shakllardan erkin foydalanilgan. Zamonaviy asarlarda esa dielektizm , argo va jargonlar , tasviriy ifodalar shu kabi vositalardan keng ko’lamda qo’llaniladi.
Badiiy uslubning asosiy belgilari:
1.Turli tasviriy vositalar , chunonchi, sifatlash , qiyoslash , mubolag’a , kinoya , o’xshatish va hokazolar.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling